|
Kimyo kafedrasi
|
bet | 15/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaIshning borishi: Uchta po‘lat plastinkani jilvir qog‘oz yordamida tozalanib, yog‘sizlantiriladi, analitik tarozida tortib olinadi va ilgak yordamida belgilangan konsentrasiyali (1, 3, 5, 7 H) xlorid yoki sulfat kislotaga tushiriladi. Bir necha (2-4) soatdan so‘ng playatinkalar kislotadan olinib, soda eritmasiga qushilgan suvda, so‘ng yana suvda, spirtda va efirda yuviladi. Plastinkalar quritilgandan so‘ng, bajarilgan ishda korroziyalanish tezligi formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Xulosa. Amaliyot ishning bajarilish usuli qisqacha yozilib, quyidagi jadvalga tushiriladi:
Namuna og‘irligi (g)
|
Og‘irlikning kamayishi (g)
|
Yuzasi (sm2)
|
Vaqt (soat)
|
Korroziya tezligi (g/m2·s)
|
Tajribagacha
|
Tajribadan so‘ng
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Laboratoriya ishi mavzusi: Neft mahsulotlarini termik va katalitik krekingi
Ish maqsadi: Kerosinni katalitik krekingini o‘tkazish. Benzin og‘ir fraksiyalar va gazsimon mahsulotlarni chiqishini aniqlash.
Kerakli jihozlar: elektropech; byuretka 50-100 ml; allonj; kolbalar 200-250 ml; gazometr; tiqin va probirkalar.
Ish borishi tartibi: 7-rasmda tasvirlangan priborda reaksiya o‘tkaziladi. Kerosin byuretkadan elektr pechka bilan (3) isitiladigan katalizatorli temir nayga o‘tkaziladi. Krekinli suyuk mahsulot bug‘i qabul qilgichda (4) to‘planadi. Gazlangan moddalar gazometrga (6) ga tushadi. Ish uchun tuyinmagan uglevodorodli kerosindan foydalaniladi. Kerosindagi tuyinmagan birikmalar bromli suv bilan aniqlaniladi. Tuyinmagan birikmalardan tozalash uchun 100-200 ml kerosin bo‘lingan vaoronkaga quyilgan va 5 minut davomida 15-20 ml konsentrlangan sulfat kislota bilan chaykatiladi. Bunda vakti-vakti bilan voronkani aylantirib turish kerak. Reaksiyani gazsimon moddalarni chiqarish uchun kranni ochish kerak. Pastki kavatini voronkadan chiqarib tozalashni sulfat kislotali yangi porsiyasi bilan kaytariladi. Kerosin kaliy permaganatni ishqoriy eritmasidan tozalanadi va suv bilan yuviladi, suvni yukotish uchun kerosinga suvsiz kalsiy xlor kushilib 10-15 minut davomida chaykatiladi va skladkali filtrda filtrlanadi.
7-rasm. Kerosinni katalitik krekinglash
Krekingni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan katolizator kremniy va alyuminiy oksidlaridan foydalaniladi. Tabiiy birikmalardan kumni eng yaxshi sortlari kerak bo‘ladi. Kumni tozalash uchun xlorid kislorta bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashmani bir necha kun ushlab turiladi. Xlorid kislota va tuzlarni dekantasiya usuli bilan yuviladi. Keyin Byuxner varonkasida yuvilgan kumni havoda kuritiladi. Keyin 150-2000C shkafda kuritilib asbest bilan aralashtirib reaktorga kiritiladi. Asbobni germetikligi tekshiriladi. Buning uchun suvni chiqarish uchun kran ochiladi (7). Rezina shlangning uchini gazometrdan 10-15 sm pastda ushlab turiladi. Jixoz germetik bo‘lsa suv shlangdan okib tushmaydi. Jixozni germetikligiga ishonch hosil qilingandan sung elektr pechni 6000C havo atmosferasiga chiqariladi. Gazometr biriktirilib jumrak ochiladi. 1 sekunda 2-3 tomchi kerosin o‘tkaziladi. Trubkadan 50-80 l kerosin o‘tganda pechka o‘chiriladi va kreking mahsulotlarini haydash o‘tkaziladi. Suyuq mahsulot hajmi o‘lchanadi va ularni sovitkichga biriktirilgan kolbaga quyiladi. Distelyat o‘lchamli silindrga yigiladi. Olingan benzin va og‘ir fraksiyalar hajmi ulchanadi. Krekingni gazsimon mahsulotlarini ulchamli gazometrdagi suv darajasi bilan yoki gazometrdan oqib chiqayotgan suv hajmi o‘lchanadi. Krekingni gazsimon mahsulotlari bilan to‘yinmagan uglevodorodlar bor ularni aniqlash uchun gaz gazometrdan suvli silindrga tuplanadi. Ozgina bromli suv qo‘shilib silindr oyna Bilan berkitilib chayqatiladi. Ish vaqtida katalizatorda koks to‘planadi. SHuning uchun 3-4 ta tajribadan keyin katalizatorni almashtirish kerak yoki kokosni kuydirish kerak. Koksni kuydirish uchun pechkani 8000C gacha qizdiriladi. Trubka gazometrga biriktiriladi va 15-20 minut trubkadan havoning kuchsiz toki o‘tkaziladi. Kreking 650-7000C da ham o‘tkaziladi. Bunda gazsimon mahsulotlar soni ortadi.
|
| |