|
Ish natijalarini ko‘rsatish tartibi
|
bet | 14/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaIsh natijalarini ko‘rsatish tartibi.
Xrom metallini olinishi usulini daftarga yoziladi, uning tok bo‘yicha unumi hisoblanadi.
Laboratoriya ishi mavzusi: Metallarning korroziyaga (zangga) chidamliligini aniqlash
Ishdan maqsad: Po‘latning xlorid yoki sulfat kislota muhitidagi korroziyaga chidamliligini aniqlash.
Kerakli jihoz va materiallar: 10-20×30-40 ml hajmli po‘lat plastinka. 150-200 ml li laboratoriya stakanlari, shisha ilgichlar, 1 H yoki 3 H li (xlorid yoki sulfat) kislota
N azariy qism: Metallar korroziyasi elektroqimyoviy mexanizm bo‘yicha asosan suvli depolyarizasiyalash orqali boradi. Katodli reaksiyada gidroksoniy ionini ikki elektr qavati o‘tib borishi, atomar vodorod zaryadining chiqishi va vodorodni molyarlashib metall sirtida dissosiyalanishi tufayli sodir bo‘ladi. Anodli reaksiya aktiv anionlarning metall sirtida adsorbsiyalanishi va oraliq komplekslarning hosil bo‘lishi orqali sodir bo‘ladi. Yakunlovchi bosqichda anodli jarayon sifatida metall ionlarining eritmaga o‘tishi gidratlangan holatda sodir bo‘ladi.
Korroziyani sekinlashtiruvchi modda katod yoki anodda adsorbsiyalanib, yo anodli yoki katodli jarayonni sekinlashtiradi yoki Har ikkala jarayon bir paytda sodir bo‘ladi. Bir qator ingibitorlar metall sirtida fazali himoya qobig‘ini hosil qiladi. Masalan, titan xlorid kislotada ko‘pferron ishtirokida titan kufferonatning erimaydigan va kam o‘tkazuvchan yupqa qavatini hosil qiladi.
Bu vaqtda metallarning korroziyaga chidamliligini aniqlashning ishonchli va oddiy usuli sifatida gravimetrik usul (ayniqsa bir tekis korroziya kuzatilganda) tan olingan.
Korroziya jarayoni yuzada shlak to‘planishi bilan sekinlashishi yoki eritmada faol reaksiya mahsulotlarini hosil bo‘lishi, qo‘shimchalar hisobiga hosil bo‘lgan mikrogalvaniq bug‘ ishlarini kuchayishi va boshqalar tufayli tezlashishi mumkin. Bu holatlarda gravimetrik usul o‘zgarmas vaqt oralig‘ida korroziyaning o‘rtacha tezligini aniqlashga yordam beradi. Tajriba kimyoviy stakanlarda simga osilgan po‘lat plastinkalarda olib boriladi.
Hajmiy usul mohiyati shundan iboratki, metall bilan kislota ta’sirlashishi natijasida ajralib chiqqan vodorodni hajm o‘zgarishini o‘lchash orqali aniqlanadi. Bu usul gravimetrik usulga nisbatan aniqroq (taxminan 10-100 marta) usul hisoblanadi.
Biroq ba’zi bir ishchi sharoitlarni saqlash qiyinligi tufayli natijalarni olishda qator xatoliklarga yo‘l qo‘yish mumkin. SHu sababli bu usuldan foydalanish nisbatan noqulay hisoblanadi.
|
| |