• Ishning bajarilishi
  • Kerakli jihozlar va reagentlar




    Download 0,56 Mb.
    bet3/27
    Sana18.06.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #264200
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Kerakli jihozlar va reagentlar. Konussimon 250 ml hajmli kolba, 100ml hajmli byuretka, 100ml li pipetka, 25 ml hajmli silindr, 0,05mol/l konsentrasiyali trilon B eritmasi, bufer eritma, indikator ko‘k yoki qoraxromogen, Na2S, 1% li gidroksilaminxlorid eritmasi.
    Ishning bajarilishi: Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100 ml solinadi. Uning ustiga 5 ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko‘k xromogen) tomiziladi. So‘ngra darhol trilon B eritmasi bilan aralashtirilib turilgan holda titrlanadi. Titrlash qizil binafsha rang hosil bo‘lguncha ya’ni ekvivalent nuqtasigacha davom ettiriladi. Agar titrlashga 10 ml dan ko‘p trilon B sarflansa, olingan suvda Ca2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol/l dan ortiq ekanligini ko‘rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100 ml distillangan suv quyib boshqadan titrlanadi.
    Suvning tarkibida mis, rux, marganes ionlari hamda ko‘p miqdorda karbonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo‘lsa umumiy qattiqlikini aniqlashga halaqit beradi. Agar titrlangan ekvivalent nuqtada rangning o‘zgarishi aniq ravshan bo‘lmasa bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yo‘qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml Na2S eritmasidan qo‘shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo‘shilgan eritma sekinlik bilan rangsizlanib kulrang holatga o‘tsa, suvda marganes ioni bor bo‘ladi. U xolda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritmasidan tomiziladi va so‘ngra reaktivlar qo‘shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo‘lsa, cho‘zilib ketsa, ekvivalent nuqtada aniq rang hosil bo‘lmasa, rang beqaror, tez o‘zgaruvchan bo‘lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi. Ishqoriylikni yo‘qotish uchun tekshiriladigan suvga 0,1 mol/l konsentrasiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo‘shiladi, so‘ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. SHundan so‘ng bufer eritma va indikator qo‘shib turiladi.
    Umumiy qattiqlik quyidagi formula bilan ifodalaniladi:

    bunda: QU– suvning umumiy qattiqligi, V1-trilon B ning titrlash uchun ketgan hajmi, ml; C-trilon B ning konsentrasiyasi, mol/l; V2 –tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.
    1) Trilon B eritmasini tayyorlash
    2,3125 g trilon B o‘lchab olinib, litrli kolbaga solib, ustiga distillangan suv quyib eritiladi va hajmini 1l ga etkaziladi.
    2) Indikator eritmasini tayyorlash
    Indikator ko‘k yoki qora erioxromdan 0,5 g o‘lchab olinadi va 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi. So‘ngra eritma hajmi 100 ml ga etguncha etanol bilan suyultiriladi.
    3) Ammiakli bufer aralashmasini tayyorlash.
    100 ml ammiak (20%) 100 ml ammoniy xlorid (20%) eritmalari aralashtiriladi va aralashma 100 ml etanol yoki 800 ml distillangan suv qo‘shib suyultiriladi.

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0,56 Mb.