• Ish natijalarini qayt qilish . Foiz hisobida metall va qotishmalarni olinishini hisoblang. Laboratoriya ishi mavzusi
  • Kimyo kafedrasi




    Download 0,56 Mb.
    bet11/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Ishning borishi: 4-rasmga qarang. Reaksiya borishi uchun ko‘mir maydalanadi va changlardan tozalanadi. Ko‘mir ko‘proq olinadi. Chunki uning ortiqcha miqdorida tigeldagi havo oksidlaydi. 5-10 g. miqdordagi oksidlar bilan jarayonni olib borish qulay.



    4 -rasm. Uglerod bilan oksidlarni qaytarib metall olish

    Bunda uglerod uglerod (II)-oksidgacha oksidlanadi. Metallar muayyan metall oksidlari qotishmalaridan olinadi. Masalan, 4 g mis (II)-oksid va 1 g qalay (IV)-oksid.
    Tigelning tagiga maydalangan ko‘mir bo‘laklari solinadi. So‘ngra oksid ustidan 3-4 sm3 hajmda ko‘mir solinib, tigel mahkam berkitiladi va elektropechga qo‘yiladi. Tigelning qopqog‘i bo‘lmasa asbest to‘r bilan berkitiladi ustiga kvars qumi tashlab qo‘yiladi. Reaksiya 1100°S da 10-12 minut davom etadi. Shundan so‘ng tigel olinadi va sovitiladi.

    Olingan metall ko‘mirdan ajratiladi. Ko‘mir etarli bo‘lganda qaytarilish to‘liq boradi. Shunday bo‘lsada 100% natijaga erishish mumkin emas. Ko‘p hollarda metall va qotishmalar chinniga yopishib qoladi. Bunday hollarda metallni urib ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.
    Ish natijalarini qayt qilish.
    Foiz hisobida metall va qotishmalarni olinishini hisoblang.


    Laboratoriya ishi mavzusi: Elektrolitik usulda po‘lat buyumlar sirtida mis va nikel qoplamlarini olinishi


    Nazariy qism. Eritmalar va suyuqlanmalarning elektrolizidan turli xil metallarni olish, himoya va bezak qoplamalari hosil qilishda keng qo‘llaniladi. Ko‘pincha bu usul turli metallarning, masalan alyuminiy, natriy, kaliy, niobiy, tantal kabilarning ularning birikmalaridan ajratib olishda yagona usul hisoblanadi.
    Elektrolitdan 1 A/s miqdordagi elektr toki o‘tkazilganda ajralib chiqadigan modda miqdori shu moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Masalan, temirning elektrokimyoviy ekvivalenti 1,0419 g, nikelniki 1,0477 g, misniki 1,1354 g, natriyniki 0,8581 g va h.k. ga teng.
    Elektrolizdan sanoat miqyosida qo‘llanilishining iqtisodiy ko‘rsatkichi sifatida moddaning tok bo‘yicha unumi va elektr energiyasining sarfi muhim o‘rin to‘tadi.
    Elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdorining Faradey qonuni bo‘yicha ajralib chiqishi lozim bo‘lgan miqdoriga nisbatining % ko‘rsatkichi shu moddaning tok bo‘yicha unumi deyiladi.
    Jarayon amalga oshirish uchun nazariy sarflanadigan elektroenergiya miqdorining shu jarayonni amalga oshirishga sarflangan amaliy elektroenergiya miqdoriga nisbati uning energiya bo‘yicha unumi deyiladi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




    Download 0,56 Mb.