• Ishning maqsadi
  • Ishning bajarilishi
  • Laboratoriya ishi mavzusi: Toshko‘mirni kokslash




    Download 0,56 Mb.
    bet16/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Laboratoriya ishi mavzusi: Toshko‘mirni kokslash


    Nazariy qisim. Toshko‘mirni havosiz muhitda qizdirilsa murakkab kimyoviy jarayonlar ketadi. Natijada gazsimon, suyuq va qattiq mahsulotlar hosil bo‘ladi.
    Ko‘mirni kokslash 1000-11000S da olib boriladi, bunda qariyb barcha uchuvchan mahsulotlari ajralib chiqadi. Yarim kokslash 573-8730S da olib boriladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, slanetslar yarim kokslanadi. Yarim kokslashda smola unumi ancha ko‘p, ba’zi xollarda olingan yoqilg‘i massasining 50-60%ini tashkil qiladi. Gazsimon mahsulotlar unumi esa 1 t yoqilg‘idan 80 m3 gacha boradi. Kokslashda hosil bo‘lgan (birlamchi smola deb ataluvchi) smola yuqori haroratda piroginetik parchalantiriladi. Natijada gazsimon mahsulotlar miqdori 1 tonna yoqilg‘idan 300-350 m3 gacha etadi. Suyuq mahsulotlar unumi esa kamayadi. Yarim kokslash smolasi tarkibida ko‘p miqdorda turli fenollar va yog katori uglevodorodlari saqlaydi. Qattiq mahsuloti esa 5-8%gacha uchuvchan mahsulotlar saqlaydi.
    Ishning maqsadi: qattiq yoqilg‘ini yarim kokslash sharoitlarini o‘rganish, yarim koks unumini, birlamchi smola va gazsimon mahsulotlar miqdorini aniqlash. Gazsimon mahsulotlarini analiz qilish.
    Kerakli jihozlar va reaktivlar: yarim kokslash qurilmasi (8-rasm), gazoanalizator, yarim kokslash uchun retorta, qo‘ng‘ir ko‘mir yoki toshko‘mir ksilol, 33%li natriy gidroksidi, bromli suv, 10%li sulfat kislota eritmasi, 30%li kaliy gidroksidining 25 ml ga 2,5 g pirogallol qo‘shib tayyorlangan eritma.
    Ishning bajarilishi: Toshko‘mirni yarim kokslash temir retortada olib boriladi (uzunligi 20 mm, diametri 30 mm) qopqog‘i olinadi va mahkamlanadi. Qopqoq 2 gaz chiqishi uchun metall nayi 3 ulangan. Retorta mufel pechga 4 quyiladi. Uning harorati termopara 5 bilan o‘lchanadi (mahsulotlar oson uchib chiqishi uchun retortani pechga qiya qilib o‘rnatilgani ma’qul).

    8-rasm. Yarim kokslash uchun qurilma sxemasi.
    1- temir retorta; 2- retortaning olinadigan k,opkori; 3- gaz va suyuqlik kabilar o‘tuvchi nay; 4- mufel pechi; 5- termopara; 6- ulama shisha nay; 7- Vyurs kolbasi; 8- xammom; 9- gazometr; 10-, 11-, 12- jo‘mraklar


    Retortaning metall nayiga egilgan shisha nay 6 ulanadi (uzunligi 20 sm), uning ikkinchi uchi Vyurs kolbasining tiqiniga o‘rnatiladi (shisha nayning uchi kolbani yumaloq qismigacha etishi kerak. rasmga qarang). Vyurs kolbasi sovutuvchi aralashmasi bo‘lgan qhmmomga 8 quyiladi va rezina nay yordamida gazometrga 9 ulanadi. Yarimkokslash jarayonida ajralib chiqqan bug‘-gazli aralashma Vyurs kolbasiga kelib, unda smola va suv kondensatlanadi. Kondensatlanmagan gazlar gazometrga yig‘iladi.
    Qurilma yig‘ilib tayyor bo‘lgach uning germetikligi tekshiriladi. Buning uchun gazometrning 9, jo‘mragi 10 oxirida ochiladi. Agar qurilma germetik bo‘lsa jo‘mrakdan ozgina chiqqan suyuqlikning okishi to‘xtaydi.
    Ko‘mir chinni havonchada maydalanadi, undan 20 g o‘lchab olinib (aniqlik 0,01 g bo‘lishi kerak) retortaga solinadi. So‘ngra retorta qopqog‘i asbest qoplamasi bilan berkitiladi va pech ichiga quyiladi (to‘liq germetiklikni ta’minlash uchun qopqoq rezbasi yuqori haroratga chidamli moy bilan moylanadi).
    Retorta mufel pechining o‘rtasiga quyiladi. Vyurs kolbasi o‘lchanadi va oltinchi nayga, so‘ngra to‘qqizinchi gazometrga ulanadi. Hammomga muz bilan suv solinadi. Gazometr bo‘g‘zigacha suv bilan to‘lg‘aziladi. Qurilmaning germetikligi tekshirib ko‘riladi.
    Pech 4 tokka ulanadi. Qizdirish shunday olib boriladiki, dastlabki 10-15 daqiqada harorat 523 K ga ko‘tariladi. So‘ngra har 10 daqiqada 50 K dan oshirib borib 823-873 K gacha yetkaziladi. Qizdirish to smola tomchilari ajralishi to‘xtaguncha davom ettiriladi.
    Yarimkokslash mahsulotlarining analizi. Yarimkoks sovugach retortadan chiqarib olinadi va 0,01 g aniqlikda o‘lchanadi. Vyurs kolbasi kondensat bilan birga o‘lchanib undan, kolba og‘irligi chiqarib tashlanadi. Shunday yo‘l bilan olingan smola va smola usti suvining massasi aniqlanadi. Yarimkokslash gazlarining analizi o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘lgandagina gazlar aralashmasining analizi mavzusida ko‘rsatilgan usulda analiz qilinadi.
    Kondensatdagi suvning massasi suvni ksilol bilan azeotropli haydash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun yumaloq tubli kolbaga 1 kondensat solinadi. Kolba (Vyurs kolbasi) 15-25 ml ksilol bilan yuviladi. Asbob yig‘iladi (9-rasm).

    9-rasm. Kondensatni azeotropli haydovchi asbob
    1- kolba; 2- ushlagich Dina-Starka; 3- teskari sovutkich; kolba qizdirgich.


    Kolba sovutgich 3 bilan tutgich Dina-Starka 2 orqali ulanadi. Aralashma haydaladi.
    Distillyat to suv kavatining ortishi to‘xtaguncha darajalangan tutgichda yig‘iladi. Suvning umumiy massasi tutkichdagi darajalarga qarab (qancha hajmni egallaganligiga qarab) aniqlanadi.



    Download 0,56 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi mavzusi: Toshko‘mirni kokslash

    Download 0,56 Mb.