|
Reja: Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash
|
bet | 15/16 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #247414 |
Bog'liq Reja Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlashSvetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbob bo‘lib, ular yo‘lning ma’lum uchastkalaridan transport vositalari o‘tishini boshqarib turishda ishlatiladi.
O‘zbekistonda ishlatiladigan svetofor signallarining almashish ketma-ketligi GOST 25695-83ga asosan qabul qilingan bo‘lib, bu yo‘l belgilari va signallari xalqaro konvensiya talablariga mos keladi.
Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil-qizil sariq bilan yashil-sariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-yashil-sariq-qizil yoki qizil-sariq yashil-sariq. Ba’zida yashil signal almashtirilishi oldidan uni o‘chirib yoqish amalda uchrab turadi.
Svetofor ob’ektini hisoblashda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Takt - svetoforda ma’lum bir signalning yoki ikkita signalning yonib turishi (masalan yashil yoki qizil sariq).
Asosiy takt - svetoforning signalida biron-bir yo‘nalish bo‘yicha transportlar harakatiga ruxsat beriladi.
Yordamchi yoki oraliq takt - svetoforning signalida biron-bir tomonga transportlar harakatlanish uchun tayyorlanadilar.
Davr - taktning yonib turish uzunligi (vaqti, q=25 m; ya=21 s, s=4 s).
Faza - asosiy va yordamchi davrlarning summasi ( )
Sikl - hamma davrlarning yig‘indisi ( ya + q + q)
Svetaforlarni funksional belgilanishi va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha tavsiflash mumkin. Funksional belgilanishi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi:
Transportlar va piyodalar uchun.
Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha esa: bir seksiyali, ikki seksiyali, uch seksiyali, uch seksiyali qo‘shimcha seksiya bilan.
O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish uchun 8 turdagi va piyodalarning harakatini boshqarish uchun 2 turdagi svetaforlardan foydalaniladi (59-rasm). Bu turdagi svetoforlar barcha davlatlarda ishlatilib, vertikal joylashtirilgan svetoforlarda yuqorida qizil, o‘rtada sariq pastda yashil signallar o‘rnatiladi. Gorizontal o‘rnatilgan svetoforlarda qizil signal chapda, sariq o‘rtada va yashil o‘ng tomonda joylashtiriladi. Vertikal o‘rnatilgan svetoforlarda qo‘shimcha seksiya yashil signal seksiyasining yonida joylashtiriladi.
59-rasm. Svetofor turlari.
Svetoforlarning 1-turini chorrahalardagi hamma yo‘nalishlar bo‘yicha transportlar harakatini boshqarishda ishlatiladi. Bu turdagi svetoforlarni temir yo‘ldan o‘tish oldidan, tramvay va trolleybus yo‘llarini kesib o‘tadigan joylarda va qatnov qismining toraygan uchastkalarida qo‘yilishiga ruxsat etiladi.
Svetoforlarning 2-turidan ma’lum yo‘nalishdagi harakatni boshqarishda foydalaniladi. Harakat yo‘nalishini svetofordagi linzada strelka yordamida ko‘rsatiladi. Strelka bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishda transport oqimi boshqa transport oqimini kesib o‘tmaydi va qo‘shilmaydi (piyodalar oqimini ham). Bunday boshqarishda har bir yo‘nalish uchun alohida svetofor o‘rnatiladi.
Birinchi tur svetoforlarning signallari ko‘rinish yomonlashgan hollarda (masalan, ko‘p polosali yo‘llarda yo‘nalish bo‘yicha o‘ng tomonda «stop-chizig‘i» oldida to‘xtagan yuk avtomobillari) svetofor signalini qaytarish uchun 3-turdagi svetaforlar qo‘llaniladi. Ular velosipedchilar harakatini boshqarish uchun velosiped yo‘lakchasi kesib o‘tgan joyda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.
Svetoforlarning 4-turi reversiv polosalarning boshlanish joyida harakatni ma’lum vaqtlarda boshqarib turishda qo‘llanadi.
Svetoforlarning 5-turini tramvay, shuningdek, faqat maxsus ajratilgan polosalardan harakatlanayotgan avtobus va trolleybuslar harakatini ziddiyatsiz boshqarishda ishlatiladi.
