Quymalarni qobiqli qoliplarda olish Qobiqli qoliplar mayda kvarts qumiga bog’lovchi sifatida 58% pulьver bakelit
(urotropin qo’shilgan fenolformalьdegid smola kukuni) yoki boshqa bog’lovchi
moddalar aralashmasi qo’shilib, ikki pallali qolip tayyorlanadi. Bunday bog’lovchi
smola moddalarining xarakterli xususiyati shundaki, ular 140–160°S gacha
qizdirilganda slimga o’xshash massaga aylanib, qum donlarini cho’lg’aydi.
Temperaturasi 250–300°S ga ko’tarilganda esa bir necha sekundda qotadi.
Ularning bu xossasi qoliplar tayyorlashda qo’l keladi. Ko’pila umumiy holda
qobiqli qolipni tayyorlash texnologiyasi jarayoni ketma–ketligi keltirilgan:
1. Modellarning bir pallasi sirti turli qoldiq materiallardan yaxshilab
tozalangach, unda olinuvchi qobiqning oson ajralishi uchun sirtiga kerosin yoki
maxsus
emulьsiya
purkalib,
model
plitasiga
o’rnatilib,
200–250
0
S
temperaturagacha qizdiriladi Keyin uni model plitasi bilan 180
0
S aylantirib, ish
yuzasini pastga qaratib, bunker ustiga o’rnatiladi (rasm, a). 2.Bunkerni model plita bilan birgalikda 180°ga aylantiriladi. Bunda
bunkerdagi qobiq material qizigan model sirtiga to’kilgach, 10–25 sekunddan 12
minutgacha tutib turiladi. Bunda bog’lovchi material erib, qum donlarini puxta
bog’lab, 68 mm li qobiq hosil qiladi. (rasm, b).
3. Bunker model plita bilan birga 180
0
ga aylantirilib, dastlabki holiga
qaytariladi.
4. Qobiqli model plita bunkerdan ajratilib, 300–350
0
S temieraturali pechga
kiritilib, shu temperaturada 1–3 daqiqa saqlanali. Bunda qobiq zarur puxtalikka
o’tadi.
5. Model plita pechdan chiqarilib, yarim qolip qobig’i ajratib olinadi (rasm, v).