• Quyma po‘lat
  • 21- modul: Quyma olish usullari Reja




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana23.01.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #143993
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Lecture-21

     
     
    Qobiqli qolip tayyorlash texnologik jarayoni sxemasi: 
    1 − model yarim pallasi; 2− shtirь; 3− qolip materiali; 4− bunker; 5− qolip pallasi 
    Qolipning ikkinchi pallasi ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi. Keyin ularni 
    yig’ishda sterjenlar bo’lsa, o’z joylariga qo’yilib, pallalar skoba yoki strubtsinalar 
    bilan yoki tez qotuvchi termorsaktiv yelim bilan biriktiriladi. 
    Odatda quymatar olishda qobiqli qoliplarning bir nechtasini opokaga joylab, 
    atrofi qum bilan yoki kichik zoldirchalar bilan to’ldiriladi. Keyin esa ularga har 
    biriga metall qo’yilali. SHuni qayd etish zarurki, bu usulla turli materiallarlan, 
    murakkab shaklli, sirt yuzasi tekis mayla (ko’pincha 5−15 kg li) quymalar olinadi. 
    Oddiy qoliplarda quymalarni olishga qaraganda bu usulda olingan quymalar 
    o’zining aniqligi, mexanik ishlovlarga berilmasligi va qolip materiallar sarfi 
    kamligi bilan ajralib turadi va uni avtomatlashtirish oson bo’lganligi sababli ish 
    unumdorligi ham keskin ortadi. 


    Quyma po‘lat 
    Temir metallurgiyasi tarixida, butun bashariyat sivilizatsiyasiga katta ta’sir 
    o‘tkazgan uchta inqilobiy burilishlar yuz bergan. Ulardan birinchisi juda qadim 
    zamonlarda, rudadan temirni ajratib olishni va unga termik ishlov berishni yo‘lga 
    qo‘yilgan maxsus gorn pechlarining o‘ylab topilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta 
    asrlarda o‘zlashtirilgan temir va cho‘yanni o‘zaro qayta ishlash jarayoni bo‘lgan. 
    Uchinchi inqilobiy burilish esa XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lib, u 
    quyma po‘latning yalpi ishlab chiqarila boshlashi bilan bog‘liq. 
    Hamma zamonlarda ham po‘latga doimiy kuchli talab mavjud bo‘lgan. 
    Chunki, ushbu metall turli detallar, qurol-aslaha va asbob-uskunalar, hamda, 
    mashinalar yasash uchun zarur bo‘lgan darajadagi pishiqlik, mustahkamlik va 
    qattiqlikka ega. Lekin, metalldan po‘lat buyum yoki uskuna yasashdan avval, unga 
    bir qator mashaqqatli texnologik jarayonlar orqali ishlov berish zarur bo‘lgan. 
    Avvaliga, rudadan cho‘yan eritib olishgan. Keyin esa cho‘yandan sof yumshoq 
    temir tiklangan. Keyin esa, temir krtitsasiga uzoq vaqt mobaynida bolg‘alab ishlov 
    berish yo‘li bilan, po‘lat buyum yoki detal tayyorlangan. Ushbu jarayon po‘lat 
    mahsulotlari tayyorlashdagi eng nozik va ko‘p mehnat talab qiladigan, uzoq vaqt 
    oladigan jarayon bo‘lgan. Ustiga-ustak, jarayon yakunida har doim ham 
    ko‘zlangan muddaoga erishilmagan. Ushbu omillarning barchasi birlashib, 
    po‘latning tannarxi juda qimmat bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 
    XIX asr o‘rtalariga kelib, butun jahon bo‘ylab sanoat va transport tarmoqlarining 
    keng taraqqiy eta boshlashi natijasida, po‘latga bo‘lgan talab keskin ortib ketdi. 
    Po‘latni keng miqyosda va ko‘p miqdorlarda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish 
    zarur edi. Biroq, hatto talabga muvofiq miqdorda ishlab chiqarish uddalangan 
    taqdirda ham, eng katta muammo – po‘latning juda qimmat ekanligini hal qilish 
    zarur bo‘lardi. Chunki, yumshoq temirga bolg‘alab qo‘lda, yoki, mexanik ishlov 
    berish yo‘li bilan po‘lat buyum tayyorlashni shunchaki arzonlashtirishning imkoni 
    bo‘lmagan. Bu o‘rinda, qimmat narx hosil bo‘lishidagi eng katta omil – ishchi 
    kuchi va energiya sarfining juda ko‘pligi bo‘lgan. 
    Albatta, kun sayin o‘sib borayotgan talab yuzasidan o‘sha paytning eng ilg‘or 
    muhandis-metallurglari va olimlari jiddiy bosh qotira boshlashgan. Ular orasida 
    muammoga eng yaxshi yechim bo‘ladigan g‘oyani ingliz muhandisi va ixtirochisi 
    Genri Bessemer (1813-1898) taklif etgan edi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, po‘lat buyum 
    yoki detal yasash uchun, temirning barcha xossalariga ega bo‘lgan metallni suyuq 
    holatda olish va keyin uni maxsus qoliplar vositasida kerakli shaklda quyish usuli - 
    arzon po‘lat olishning eng maqbul yo‘li bo‘lishi kerak edi. Albatta, g‘oya ajoyib. 
    Lekin, uni amalda uddalash va haqiqatan ham arzon po‘lat olish uchun yana bir 