Temir yo‘ldan o‘tish joylarida ochiladigan (siljiydigan) ko‘priklarda, parom bilan o‘tish joylarida va maxsus transport vositalari yo‘llarga chiqadigan joylarda 6-tur svetoforlar o‘rnatiladi.
7-tur svetoforlari boshqarilmaydigan chorrahalarda yoki piyodalar o‘tish joylarida ishlatiladi.
Svetoforlarning 8-turi korxona va tashkilotlar hududida harakatni boshqarishda va yo‘llarda qatnov qismining toraygan joylarida o‘rnatiladi.
Piyodalarning ziddiyatsiz harakatini boshqarish uchun 1 va 2-tur piyodalar svetoforlari o‘rnatiladi.
Transport svetoforlarining 1 va 2-turlari hamda piyodalar svetoforlari quyidagi 4 shartdan hech bo‘lmasa bittasi bajarilgan holda o‘rnatiladi.
Birinchi shart. Ish haftaci kunida 8 soat davomida (jami) transport vositalarining harakat miqdori 40-jadvalda ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasa.
Ikkinchi shart. Ish haftasi kunida 8 soat davomida (jami) harakat miqdori quyidagidan kam bo‘lmasa:
- asosiy yo‘lning ikki yo‘nalish uchun 600 avto/soat (ajratuvchi polosasi bor yo‘llar uchun 1000 birlik/soat);
- 8 soatning har soatida eng ko‘p yuklangan yo‘nalish bo‘yicha qatnov qismini 150 piyodalar kesib o‘tadi.
- aholi soni 10 ming odamdan kam bo‘lgan aholi punktlarida 1,2-shartlarni 70 % tashkil etganda.
Uchinchi shart. Birinchi va ikkinchi shartlar har birining me’yorlari bir vaqtda 80 % va undan ko‘pi bajarilganda.
To‘rtinchi shart. Chorrahada oxirgi 12 oy ichida uchtadan kam bo‘lmagan YTH sodir bo‘lsa va bu YTH svetofor signallari o‘rnatish yo‘li bilan oldini olish mumkin bo‘lganda (masalan, qarama-qarshi transport vositalarining to‘qnashuvi yoki piyodalarni bosib ketish va h.k). Bunda birinchi yoki ikkinchi shart me’yorlari 80 % va ko‘pni tashkil qilganda.
Svetofor yordamida harakatni boshqarish chorrahada transport vositalarining ushlanib qolishini tahlil qilish orqali aniqlanadi. Chorrahada transport vositasining ushlanib qolishi kesishib o‘tayotgan yo‘ldagi harakat miqdorlariga hamda svetofor qanday rejim bilan ishlashiga bog‘liq.
Boshqarish rejimi ayrim davr va fazalarning almashish tartibini belgilaydi.
Svetofor signallarini qo‘lda yoki avtomatik ravishda boshqarish mumkin. Svetoforni avtomatik tarzda boshqarilganda unga maxsus mexanizmlar o‘rnatiladi. Qo‘l bilan boshqariladigan svetoforlar ayrim hollarda ishlatiladi, masalan, transport vositalarining tirbandligini bartaraf qilishda.
Svetofor signallarining almashinishi oldidan berilgan rejimda ishlasa, unda bunday svetoforlarni o‘zgarmas rejimda ishlaydigan deyiladi.
29-jadval
Bir yo‘nalishdagi
piyodalar soni
|
Transport vositalarining harakat miqdori,
avto/soat
|
asosiy (ko‘p yuklangan yo‘l)
|
ikkinchi darajali (kam yuklangan yo‘l)
|
ikki yo‘nalish bo‘yicha asosiy yo‘lda
|
bir yo‘nalishda eng ko‘p yuklangan yo‘nalish bo‘yicha ikkinchi darajali yo‘lda
|
1
|
1
|
750
670
580
500
410
380
|
75
100
125
150
175
190
|
2 va undan ko‘p
|
1
|
900
800
700
600
500
400
|
75
100
125
150
175
200
|
2 yoki ko‘p
|
2 yoki ko‘p
|
900
825
750
675
600
525
480
|
100
125
150
175
200
225
240
|
O‘zgarmas rejimdagi svetoforlarni chorrahadagi jami harakat miqdori 750-800 avt/soat bo‘lganda ishlatilgani maqsadga muvofiq. Harakat miqdori 400-750 avt/soat bo‘lganda bir seksiyali sariq o‘chib yonadigan svetofor o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Harakat miqdori 400 avt/soatdan kam bo‘lsa, harakatni svetofor signallari yordamida boshqarish maqsadga muvofiq emas.
