|
Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari. Matn muharrirlari funksiyalari. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari
|
bet | 2/2 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 64,48 Kb. | | #100738 |
Bog'liq 30-mavzu Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar
Buxgalteriya tizimlari.
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.
Nazorat savollari !
- Amaliy dasturlar nima?
- Matn kiritish dasturlar nima?
- Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?
- Grafik dasturlar nimalar yaratishga muljallangan
- Kompyuter grafik dasturlari nima?
- Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan?
|
| |