21- Modul: Quyma olish usullari
Reja:
1. Metall qoliplarda (kokil) quyma olish. .
2.Bosim ostida quyma olish. Erib ketadigan modellar asosida qolip tayyorlash
va quyma olish
3. Metall quymalarda uchraydigan nuqsonlar, paydo bo‘lish sabablari va oldini
olish tadbirlari.
QUYMALAR OLISHNING MAXSUS USULLARI
Metall qotishmalardan ko’plab miqdorda bir xildagn sifatli quymalarni
olishga bo’lgan talabning ortishi natijasida mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan
zamonaviy yirik quyma korxonalar barpo etildi. Yuqorida tanishib o’tilgan
an’anaviy usullarda quyma olishdagi kamchiliklar (qolipning bir marta quyma
olishgagina yaroqliligi, quyma shakli va o’lchamlarining yetarli darajada
aniqmasligi va yuza tekisliklarining talabga javob bermaydigan tarzda notekisligi,
quyish tizimida metall sarfining ko’pligi, ish sharoitining og’irligi, ish unumining
pastligi va boshqalar mavjudligi sababli bunday nuqsonlardan deyarli holi bo’lgan
takomillashgan texnologik usullar yaratishni taqozo qildi. Quyidagi paragraflarda
bu usullar haqida qisqaroq bo’lsada, ma’lumotlar keltirilgan.
Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish
Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis
yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material
kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli
deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson
kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi.
Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra
turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar
olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha
ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha
qismlardan yig’iladigan bo’ladi.
Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjenь materiallaridan,
rangli metall quymalar uchun U7, U10 va boshqa markali po’latlardan
tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash
maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi (171–
rasm, a).
Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida
qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100–300°S temperaturagacha
qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli
materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli
bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda
to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi.
Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi:
1,2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari;
7– shtirь; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14–
plita; 15 – turtki.
Metall qoliplar mexanik, pnevmatik va gidravlik yuritmali stanoklarga
o’rnatilib, ularning yig’ilish yoki ochilish jarayonlari mexanizatsiyalashtiriladi
(171–rasm, b). SHuni qayd etish joizki, zamonaviy yirik quyuv tsexlarida
metallarni eritishdan boshlab, quymalar olinguncha bo’lgan barcha jarayonlar
avtomatlashtirilgandir.
Quymalarni olish texnologik jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat
bo’ladi:
1) qolipni metall quyishga tayyorlash;
2) qolipga zarur miqdorda suyuq metall kiritish;
3) quyma kotgach uni qolipdan ajratish;
4) quymadan quyish tizimida kotib qolgan metallni ajratib uni tozalash;
5) quymaning sifatini ko’zatish.
|