    necha o‘n yillar va ko‘plab metallurg mutaxassislarning mashaqqatli mehnati 
    singishi talab etildi. Bessemerning mazkur g‘oyasini amalga oshishi yo‘lida bir 
    necha muhim kashfiyotlar ham amalga oshirildi va ularning hammasi metallurgiya 
    tarixida muhim o‘rin tutgan kashfiyotlarga aylandi. 
    XVIII asr oxirlariga qadar cho‘yanni yumshoq temirga aylantirish faqat 
    kritsa gornlarida amalga oshirilar edi. Lekin, bu usulda olingan metall bir jinsli 
    bo‘lmay, balki, tarkibida muayyan boshqa aralashmalar bilan chiqardi. Boz ustiga, 
    bunday metallning ba’zi joylari yumshoq temirga, ba’zi joylari cho‘yanga va yana 
    ayrim qismlari po‘latga o‘xshash bo‘lib, undan yasalgan buyumning qay darajada 
    pishiq chiqishi – ishlov berish texnologiyasidan ko‘ra, ko‘proq lotereyadagi 
    omadga o‘xshagan. Jarayonning o‘zi esa ko‘p kuch va vaqt oladigan qiyin 
    mehnatdan iborat bo‘lgan. Bu yo‘l bilan metall olishda ko‘mirning ham eng a’lo 
    sifatlisini tanlash zarur bo‘lar edi. Chunki, ko‘mir va ishlov berilayotgan temir 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro kontaktda bo‘ladi. Bu esa, ko‘mir tarkibidagi 
    aralashmalarning temirga o‘tib qolishi xavfini keltirib chiqaradi. Mazkur 
    jarayondagi ko‘mir sarfining o‘zi ham juda katta bo‘lgan. 1 kg temirni tiklash 
    uchun o‘rtacha 4 kg ko‘mir sarflangan. Hatto eng katta gornlarda ham 24 soat 
    uzluksiz ish evaziga ko‘pi bilan 400 kg temir olish mumkin edi xolos. Vaholanki, 
    bozor va iste’mol talabi bundan chandon martalab yuqori bo‘lgan. Bunday katta 
    miqdordagi talabni qondirish uchun esa, cho‘yanni qayta ishlashning yanada 
    mukammalroq, arzon va tez bajariladigan usulini o‘ylab topish zarur edi. 
    Ushbu yo‘ldagi dastlabki katta qadamni 1784-yilda ingliz metallurgi Kort 
    tomonidan qo‘yildi. Pudling jarayoni deb atalgan maxsus usul va pech yordamida, 
    u cho‘yanni qayta ishlash jarayonini sezilarli tezlatgan edi. 
    Pudling pechining ishlash tamoyili quyidagicha bo‘lgan: o‘choqda yoqilg‘i 
    yoqilgan. Yonish mahsulotlari toshtuynuk orqali pechning ishchi maydoniga kelib 
    tushgan. Bu yerda avvaldan yuklangan temir chiqindilari va cho‘yan tayyor turgan. 
    Alanga ta’sirida temir chiqindilari xamirga o‘xshash holatga o‘tgan va qisman 
    erigan. Harorat ortishi bilan cho‘yan eriy boshlagan va uning aralashmalari 
    chiqindilar tarkibida avvaldan mavjud kislorod evaziga kuyib keta boshlagan. Shu 
    tarzda, cho‘yan ugleroddan mosuvo bo‘lgan. Ya’ni, u dag‘al temir kritsasiga 
    aylangan. Pudling pechining odatiy kritsa gorn pechidan eng muhim afzalligi 
    shunda ediki, pudling pechida istalgan yonuvchi narsani yoqilg‘i sifatida ishlatsa 
    bo‘lardi. Shu jumladan, pudling pechlarida arzon va tozalanmagan oddiy 
    toshko‘mirdan ham keng foydalanish mumkin edi. Pudling pechlaridan foydalanish 
    amaliyoti temir xom-ashyosining tannarxi sezilarli pasayishiga olib keldi. Boz 
    ustiga, Kort loyihalangan bunday pudling pechlariga ataylab havo puflab turish 


