• Laboratoriya ishini tashkil etish va ish jurnalini yuritish tartibi
  • Kimyo kafedrasi




    Download 0,56 Mb.
    bet1/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI

    QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

    KIMYO KAFEDRASI

    B.O.Nu’monov

    KIMYOVIY TEXNOLOGIYA
    fanidan
    USLUBIY QO’LLANMA





    Qo’qon - 2023
    KIRISH
    «Kimyoviy texnologiya» fani nafaqat nazariy kurs mashg’ulotlarini, balki laboratoriya mashg'ulotlarini ham o'z ichiga oladi. Laboratoriya mashg’ulotlari muayyan kimyoviy jarayonlar bilan amaliy-texnologik ishlarida bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish uchun mo'ljallangan.
    Laboratoriya ishlarini bajarishda talaba turli reaktorlarda aniq kimyoviy jarayonlarning qonuniyatlarini tajriba yo’li bilan o'rganadi, kimyoviy jarayonni tahlil qilish usullarini o'zlashtiradi, texnologik omillarning jarayon samaradorligiga ta'sirini o'rganadi va kimyoviy-texnologik jarayonlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtiradi. Ushbu laboratoriya ishlari uslubiy qo’llanmasida talaba kimyo sanoatida ishlatiladigan, maktab kimyo kursi dasturiga kiritilgan ayrim moddalar va mahsulotlarning olinish usullari haqida ma'lumot olishadi.
    Uslubiy qo’llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarining xilma-xilligi pedagogika oliygohlari talabalari tomonidan egallangan bilimlar, shuningdek ushbu kurs bo'yicha amaliy malakalarni shakllantirsh bilan chambarchas bog'liq. Taqdim etilgan laboratoriya ishlari turlicha, ammo ularda qo'yilgan vazifalar va ishlatiladigan laboratoriya texnikasi kurs dasturiga mos kelari va malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
    Ushbu laboratoriya ishlari pedagogika oliygohlarida sinovdan o’tkazilagan, hamda talabalar tomonidan o'zlashtirilgan ishlar kiritilgan.
    Laboratoriya ishini tashkil etish va ish jurnalini yuritish tartibi


    Laboratoriya mashg‘ulotlariga talabalar mashg‘ulot boshlanguncha asosiy darsliklar hamda ma’ruza matnlarini nazariy o‘zlashtiradilar va belgilangan laboratoriya tajribalarini o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma asosida tayyorgarlik ko‘radilar. Navbatchi talabalar belgilangan -laboratoriya ishidagi tajribalar uchun zaruriy jihozlarm reaktivlarni avvaldan tayyorlab qo‘ymoqlari talab qilinadi.
    Talabalar laboratoriya mashg‘ulotiga faqat oq xalat kiygan holda kiritiladi. Mashg‘ulotni boshlashdan avval kichik guruhlardagi talabalar o‘qituvchiga ishni bajarish tartibini va lozim bo‘lsa, shu ishga oid nazariy bilimlarini aytib beradilar. Qoniqarli javob bergach, u ayni ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarning (asbob) aniq nomi hamda miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘qituvchiga ko‘rsatadi. O‘qituvchi ro‘yxatni ko‘rib chiqadi va imzo chekib talabalarga ishni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar ro‘yxatga binoan belgilangan ishni bajarish uchun kerakli reaktiv va jihozlarni (asbob) navbatchi talabalardan oladi. Belgilangan labaroratoriya ishini bajarish uchun tuzulgan ro‘yxat ish oxirigacha laborantda saqlanadi va jihozlar (asbob) mashg‘ulot oxirida navbatchi talabalar tomonidan kafedra laborantiga topshiriladi.
    Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi, ish stolida tajriba o‘tkazish yuzasida zarur jihozlar va reaktivlargina bo‘lishi kerak. Talaba yana bir marta -laboratoriya ishiini bajarish tartibi bilan tanishib chiqilgach, tajribani boshlashga ruxsat beriladi.
    Laboratoriya ishlarini hisobotini tayyorlash va o‘qituvchiga topshirish uchun alohida laboratoriya jurnali daftari tutiladi. Bu daftar talabalar ishining eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ish natijalari tajriba davomida bevosita laboratoriya jurnaliga o‘z vaqtida qayd qilib borilishi lozim. Laboratoriya jurnalini yuritish tartibi quyidagicha:
    Har bir mashg‘ulot mavzusi yangi betdan boshlab yoziladi. Unda quyidagilar qayd qilinadi:
    mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;
    mashg‘ulot mavzusi;
    ish bajarilayotgan jihozlarning tasviri (sxemasi);
    tajribani bajarishning qisqacha bayoni (ushbu bayon uslubiy ko‘rsatmadan ko‘chiriladi);
    reaksiya tenglamalari;
    reaksiya davomida moddalarda ko‘zatilgan o‘zgarishlar;
    asosiy reaksiyalar mexanizmi;
    xulosa.
    Tajriba tugagach, foydalanilgan reaktivlarni o‘z joyiga qo‘yish, shisha idish va asboblarni tozalab yuvib navbatchi talabalarga topshiriladi. Navbatchi talabalar esa jihoz va reaktivlarni o‘z navbatida kafedra laborantiga topshiradi. Foydalanilgan jihozlar ba’zi sabablarga ko‘ra tozalanmay qolsa, uni navbatchi talabalar kafedra laboranti bilan maxsus joyga yig‘ib qo‘yishi kerak.

    Download 0,56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0,56 Mb.