|
Laboratoriya ishi mavzusi: Suvning qattiqligini aniqlash
|
bet | 2/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaLaboratoriya ishi mavzusi: Suvning qattiqligini aniqlash
1-ish. Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash.
Ishning maqsadi: Suvning fizik va kimyoviy tavsifini aniqlash
Jihozlar va reaktivlar: 250 ml.li konussimon kolba, 100 ml.li byuretka, 25 ml.li silindr, 0,1 mol/l konsentrasiyali xlorid kislota eritmasi, metiloranj idikatori.
Konussimon kolbaga 100 ml tekshiriladigan suvdan o‘lchab olinadi 0,1 molyarli xlorid kislotasi bilan metiloranj indikatori ishtirokida toki qizg‘ish rang hosil bo‘lguncha titrlanadi.
Bunda kalsiy va magniy bikarbonatlari xlorid kislotasi bilan o‘zaro ta’sirlashganda quyidagicha reaksiya boradi.
Mg(HCO3)2 + 2HCl = MgCl2 + 2H2O +2CO2
Ca(HCO3)2 +2HCl = CaCl2 +2 H2O +2CO2
Karbonatli qattiqlik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bunda; Qk-suvning karbonatli qattiqligi mol/l; V1-titrlash uchun sarflangan xlorid kislota hajmi, ml, V2–tekshirish uchun olingan suvning hajmi ml; C-xlorid kislota eritmasining konsentrasiyasi, mol/l.
2-ish. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Nazariy qism. Suvning umumiy qattiqligi kompleksometriya usuli bilan aniqlanadi. Bu usul metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, tez va aniqligi, yuqori darajada bo‘lishi bilan ajralib turadi. Buning uchun aminopolikarbon kislotasining hosilalari ishlatiladi. Masalan, etilendiamintetrasirka kislotasining (EDS)-kompleksioni, bu kuchsiz to‘rt negizli kislota bo‘lib suvda kam eriydi. SHuning uchun uning natriyli tuzi – kompleksion yoki boshqacha qilib aytganda trilon B ishlatiladi. Trilon B ning kimyoviy formulasi quyidagicha C10H14N2 Na2O8 H2O
Kompleksion ko‘pgina metallar bilan suvda eriydigan mustaxkam ichki kompleks tuz hosil qiladi. Bunda metall karboksil gruppaning vodorod atomi o‘rnini oladi va azot atomi bilan koordinasion bog‘ hosil qiladi.
Vodorodning ikki atomi metall tomonidan siqib chiqariladi. SHuning uchun ham trilon B ning ekvivalenti uning mol massasining yarmiga teng, ya’ni (372,25:2=186,12 g)
Bunda azot atomlari ligand hisoblanadi. Indikator sifatida ko‘pincha organik bo‘yoq moddasi – qora erioxrom T qo‘llaniladi.
Bu birikma ko‘k rangli bo‘lib, metall ionlari bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi.
Tekshirilayotgan eritma tarkibida kalsiy va magniy ionlari ushlaydi, unga qora erioxrom T quyilganda eritma qizil rangga kiradi, bunda magniy va kalsiy erioxrom bilan kompleks hosil qiladi. Titrlash davomida kalsiy, magniy ionlari Trilon B bilan birikib, ancha mustakam bo‘lgan rangsiz kompleks hosil qiladi, qizil birikma buziladi, indikator erkin holga o‘tadi va ko‘k rang hosil bo‘ladi. Ekvivalent nuqtasida kalsiy va magniy ionlarining hammasi Trilon B bilan birikadi. Rangning qizildan ko‘kka aylanishi titrlashning tugaganligini ko‘rsatadi.
|
| |