    shart emasdi. Havo yetkazib turilishi va tutunning tezkor yaxshi so‘rilishi – baland 
    chiqarilgan uzun quvurlar evaziga ta’minlangan. Bu jihati bilan, pudling pechlari 
    tez orada gornlarni chetga surib qo‘ydi va butun dunyoda keng qo‘llanila boshladi. 
    Biroq, bunday pechlarning kamchilik tarafi shunda ediki, ularda qayta 
    ishlanayotgan cho‘yanning faqat yuza qismigagina havo yetib kelib ta’sir qilar edi 
    xolos. Temirning cho‘yandan mukammal tiklanishi va sifatli po‘lat olinishi uchun 
    esa, havo cho‘yanga bir me’yorda va teng taqsimlangan tarzda yetib kelishi kerak 
    bo‘lgan. Shu sababli, pudling pechlarida davriy ravishda pech og‘zini ochib, ishlov 
    berilayotgan cho‘yan massasini aralashtirib turish shart bo‘lgan. Bu esa o‘ta og‘ir 
    va ko‘p kuch talab qiladigan qo‘l mehnati evaziga bajarilar edi. Ishchi kuchi 
    miqdori va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, pechning quvvatini ham shunga 
    moslab yasashga to‘g‘ri kelardi va bu esa, pech imkoniyatlarini sezilarli cheklab 
    qo‘yardi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, Kortning pudling pechlari o‘z davri uchun 
    munosib yechim sifatida, dunyo bo‘ylab uncha-muncha po‘lat miqdorini yetkazib 
    berdi va deyarli yarim asr mobaynida insoniyatga xizmat qildi. 
    Lekin, XIX-asrning 40-yillariga keliboq, endi pudling pechlari ham tobora ortib 
    borayotgan talabni qondirishga ulgurmay qoldi. Kun sayin o‘sib borayotgan talabni 
    qondirish uchun borgan sari ko‘proq pudling pechlari qurishga to‘g‘ri kelardi va bu 
    esa, ishlab chiqarishni murakkablashtirib, narxning oshishiga sabab bo‘lardi. 
    Endilikda, o‘sha zamonning eng kuchli muhandislari qanday qilib pudling 
    pechlarining samaradorligini oshirish ustida ishlay boshladilar. Masalaga o‘zgacha 
    yondoshuv bilan muammolarga eng yaxshi yechim topa olgan dastlabki metallurg 
    – ingliz muhandisi Bessemer bo‘ldi. 
    Metallurgiya sohasiga qadam qo‘yishdan avval, Bessemer ko‘p yillar davomida 
    artilleriya qurollari va snaryadlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan edi. Shu nuqtai 
    nazardan, Bessemerning yuqori sifatli quyma po‘lat olish texnologiyasi ustida ish 
    boshlashiga sabab ham, quvurlarining chidamliligi yuqori bo‘lgan to‘plarni 
    tayyorlashgan qaratilgan edi. U cho‘yanni quyish jarayonini juda ko‘p marta 
    kuzatgach, temirning o‘ta pishiq bo‘lib qotishi hammadan yaxshi va tez sodir 
    bo‘ladigan jarayon bu – havo puflab turiladigan quvurlarni quyish jarayoni ekanini 
    aniqladi. Aynan shu holat Bessemerda erigan cho‘yanga kuchli havo oqimi puflash 
    yordamida yuqori sifatli po‘lat olish mumkinligi haqidagi fikr uyg‘otdi. Bessemer 
    o‘zining bu boradagi ilk tajribalarini gorn pechida koks bilan qizitilgan yopiq 
    tiglda bajargan. Tajriba natijalari esa kutilganidan ham a’lo bo‘lib chiqdi. Bir 
    soatga yaqin kuchli havo oqimi bilan puflash orqali, Bessemer oddiy erigan 
    cho‘yandan juda yuqori sifatli po‘lat olishning uddasidan chiqdi. Boz ustiga, uning 
    keyingi tajribalari shuni ko‘rsatib berdiki, metallurgik jarayonga issiqlikni 
    tashqaridan (boshqa manbalardan) uzatishga aslo hojat yo‘q ekan. Gap shundaki, 


