|
Ish natijalarini ko‘rsatish tartibi
|
bet | 13/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaIsh natijalarini ko‘rsatish tartibi. Nikellash vannasining rasmi chiziladi. Ishning bajarilish tartibi, elektrolit tarkibi, nikellash parametrlari daftarga yoziladi. Plastinka yuzasidagi qoplama massasi, yuzasi aniqlanadi va tok bo‘yicha unumi hisoblanadi.
Tok bo‘yicha unum ampermetrning ko‘rsatgichi va kulonometr katodining ortgan ogirligi asosida hisoblab topiladi. Nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti 109 g/ (A·soat)ga teng.
Nikel qavatning qalinligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda: -qoplama qalinligi, -nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti g/As; -metall zichligi kg/m3; -elektroliz vaqti (necha soat davomida elektroliz qilindi.); - metallning tok bo‘yicha unumi.
2-ish. Elektrolitik usulda xromli qoplama hosil qilish va xrom metalining olinishi
Ishning maqsadi. Xromli qoplama hosil qilish va xrom metalini olish (o‘qituvchi ko‘rsatmasiga muvofiq). Xromning tok bo‘yicha unumini hisoblash.
Kerakli asbob va reaktivlar. 1-2 l sig‘imli elektrolitik vanna, mis yoki po‘lat katod va qo‘rgoshinli anod, xrom (VI)-oksid, borat kislota, 10% li nitrat kislota eritmasi, natriy ftorid, konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning bajarilishi.
a) Xromli qoplama hosil qilish. Yaltiroq xromli qoplama hosil qilish uchun qo‘llaniladigan elektrolit tarkibi, g/l hisobida: CrO3-250; H2SO4-2,5; H3BO3-10 bo‘ladi.
Katoda tok zichligi 10-25 A/ds2, elektrolir harorati 45-49ºC bo‘ladi.
Elektrolit tayyorlangandan so‘ng, uning 1l eritmasini 6-8 A·s manbali doimiy tok manbai bilan qo‘rg‘oshin anod va po‘lat katod qo‘llanilgan holda 3-4 soat ishlov berish kerak. Natijada 2-4 g/l hisobida Cr3+ ionlarning to‘planishi sodir bo‘ladi. Xrom ionlarining konsentrasiyasini yuqoridagi miqdorida saqlash uchun katod yuzasining sathi anodnikiga nisbatan 2:1÷3:2 nisbatda bo‘lishi lozim.
Ishlov berilgan vannaga elektrolitlar tushiriladi. Anod qo‘rg‘oshin plastinkadan, katod esa nikel bilan mis yoki po‘latdan iborat bo‘ladi.
Katod oldindan xuddi nikellashdagi singari (1-ishga qarang) elektrolizga tayyorlanadi. Vannaning ishchi kuchini kamaytirmaslik uchun, tajriba maqsadlaridan elektrodlarning kichik yuzalarida (10-15 sm2) amalga oshiriladi.
Xromlash 3-5 daqiqa davom ettiriladi. Natijada xromning bir necha mikron qalinlikdagi qoplamasi hosil bo‘ladi. Katod massasi juda kam o‘zgarganligi uchun elektrolizning tok bo‘yicha unumini hisoblash shart emas. Elektroliz tugagandan so‘ng katod vannadan olinadi, suv bilan yuviladi va uning korroziyaga chidamliligi tekshirib ko‘riladi. Buning uchun xromlangan qoplama sirtiga 10-20% li nitrat kislota tomizib, bir necha daqiqa quyib quyiladi. Bunda nitrat kislotaning xromga ta’siri kuchsiz bo‘lganligi uchun, metall bilan kislota o‘rtasida ta’sirlashuv kuzatilmaydi.
Xromlash xona haroratida va tarkibi, g/l hisobida: C2O3-150: H2SO4-0,6., NaF-10,0 bo‘lgan elektrolitda xam o‘tkazilishi mumkin. Bunda tokning katod zichligi 0,05-0,1 A/sm2 bo‘lish lozim. Elektrolizning tok bo‘yicha unumi 10-16% ni tashkil etadi.
b) Xromning olinishi. Elektrolitik usul bilan xrom metalini olishda yupqa, oson ajraluvchi xrom qatlami hosil qilinadi. Bunda tarkibi, g/l hisobida: CrO3-250; H2SO4-2,5 bo‘lgan elektrolit qo‘llaniladi.
Tok zichligi 0,3 A/sm2, xona harorati va tok bo‘yicha unum 30% bo‘ladi. Katod po‘lat plastinkadan tayyorlanadi. Anod sifatida qo‘rg‘oshin plastinka ishlatiladi. Laboratoriya sharoitida katod sifatida yupqa mis plastinkasi yoki folgasi qo‘llanilgani ma’quldir. Elektrolizdan so‘ng katod nitrat kislotada eritiladi. Bunda mis erib ketadi, xrom esa cho‘kmada toza holda ajratiladi.
Tajriba yuqoridagi (bo‘limdagi) kabi metodika bo‘yicha bajariladi. Xrom ajralib chiqish hisobiga muvofiq vannaga xrom (VI)-oksid solinadi.
|
| |