Qo’zg’aluvchi kamerali kompressorli quyish mashinasining
sxemasi: 1– vanna; 2– qo’zg’aluvchi kamera; 3– mundshtuk; 4– uchlik; 5– qolip; 6
– teshik
Bu mashinalar kamerasidagi metallning havo kislorodi bilan oksidlanishi,
gazlarga tuyinishi sababli keng tarqalmadi. Bu mashinalarning kamchiligiga
barham berish borasida olib borilgan izlanishlar natijasida qo’zg’aluvchi kamerali
kompressorli mashinalar yaratildi.
–rasmda qo’zg’aluvchi kamerali mashinaning to’zilishi va ishlash sxemasi
keltirilgan. Sxemadagi cho’yan vanna 1 ga qo’zg’aladigan kamera 2 tushirilgan
bo’lib, uning bir uchiga mundshtuk 3, ikkinchi uchiga esa maxsus uchlik 4
o’rnatilgan. Mashina yurgizilganda tortqilar yordamida qo’zg’aluvchi kamera
vannadan chiqadi. Bunda qolip yig’ilishida mundshtuk 3 qolip 5 bilan, uning
ikkinchi uchi esa havo kelish teshigi 6 bilan bog’lanadi. SHundan so’ng kameraga
siqilgan havo haydaladi. SHunda kameradagi metall bosim ostida qolipga kiradi.
Keyingi quyma olishda tsikl yana takrorlanadi. Bu mashinalarda soatiga 50 tadan
500 tagacha quymalar olish mumkin.