|
Laboratoriya ishi mavzusi
|
bet | 9/27 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #264200 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanmaLaboratoriya ishi mavzusi: Oson suyuqlanuvchi shisha olish
Ishning maqsadi: Ma’lum tarkibli shisha olish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: kvars qumi, borat kislota, soda yoki potash, qo‘rg‘oshin oksidlari, temir oksidlari, kobalt, nikel, mis, marganes oksidlari (rangli shisha olish uchun), mufel pechi kosacha yoki o‘g‘ircha, chinni tigel, elak 0,9 va 0,6 mm teshikli.
Ishning bajarilishi: O‘qituvchi topshirig‘iga binoan shixtaning kimyoviy tarkibi hisoblab chiqiladi va 8-10 g shisha olishga etadigan shixta massasi olinadi. SHisha oksidlari hosil bo‘lishini nazarda tutib hisoblanganiga asosan 0,1g aniqlikda shixta komponentlari o‘lchab olinadi va yaxshilab aralashtiriladi. SHixta 3-5% ga qadar suv bilan xo‘llanadi o‘g‘irchada yaxshilab tuyiladi. SHixta tarkibida borat kislota bo‘lsa chuqur chinni tagelni o‘lchab olish kerak, chunki qizdirilganda borat kislota parchalanadi va qo‘shilib ketadi, natijada tigeldan issiq shisha massasi toshib ketishi va mufel pechni ishdan chiqarishi mumkin. Tigel shixtasi bilan mufel pechkaga qisqich yordamida qo‘yiladi pech tok manbaiga ulanadi va sekinlik bilan harorat kerakli darajagacha ko‘tariladi. Shundan so‘ng 20-30 minut shu haroratda qizdiriladi. So‘ngra tigel qisqich bilan pechdan olinib mahsus biror shaklga yoki temir plastinka ustiga qo‘yiladi. SHisha to‘liq sovugach tigel va shisha o‘lchanadi va shisha unumi nazariyga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi.
Engil suyuqlanadigan shisha olish uchun qo‘yidagi qorishma tayyorlanadi:
Tarkibi (%)
|
Suyuqlanish harorati ( )
|
Rb
|
V2O3
|
SiO2
|
84,5
|
11,0
|
4,5
|
484
|
86,0
|
10,6
|
3,4
|
486
|
87,5
|
11,4
|
1,1
|
488
|
75,0
|
15,0
|
10,0
|
540
|
92,7
|
7,3
|
–
|
565
|
86,6
|
13,4
|
–
|
497
|
93,7
|
6,3
|
–
|
560
|
61,4
|
38,6
|
–
|
768
|
70,4
|
–
|
29,6
|
432
|
88,1
|
–
|
11,9
|
723
|
91,8
|
–
|
8,2
|
714
|
Qorishmaning 30-35 g hisoblanadi. Oksidlarni havonchada (stupkada) maydalab elakdan (0,1 mm) o‘tkazish kerak. Yaxshilab aralashtirib 8-10 g tigelda pechga qo‘yiladi (pech harorati suyuqlanish haroratidan 50-100 ga yuqori bo‘lishi lozim. Qorishma suyuqlangandan keyin yana 10-15 min pechda turadi, so‘ngra tigeldan kafel ustiga quyiladi. 3-4 g shishani probirkada spirt lampasi yordamida qizdirib olsa ham bo‘ladi.
Laboratoriya ishi mavzusi: Qurilish gipsi olish va uni sinab ko’rish
Nazariy qism. Bog‘lovchi moddalarga suv bilan arashtirilganda plastik massa hosil qilib ma’lum vaqt o‘tgach; qotib sun’iy toshga aylanadigan moddalar kiradi. Plastik massaning qota boshlagan ammo hali uqadar qotmagan davrini ushlash-tishlash jarayoni deyiladi Keyinchalik qotib mustahkam toshga aylanib qolish davri uzoq muddat, haftalab, oylab hatto yillab davom etadi. Bog‘lovchi moddalarning bu xossasidan qurilish ishlarida turli narsalarni toshlarni, g‘ishtlarni bir-biriga bog‘lash yopishtirishda foydalaniladi. Odatda bog‘lovchi moddalar qum, qayroq tosh, shag‘al va boshqalar bilan aralashtirilib foydalaniladi. Suvga bo‘lgan munosabatiga qarab ular havoda qotuvchi (faqat havoda qotadi), gidrovlik suvda qotuvchi (havoda va suvda qotadi) bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Havoda qotuvchilarga ohak, gips, gidravligiga esa sement misol bo‘ladi.
Ishning maqsadi: Qurilishda ishlatiladigan gipsning qotish tezligini aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Gipsni qotish tezligini aniqlash asbobi metall shtativ va unga o‘rnatilgan metall sterjendan iborat. Sterjenning pastki qismiga igna o‘rnatilgan, ignaning uzunligi 50 mm, diametri 1,1 mm. Sterjenning igna bilan birgalikdagi og‘irligi 110 g. Metall shtativga shkala va ko‘rsatkich o‘rnatilgan bo‘ladi.
Ishni boshlash oldidan sterjen shunday o‘rnatiladiki, igna oynaning sirti bilan ko‘rsatkich nolga to‘g‘ri kelishi kerak.
Bog‘lovchi moddalar olish.
a) Chinni idishga 10 g sement va 30 g qum tortilib kafel ustida aralashtiriladi va 5 ml suv qo‘shib qorishtiriladi so‘ngra ikkita suvda namlangan g‘isht bo‘laklari orasiga surtilib, g‘ishtlar yopishtiriladi.
b) 20 g gipsni maydalab 30 min 140 da quritiladi. Keyin kafel ustida 9 ml suv bilan qorishtirilib qolipga solib qotiriladi.
|
| |