• Ishning bajarilishi.
  • Laboratoriya ishi mavzusi




    Download 0,56 Mb.
    bet5/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Laboratoriya ishi mavzusi: Oltingugurtni oksidlab sulfat kislota olish


    Kerakli jihozlar va reaktivlar: gazometr yoki kislorodli ballon, SO3 manbai (kolba tomizgich qadaq, H2SO4, mis qirindisi yoki natriy bisulfit), Dreksel va Vulf sklyakalari, chinni yoki kvars nayi, U-simon nay, ikkita probirka, sovutuvchi aralashma yoki muzli stakan, elektropech, pirometrik termoparali galvanometr, elektrofiltr, induksion katushka, akkumlyator yoki IEPP-2 apparati (o‘zgaruvchan tokni doimiyga aylantirib beradi).
    Ishning bajarilishi. Bu ish SO3 va H2SO4 olishning oddiy usuli bo‘lib bunda sulfat kislotaning unumi aniqlanmaydi. 1-rasmga qarang SO2 Vyurs kolbasida 1 konsentrlangan sulfat kislotasiga mis qirindilarini ta’sir ettirib olinadi. Olingan SO2 gazini quritish uchun konsentrlangan sulfat kislota solingan qurituvchi sklyanka 2 orqali o‘tkaziladi, undan chiqqan gaz aralashtirgichga 3 boradi. Bu yerga gazometrdan kislorod sulfat kislota bilan to‘lg‘azilgan yuvgich sklyanka (pufakchalarini sanagich) va suvsizlantirilgan kalsiy xlorid orqali o‘tib keladi. Aralashtirgichda yana qo‘shimcha ravishda quriydi.

    1-rasm. Oltingugurtdan kontakt usulida sulfat kislota olish
    1- SO2 olish uchun kolba; 2-sulfat kislotali sklyanka; 3-aralashtirgich sulfat kislotali yuvgich); 4- vanadiy katalizatorli nay; 5-SO3 solinadigan kolba; 6-sovutuvchi aralashma; 7-bariy xloridli probirka; 8-indikatorli probirka; 9-termopara; 10-pirometr; 11-elektropech; 12-elektrofiltr; 13-induksion katushka; 14-akkumulyator.


    Gazlar aralashmasi, vanadiyli katalizatorlar bilan to‘lg‘azilgan chinni yoki kvars nayga 4 o‘tadi. Katalizatorni tayyorlash uchun kukunsimon V2O5 olinib asbest bilan aralashtiriladi. SO3 kontaktlangandan keyin sovutuvchi aralashmaga botirib ko‘yilgan U-simon qabul qilgichga tushadi. SO3 qisman nordonlashtirilgan bariy xlorid eritmasi solingan probirkadan 7 ham o‘tadi va undan vodorod ionlari borligini bildiruvchi indikator eritmasi solingan probirkaga 8 keladi.
    Ishni boshlashdan oldin elektropech yoqiladi va ~0,5l chamasi kislorod yuboriladi. Pechning harorati 500°C ga etgach mis qirindisi solingan kolbaga 1 sulfat kislota quyiladi, so‘ngra SO2 gazi bir xil oqimda kela boshlaguncha qizdiriladi. Bir vaqtning o‘zida kislorod ham yuboriladi va elektrofiltr qo‘shiladi. Gazlar 1 sekundda 1-2 pufakcha tezlikda kelishi kerak. SHundan so‘ng pirometrni ko‘rsatgichni nazorat qilib turish kerak, chunki haroratning ko‘tarilib ketishi SO3ning unumini kamaytiradi, katalizatorni yaroqsizlantiradi, pasayishi esa SO3ning unumini kamaytiradi. U-simon nayda sekinlik bilan SO3 to‘planadi probirkada 7 esa BaSO4 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. 8-chi probirkada indikator rangi o‘zgaradi. SHundan so‘ng gaz yuborish to‘xtatiladi, pech o‘chiriladi. Sulfat angidridga 1-1,5 ml sulfat kislota qo‘shilib oleum olinadi. Katalizatorli nayni gaz gorelkasida yoki 2-3 ta spirt lampasida yoki 2 ta sham alangasida ham qizdirish mumkin:
    Yanada soddalashtirish kerak bo‘lsa katalizator solish uchun oddiy shisha naydan foydalanib, uni qizdirish esa spirt lampa yoki sham alangasida amalga oshiriladi. Bunda toza kislorod o‘rniga havodan foydalaniladi va SO2 oqimi tezligiga qaraganda 3-4 marta ko‘p havo pufakchalari yuboriladi.
    Katalizator o‘rnida temir oksidlarini, MgO ni, xatto qizil g‘isht siniqlarini ishlatish ham mumkin.



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0,56 Mb.