    cho‘yan o‘z tarkibidagi marganets, uglerod, kremniy va ho kazo aralashmalar 
    ko‘rinishida o‘z ichki yoqilg‘i moddasiga ega bo‘lib, ular har bir tonna cho‘yanda 
    o‘rtacha 45 kg miqdorgacha bo‘ladi. Aynan ushbu moddalarning yonishi evaziga, 
    cho‘yanning erish harorati ancha ortadi va natijada suyuq holatdagi po‘lat olish 
    imkoni yuzaga keladi. 
    1856-yilda Bessemer o‘zi ixtiro qilgan konverter qurilmani mutaxassislarga 
    ommaviy namoyish qildi. Uning konverteri unchalik baland bo‘lmagan pechdan 
    iborat bo‘lib, tepasidan tutun va gazlarni chiqarib tashlash uchun tuynuk-mo‘riga 
    ega bo‘lgan. Pechning yon tarafidan cho‘yanni solish uchun yana bir tuynuk 
    qilingan. Tayyor suyuq quyma po‘latni pechning pastki qismiga qilingan maxsus 
    tuynukdan quyib olishgan. Pech ishlayotgan paytda bu tuynukni loy bilan suvab 
    qo‘yilgan. Konverter qo‘zg‘almas ko‘rinishda bo‘lgan. Unga cho‘yan solishdan 
    avvalroq havo haydashni boshlash kerak edi. Havo haydovchi quvurlar (furmlar) 
    pechning yoniga joylashtirilgan. Agar havo haydashni avvalroq boshlamasa, unda 
    solingan cho‘yan erish jarayonida furmlarni yopib qo‘yishi mumkin edi. Aynan 
    shu sababga ko‘ra ham, erib turgan suyuq po‘latni quyib olishdan avval, furmlarni 
    ertaroq chiqarib olish zarur bo‘lgan. Shunga qaramay bir sikl mahsulot olish davri 
    uzog‘i bilan 20 daqiqani tashkil etgan. Lekin, jarayonda juda xushyor bo‘lish va 
    tezkor ishlash talab etilgan. Chunki, vaqtni cho‘zib yuborilsa, yoki, erta tugatib 
    qo‘yilsa, mahsulot nobop bo‘lib chiqar va yaroqsiz metallga aylanardi. Shu kabi 
    ayrim 
    noqulayliklarni 
    e’tiborga 
    olib, 
    Bessemer 
    pechni 
    yanada 
    mukammallashtirishga qaror qildi va ko‘p o‘tmay, u aylanuvchan pechli quyma 
    po‘lat dastgohini tayyorlab, namoyish etdi. Uning aylanuvchan pechli konverteriga 
    1860-yilda hukumat maxsus patent bergan. 
    Bessemer usuli metallurgiya sohasida haqiqiy olamshumul inqilob bo‘lgan. Uning 
    konverteri o‘sha zamon uchun aql bovar qilmas qandaydir 8-10 daqiqa ichida 10-
    15 tonna cho‘yanni yumshoq temir yoki, yuqori sifatli po‘latga aylantirib berardi. 
    Avvallari usta temirchilar xuddi shu miqdorda po‘lat olish uchun pudling 
    pechlarida bir necha kunlab uzluksiz ishlashlari, yoki, gorn pechlarida bir necha 
    oylab ter to‘kishlari zarur bo‘lardi. Bu esa, yangicha usulda po‘lat quyish usulini 
    ixtiro qilgan Bessemerga olamshumul shuhrat keltirdi. 
    Biroq, tez orada Bessemer usulining injiqliklari va kamchiliklari ham ma’lum bo‘la 
    boshladi. Bessemer konverterlarining tajriba namunalari asosida sanoat uchun 
    maxsus konverterlar ishlab chiqarila boshlagach, sanoat konverterlarida 
    olinayotgan po‘latning sifati tajriba-sinov konverterlari, yoki, laboratoriyada 
    o‘rnatilgan Bessemer konverterlarida olingan po‘latnikidan ancha past sifatli bo‘lib 
    chiqdi. Bu muammoning yechimi ustida Bessemer naq ikki yil bosh qotirishga 


