|
Tajriba natijalari uchun talablar
|
bet | 18/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaTajriba natijalari uchun talablar:
1. Formaldegid va fenolning polikondensalanish reaksiya sxemasini tuzing. Ushbu reaksiyada qaysi modda ikkinchi mahsulot hisoblanadi?
2. Smolaining spirtdagi eruvchanligi haqida xulosa chiqarish.
3. Isitish paytida smolaning holatini belgilang.
2-tajriba. Rezol smolalar tayyorlash.
50 ml.li tubi dumaloq kolbaga 2,5 g fenol va 3,6 ml formalinni soling. Aralashmani to’liq erib ketguncha chyqating va 0,5 ml 25% ammiak eritmasidan qo'shing. Aralashmani teskari sovutgichga ulangan kolbani 90°C da 15-20 daqiqa suv hammomida alohida qavatlarga ajraigunga qadar (yuqori-suv qatlami, pastki-smola) isiting. Mo’rili shkafda chinni kosachaga kolba tarkibini to'king va tinishga qo’yin. Yuqori suv qatlamini to'kib tashlang. Olingan smolaning yarmi (rezita) shisha tayoqcha yordamida toza probirkaga o'tkazing va alangada qizdiring. Smolalar suyuqlandimi? Probirkani sovuting, olingan smolani spirda eruvchaligini tekshiring.
Tajriba natijalari uchun talablar:
1. Qizdirilganda smolaning qotishini tushuntiring.
2. Rezol smolaning termik xossalari haqida xulosa chiqaring.
3. Spirtda smolalarning eruvchanligini aniqlang.
Masala yechish uchun namuna
1-masala. Molekulyar massasi 56280 bo’lgan poliizobutilen ishlab chiqarishda izobutilenning polimerlanish darajasi qanday?
Yechim. Poliizobutilen (polimer) izobutilen (monomer) polimerizatsiyasining reaksiyasi bilan olinadi, reaksiya quyidagi sxema bilan ifodalanadi:
Polimerlanish darajasi n ko’rsatishicha polimerlanish reaksiyasiga kirishagan monomer molekulalarining sonini ko'rsatadi. Izobutilen C4H8 ning molekulyar massasi 56, polimerning o’rtacha molekulyar massasi 56280 ga teng. O’z navbatida polimerizatsiya darajasi:
Javob: Izobutilenning polimerlanish darajasi 1005 ekan
2-masala. Agar makromolekulalarni tashkil etuvchi buten-1 va stirol molekulalarining soni 2:1 nisbatida bo'lsa buten-1 ni sopolimerizatsiya reaksiyasi tenglamasini yozing?
Yechim. Sopolimerlanish-turli monomerlarning molekulalarini o'z ichiga olgan polimerlanish reaksiyasi. Bunday holda bitta monomer butilen, ikkinchisi stirol hisoblanadi. Sopolimerlanish reaksiya tenglamasi quyidagi ko'rinishda bo’ladi:
|
| |