|
Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olishBog'liq Lecture-21Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olish
Bu usulda metall aylanuvchi metall qolipga (ba’zan qolipning ish yuzi qolip
materiali bilan qoplangan) kiritiladi. Bunda metall markazdan qochirma kuch
ta’sirida qolip devoriga otilishida sovib, kristallanishi qolip devoridan boshlanib,
quymaning ichki bo’sh yuzida tugaydi, bu jarayonda nometall materiallar (shlaklar,
oksidlar), gazlar quyma sirtki bo’shlig’i tomon o’tadi. Natijada zich, mayda, donli,
tekis yuzali quymalar olinadi.
Bu usul yuqori unumliligi, olingan quyma sifatining yaxshiligi, quyish tizimi
talab etilmaslish kabi afzalliklari bilan yuqorida qurilgan usullardan ajralib turadi.
Lekin qimmatbaho uskuna talab etishi, faqat doiraviy quymalar olinishi kabi
kamchiliklari ham bor.
Odatda, bu usulda cho’yan, po’lat va rangli metall qotishmalardan bir necha
kilogrammdan bir necha tonnagacha bo’lgan turli xil qalinlikdagi va o’zunlikdagi
quymalar olinadi. Olinadigan quyma turiga ko’ra metall qoliplar gorizontal,
vertikal va qiya o’qlar bo’ylab aylanadigan bo’ladi. Masalan, vodoprovod,
kanalizatsiya trubalari gorizontal o’q atrofida aylanuvchi metall qoliplarda,
diametri buyidan katta bo’lgan quymalar (shkivlar, tishli gildiraklar) vertikal o’q
atrofida aylanuvchi metall qoliplarda olinadi. SHuni aytish joizki, vertikal qo’
atrofida aylanuvchi qoliplarda qo’yilgan metall markazdan qochirma kuch ta’sirida
ichki sirti tobora parabola shakliga o’xshash bo’la boradi (−rasm).
Rasmda gorizontal ukatrofida aylanuvchi metall qolipda cho’yan truba
quymalarini olish sxemasi keltirilgan. SHuni hamaytish kerakki, bunday qoliplar
cho’yandan tayyorlanib, olinuvchi quymalar sifatini yaxshilash, qoliplarning ish
muddatlarini oshirish maqsadida ular metall kiritilguncha 150–300°S atrofida
qizdirilib, ish yuzalari himoya qoplama material bilan qoplanadi. Rasmdan ko’rina-
diki, qolip rolik 5 lar orqali o’z o’qi atrofida aylanadi.
Gorizontal o’q atrofida aylanuvchi qolipda cho’yan trubani tayyorlash sxemasi
Qolipga so’riladigan kovsh novi 1 orqali suyuq metall qo’yiladi (Bunda
quymaning bir uchida talab etilgan shaklli va o’lchamli trubalar olish uchun gilli
qumdan tayyorlangan sterjenь o’rnatiladi). Mazkur usulda trubalar olishda sirtining
tez sovishi sababli qattiqdigi ortadi. Bu esa qolipning ish yuzasi sifatiga putur
yetkazadi.
|
| |