• 4-ish.
  • -ish. Suvning oksidlanishini aniqlash. Kerakli jihoz va reaktivlar




    Download 0,56 Mb.
    bet4/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    3-ish. Suvning oksidlanishini aniqlash.
    Kerakli jihoz va reaktivlar: Kaliy permanganatning 0.002 mol/l eritmasi, 0,005 mol/l oksalat kislota eritmasi, 250 ml li konussimon kolba, o‘lchov silindri, byuretka 50 ml, bir uchi berkitilgan shisha naylar, stakanlar 20 ml li, 100 ml li pipetka.
    Suvning oksidlanishini permanganametriya usuli bilan aniqlanadi. Konussimon kolbaga 100 ml tekshiriladigan suvdan solinadi, ustiga 25%li sulfat kislotadan 5 ml va byuretkadan 0,002 mol/l permanganatdan 20 ml quyiladi. Kolba shisha qadaq bilan berkitilib 10 minut qaynatiladi. Qattiq qaynab ketmasligi uchun kolbaga 3-4 dona shisha bo‘lagi ham tashlanadi. Issiq rangli suyulikka byuretkadan 20 ml 0,005 mol/l li oksalat kislotasining eritmasidan quyiladi va aralashtiriladi. Issiq rangsizlangan eritmadagi oksalat kislotasini ortiqchasini yo‘qotish uchun 0,002 mol/l li kaliy permanganat eritmasi bilan och qizil rangga kirguncha titrlanadi. Rang 2-3 minut mobaynida yo‘qolmasligi kerak.
    4-ish. Suvdagi xlor ionini aniqlash.
    Kerakli jihoz va reaktivlar: 0,02 mol/l konsentrasiyali kumush nitrat eritmasi; 10%li kaliy bixromat eritmasi, 250 ml konussimon kolba, 100 ml li pipetka, byuretka.
    2 ta konussimon kolbaga 100 ml dan pipetka yordamida tekshiriladigan suvdan o‘lchab olinadi, uning ustiga 1 ml 10%li kaliy bixromat eritmasidan qo‘shiladi. So‘ngra u 0,002 mol/l li kumush nitrat eritmasi bilan to‘q sariq rangga kirguncha titrlanadi.
    Suvdagi xlor ionining miqdori quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

    bunda: m(Cl)-xlor ioni miqdori mg/l; V1-titrlash uchun sarflangan kumush nitrat eritmasi miqdori ml; C–kumush nitrat konsentrasiyasi, mol V2-analiz uchun olingan suv hajmi ml; M-xlor ionining molyar massasi g/mol.
    5-ish. Ion almashinish usullari bilan suvni yumshatish.
    Suv tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlarini yo‘qotish uchun suv yumshatiladi. Suvni yumshatish kimyoviy va fizik kimyoviy usular bilan amalga oshiriladi. Suvni kalsiy gidroksidi yoki natriy gidroksid bilan ishlov berilsa suvning muvaqqat qattiqligi va qisman doimiy qattiqligi va CO2 yo‘qotiladi.
    Ca(HCO3)2 +Ca(OH)2 →2CaCO3 +2H2O
    Ca(HCO3)2+2NaOH→CaCO3 +Na2CO3 +2H2O
    MgCl 2 + NaOH→2NaCl +Mg (OH)2
    CO2 +Ca(OH)2→CaCO3 + H2O
    Sodali usulda faqat doimiy qattiqligi yo‘qoladi va karbanat angidridni biriktirib oladi:
    Ca,Mg(SO4)+Na2CO3→ Ca,Mg(CO3)+Na2SO4
    CO2+Na2CO3+H2O→ 2NaHCO3
    Bu usulda suv to‘liq yumshaydi. To‘liq yumshatish uchun fosfatli usul qo‘llaniladi. Bunda suvga natriy fosfat qo‘shiladi. Natijada ham karbanatli ham karbanatsiz qattiqlik yo‘qoladi.
    3(Ca,Mg)Cl 2 +2Na3PO4→ (Ca,Mg)3(PO4)2 +6 NaCl
    3(Ca,Mg)Cl 2+2Na3PO4→ (Ca,Mg)3(PO4)2 + 6 NaCl
    Eng arzon va qulay usul bu ion almashinish usuli bo‘lib unda suv ionlari orqali filtrlab o‘tkaziladi.
    Kationitlarning asosiy texnologik xarakteristikasi bu almashinish sig‘imi yoki yutish sig‘imi (EK) hisoblanadi. U kationitning ma’lum hajmi birligi qancha ionni yutishini ko‘rsatadi. Kationitning almashinish sig‘imi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

    bunda: Ek- kationitning almashinish sig‘imi, mol/litr; KU – vodoprovod suvning umumiy qattiqligi, mmol/litr; KC − VC ga etguncha kationit orqali o‘tkazilgan suvning umumiy hajmi, l; Vk-kationit hajmi, litr.


    Katioit ionining suvdagi ionlar bilan almashinish reaksiyasi qayta reaksiya bo‘lib tez muvozanatga keladi.
    Na2[kat]+Ca(NCO3)2=Ca[kat]+2NaHCO3
    H2[kat]+MgCl2=Mg[kat]+2HCl
    Suv tarkibida natriyli tuzlar yoki kislota konsentrasiyasining ortishi yuqoridagi reaksiyalarni chapga siljitadi, ya’ni suvda kalsiy, magniy, temir kabi ionlarni kationitga yutilishi o‘rniga aksincha jarayon kationitdan ularni siqib chiqarish boshlanadi. To‘yingan kationitni regenerasiyalash shunga asoslangan. Natriy kationi 5-10% li natriy xlorid bilan regenerasiyalanadi: Ca[Kat] +2NaCl = Na2[Kat] + CaCl2
    H-kationitini esa vodorod xlorid yoki sulfat kislota 1-2% eritmalari bilan regenerasiyalanadi: Mg[Kat]Cl2+2NaOH = Mg (OH)2 + 2NaCl
    Anionitni [An] deb yoziladi. Regenerasiyalash uchun undan ishqor eritmasi o‘tkaziladi: [An]Cl2+2NaOH = [An](OH)2+2NaCl
    Anionit sifatida turli sintetik g‘ovak ion almashtiruvchi smolalar ishlatiladi. Masalan, aminoformaldegidli va karbamidoguanidinli smolalar. Kationit sifatida quyidagicha vodorod, natriy, ammoniy ionlari, natriy, anionit sifatida permotidlar, glaukomitlar, seolitlar alyumosilikatlar, sulfoko‘mir, smolalar ishlatiladi.



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ish. Suvning oksidlanishini aniqlash. Kerakli jihoz va reaktivlar

    Download 0,56 Mb.