• 1-ish.
  • Kimyo kafedrasi




    Download 0,56 Mb.
    bet12/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Ishning maqsadi: po‘lat plastinka sirtini nikel qatlami bilan qoplash orqali uning korroziyaga chidamliligini oshirish. Tok bo‘yicha unum va qoplama qalinligini aniqlash.
    Kerakli asbob va reaktivlar: 1,1-3 l sig‘imli shisha elektrolizyor, 8-100 m li reostat, 5-8 A li ampermetr va 5-10 V li voltimetr, 10 V li akkumulyatorli batareya yoki o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi asbob, po‘lat va nikel elektrodlar, nikel sulfat, xrom (III)-oksid (yoki alyuminiy oksid), kalsiy gidroksid (yoki natriy gidroksid), 3-5% li sulfat kislota eritmasi va nikellovchi vannaga kerakli boshqa reaktivlar (nikellash uchun kerakli elektrolit tarkibi, g/l hisobida: nikel sulfat-150÷200; natriy sulfat-70; magniy sulfat-10; borat kislota-30; natriy xlorid-5).
    1-ish. Elektrolitik usulida nikel qoplamasini hosil qilish.
    Ishning bajarilishi. Nikellashda quyidagi ishlar bajariladi: metall yoki qotishma sirti nikellashga tayyorlanadi, nikellanadi va nikel qoplamaga sayqal beriladi (yaltiratiladi).
    Tajriba uchun bir tomonidan kichkina teshik ochilgan to‘g‘ri burchakli (umumiy yuzasi 10-15 sm2 bo‘gan) temir plastinka (5-rasm) ishlatish qulaydir. Plastinka yuzasi shtangensirkul yoki lineyka yordamida ulchanib, hisoblanadi.
    Plastinka sirti jilvir qog‘oz bilan tozalanadi

    5-rasm. Temir yoki mis katod


    Shundan so‘ng plastinka sulfat kislotasining 3-5% li eritmasiga 5-10 min solib qo‘yiladi, yana suv bilan yuviladi va nikellash vannasiga solinadi (6-rasmga qarang).
    Temirni sulfat kislotasi bilan tozalanganda uning kristall strukturasi ochiladi, natijada qoplamaning temir bilan tutashishi yaxshilanadi. Katod yuzasi o‘lchami asosida tok kuchi aniqlanadi.
    Plastinka yuzasini nikellash usuli bilan qoplamalash 0,005÷0,01 A/sm2 (0,5-1 A/dm2) tok zichligida 0,75-1 soat davom ettiriladi.
    Elektrodlarga beriladigan kuchlanish elektrolit qarshiligi va elektrodlar orasidagi masofaga bog‘liq katod va anod orasidagi masofa 5 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Nikellashda ampermetr ko‘rsatkichiga axamiyat berish kerak, chunki tok kuchining yuqoridagi ko‘rsatkichdan ortib ketishi qoplamalash sifatining yomonlashishiga olib keladi. Tok reostat bilan muvofiqlashtiriladi.
    6
    -rasm. Nikellash qurilmasi.

    1- elektrolizyor; 2- nikellash uchun namuna; 3- nikelli anod; 4- tok to‘g‘rilagich; 5- kulonometr


    Nikellashdan so‘ng tok manbai uziladi, plastinka distillangan suv bilan yuviladi va plastinka pardozlanadi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




    Download 0,56 Mb.