    to‘g‘ri keldi. Konverter va pech ichida u kalla suqmagan murvat qolmadi hisob. 
    Oxiri, Bessemerga kimyogarlar yordamga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha muammo 
    konverter konstruksiyasi yoki quyish usulida emas, balki temir rudasining 
    kimyoviy tarkibida ekan. Bessemer o‘zining tajriba-sinov ishlarida qo‘llagan 
    cho‘yan tarkibida fosfor elementi juda kam miqdorda bo‘lgan. Sanoat miqyosida 
    po‘lat eritish uchun Angliyaning turli konlaridan olib kelingan temir rudasida esa 
    fosfor va shuningdek, oltingugurt miqdori ancha baland bo‘lgan ekan. Ushbu 
    elementlar cho‘yanni eritish jarayonida yonmagan va keyinchalik, erigan po‘lat 
    tarkibiga aralashib, uning sifatini keskin pasayishiga olib kelgan. Shu sababli
    endilikda metallurglar oldida, cho‘yanni eritishdan avval uning tarkibidan 
    oltingugurt va fosforni ajratib olish muammosi ham yuzaga keldi. Boz ustiga, 
    Bessemer konverterlarining tannarxi ham juda qimmat bo‘lib, uni amaliyotga joriy 
    qilishda moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo‘lar edi. Shu kabi omillar evaziga, 
    Bessemer o‘zining qoyilmaqom ixtirosiga patent olganidan qariyb 15-yil o‘tib 
    ham, Angliyada hali hanuz pudling pechlarida po‘lat tayyorlash asosiy usul bo‘lib 
    qolaverdi. Bessemer konverterlari esa Angliyadan ko‘ra, Germaniya va AQSHda 
    ko‘proq tarqaldi va sanoatga tadbiq etildi. 

    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish