|
Kimyo kafedrasi
|
bet | 10/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaIshning borishi: 20 g gipsni tortib oling va normal qo‘yuqlikdagi hamir bo‘lguncha zarur bo‘lgan suvni o‘lchab oling. Suvni metall yoki chinni idishga quyib, bir tekisda unga 30 sek davomida aralashtirib turib gipsni soling va vaqtni belgilab qo‘ying. Aralashtirishni yana 30 sek, bir jinsli massa hosil bo‘lguncha davom ettiring. So‘ngra uni shishi plastinkaga o‘rnatilgan halqaga qo‘ying. Ortiqcha gipsni pichoq bilan qirqib oling va sathini tekislab qo‘ying. Halqani ignani tagiga qo‘ying va har 30 sek.da ignani loyning yangi joyiga tushiring.
Gipsning qotish vaqtining boshlanishi deb gipsni suvni tashlagan paytdan igna 5 mm loyga kirguncha bo‘lgan vaqt, qotishni tugashi deb gipsni suvga tashlagan paytdan faqat 0,5 mm ga kirgan payti hisoblanadi.
Bu ishni M.Nishonov tomonidan takomillashtirilgan asbobda ham bajarish mumkin. Buning uchun metall sterjen o‘rniga 5 mm.li bir marotabali tibbiyot shprisidan foydalaniladi.
Laboratoriya ishi mavzusi: Metallarni oksidlaridan olinishi
Kerakli jihozlar: 50-60 sm3 hajmga ega bo‘lgan chini yoki grafik tigel, 1100°C li tigel elektropech, termopara, tigel qisqichlar, taglik, ko‘mir, metall oksidlari (SnO2, PbO, Pb3O4, Bi2O3, CuO, Cu2O), texnokimyoviy tarozi.
Ishning maqsadi: Uglerod yordamida quyidagi metallarni qaytarish: qo‘rg‘oshin, qalay, vismut yoki ularning misli qotishmalarini olish.
Nazariy qism: Uglerod yuqori haroratda qaytaruvchilik xossasini namayon qiladi. U mustahkam bog‘li oksidlarni ham qaytara oladi. Masalan, Al, Mg, Ti, Zr va boshqalar. Biroq olingan ko‘p metallar karbidlar hosil qilishi mumkin. Masalan, CaC2, TiC, ZrC va boshqalar. Shuning uchun karbid hosil qilmaydigan metallarnigina uglerod yordamida qaytarish mumkin. Kuchli bog‘langan oksidlardan faqat magniyni qaytarish uchun qo‘llash mumkin. Chunki u reaksiya boradigan muhitdan bug‘lanib ketadi va bu bug‘lar moslamalar yordamida yig‘iladi.
|
| |