Svetofor signallarini boshqarishning zamonaviy usuli avtomatik tarzda boshqarish bo‘lib, uni o‘zgaruvchan rejim bo‘yicha boshqarish deyiladi. Bunday rejimda miqdorlariga qarab yashil signalning vaqti kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Chorrahaga yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘g‘risidagi axborotni to‘xtash chizig‘iga 20-40 m masofada o‘rnatilgan detektorlar yordamida olinadi.
Svetoforlarni o‘zgaruvchan rejimda avtomatik tarzda boshqarish uchun ko‘pincha quyidagi rejimdan foydalaniladi:
qiymatni shunday hisoblanadiki, natijada chorrahadan transport vositasi chiqib ulguradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘xtash chizig‘idan o‘tib ketgan, lekin shu damda svetoforning signali o‘zgarsa, chorrahaga kirgan transport vositasi boshqa yo‘nalishdagi harakatlanadigan transport vositalariga xalaqit bermasdan chorrahani bo‘shatishi mumkin bo‘lgan vaqt.
Agar ma’lum yo‘nalish bo‘yicha transport vositalari harakati bo‘lmasa, unda tmin vaqti tamom bo‘lgandan keyin svetoforning signali o‘zgaradi. Ko‘pchilik hollarda = 3-5 s olinadi, bu vaqtda transport vositasi datchikdan chorrahaning o‘rtasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadi, keyingi transport vositasi 3-5 s oralig‘idan kam bo‘lgan vaqtda o‘tsa, svetofor signali o‘zgarmaydi. Lekin ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha 3-5 s vaqtdan ko‘p oraliq paydo bo‘lsa, unda transport oqimida svetaforning signali o‘zgaradi.
Agar transport oralig‘idagi vaqt to‘g‘ri kelib, uzluksiz harakat kuzatilsa, unda tmax vaqti tugagandan keyin svetofor signali yana o‘zgaradi.
Boshqariladigan chorrahalarda svetofor signallarini avtonom va muvofiqlashtirilgan holda boshqarish mumkin.
Avtonom boshqarish deganda bitta alohida chorrahadagi harakatni boshqa yaqin chorrahadagi vaziyatni hisobga olmagan holda boshqarish tushuniladi. Bunday boshqarish chorrahalar orasidagi masofa 1000 m dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Muvofiqlashtirilgan boshqarish deganda bir nechta chorrahadagi boshqarish bir-biri bilan birgalikda vaziyatiga qarab harakatni boshqarish tushuniladi. Bunday boshqarish chorrahalar orasidagi masofa 150-600 m bo‘lganda tavsiya etiladi.
Muvofiqlashtirilgan boshqarishning avtonom boshqarishdan afzalligi quyidagilardan iborat: o‘tkazish qobiliyati va harakat tezligi oshadi; yonilg‘i sarfi, atmosferaning bulg‘alanishi, transport shovqini va YTH kamayadi; avtomobilning tormoz sistemasi va boshqa mexanizmlarining ishlash muddati oshadi. Muvofiqlashtirilgan boshqarishning ikki xil tizimi mavjud: sinxronli va progressiv.
Sinxronli tizimda hamma chorrahalardagi svetoforlarda bir vaqtning o‘zida bir xil signal yonadi va almashadi (bu tizimni «yashil ko‘cha» deb yuritiladi).
Progressiv tizimda - signallar chorrahadagi svetoforlarga, harakat tezligiga va miqdoriga qarab biror vaqt birligida surib beriladi yoki ko‘cha «yashil to‘lqin» rejimida ishlaydi.
|
| |