• Nazariy qism
  • Ishni bajarish: 1-tajriba.
  • Laboratoriya ishi mavzusi. Fenolformaldegid smolasi olish




    Download 0,56 Mb.
    bet17/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Laboratoriya ishi mavzusi. Fenolformaldegid smolasi olish


    Ishning maqsadi: polimerlarni olish usullarini o'rganish.
    Vazifa: polikondensatsiyanlanish reaksiyasi bilan novolach va rezolli fenolformaldegid smolalar olinadi. Tajribalar natijalariga talablarni bajarish, hisobot berish, muammoni hal qilish.
    Nazariy qism: Fenolformaldegid smolalari fenol C6H5OH va formaldegid CH2O ning polikondensatsiyasi reaksiyasi bilan olinadi. Tarkibiy qismlarining nisbatiga ko’ra va sharoitlariga qarab polikondensatsiya jarayonida novolach va rezolli smolalar hosil bo'ladi.
    Novolach smolalar katalizator (xlorid kislotasi) qo’shilgan fenolni stexiometrik nisbatdan ozroq miqdorda ko'p olinib hosil qilinadi. Reaksiya quyidagi sxema bo'yicha amalga oshiriladi:

    Novolach smolalar chiziqli tuzilishga ega va qizdirilganda yumshaydi, sovutilganda qotadi, ya'ni termoplastik polimer hisoblanadi.
    Rezol smolalar ishqoriy katalizator ishtirokida formaldegidni stexiometrik nisbatdan ozroq miqdorda ko’p olinishi bilan hosil qilinadi. Ushbu smolalar uch o'lchamli to’r tuzilishiga ega va qizdirilganda yumshatmaydi, ya'ni termoreaktiv polimer hisoblanadi.


    Ishni bajarish:
    1-tajriba. Novolach smolalar tayyorlash.
    Probirkaga 2 g kristalli fenolni joylashtiring, unga 3,4 ml 40% formalin eritmasidan qo'shing. Aralashmani butunlay eritib ketguncha chayqating va 2-3 tomchi konsentrlangan xlorid kislota qo'shing. Probirkani suv hammomiga (90°C) joylashtiring va vaqti-vaqti bilan probirka ichidagilarni kolba tayoq bilan aralashtirib turing. Qachon shiddatli reaksiyasi boshlansa (5÷10 min ichida), probirkani suv hammomidan olib reaksiya to'xtatilguncha sovuq suvga botirib qo’ying. Keyin probirkani yana suv hammomiga (90°C) joylashtiring va aralashma ikki qatlamga ajralguncha ushlab turing. Shundan so'ng probirkani sovishga qo’ying va yuqori suv qatlamini ehtiyotkorlik bilan to'kib tashlang, smolasimon mahsulotini bir necha marta suv bilan yuvib tashlang va keyin uni ikki probirkaga bo'ling. Bir probirkada spirt qo'shing va suv hammomida bir oz isiting. Smolaning boshqa qismi spirt lampasi alangasi ustida isitiladi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi mavzusi. Fenolformaldegid smolasi olish

    Download 0,56 Mb.