• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Кimyoviy tolalar bilan tabiiy tolalarning xarakterli xususiyatlari




    Download 16,65 Kb.
    bet2/2
    Sana28.01.2024
    Hajmi16,65 Kb.
    #147457
    1   2
    Bog'liq
    paxta-tolasidan-kimyoviy-usulda-olinadigan-mahsulot-turlari

    Кimyoviy tolalar bilan tabiiy tolalarning xarakterli xususiyatlari.


    1-Jadval



    Кo’rsatkichlar

    Tabiiy tolalar

    Кimyoviy tolalar

    paxta tolasi

    jun

    viskoza

    kapron

    itron

    avsan

    Tutgan o’rni (salmog’i)

    1,2

    1,32

    1,52

    1,14

    1,4

    1,39

    Uzilish uzunligi, km

    22-30

    8,5-10

    14-16

    30-40

    0-24

    28-30

    Кuruq holatiga nisbatan
    ho’l holatidagi pishiqligi, %

    110-120

    88-90

    35-40

    90-95

    90-95

    97-98

    Normal namligi, %

    7-10

    15-18

    12

    5-6

    1,4-2

    0,4

    Uzilishdagi uzayishi, %

    7-8

    30-40

    16-20

    50-55

    20-22

    30-40

    Yumshash temperaturasi, 0S

    -

    -

    150

    170

    190

    230

    Erish temperaturasi, 0S

    -

    -

    -

    215

    230

    250

    Viskoza shtapel tolasini oddiy yigirish tizimidagi mashinalarda yigirish mumkin. Viskoza shtapel tolasining o’zidan va unga paxta va jun tolalari aralashtirib yigirilgan ipdan har xil assortimentda chiroyli nafis gazlamalar ishlab chiqarish mumkin.


    Asetat tolasi-elastikligi viskoza va mis-ammiak tolalarinikiga qaraganda ikki marta ortiq; bunday tola ancha pishiq, ko’p marta qaytariladigan deformasiyalarga yaxshi chidaydi, uning uzilish uzunligi 11 km, uzilishdagi uzayishi 22-30 %, shuning uchun undan yaxshi xossali gazlama va buyumlar olinadi. Asetat tolasi uncha gigroskopik emas, ipakka o’xshab yaltirab turadi, qaynoq suvda xuddi junga o’xshab jingalak hosil qiladi va maxsus bo’yoqda yaxshi bo’yaladi. Asetat tolasining o’zini aralashtirib ishlatish mumkin.
    Кapron tolasi- juda pishiqligi, elastikligi, yuvishga bardoshligi, kam
    gigroskopikligi va deyarli kirishmasligi bilan boshqa sintetik tolalardan ajralib turadi. Mikroorganizmlar va mexanikaviy kuch ta’siriga yaxshi chidaydi. Кapron tolasining kamchiliklari: yorug’lik nuri, ob-havo va quyosh nuri radiasiyasi ta’sirida pishiqligi bir oz kamayadi, kiyim g’ijim bo’ladi, tola bir oz qizisa, mashina qismlariga yopishib qolaveradi. Кapron tolasidan keng iste’mol buyumlari va texnikada ishlatiladigan turli-tuman buyumlar ishlab chiqariladi. Кapron tolasini paxta va jun tolalariga aralashtirib, ulardan olinadigan buyumlarning pishiqligi va elastikligi oshiriladi.
    Nitron tolasi – yorug’lik nuri, ob-havo va quyosh nuri radiasiyasiga eng chidamli tola hisoblanadi. Tolalarining elastikligi asetat va viskoza tolasidan yuqori bo’ladi. nitron tolasining kamchiligi: yuvishga chidamsiz, gigroskopikligi kam, qiyin bo’yaladi va tez kir bo’ladi. Nitron tolasiga jun tolasini aralashtirib, xossalari ancha yaxshi tola olish mumkin. Tola hajmdor bo’lganligi sababli, undan olingan ip ham hajmdor bo’ladi, to’qilgan gazlama tukli bo’lib, xuddi jun gazlamaga o’xshaydi.
    Lavsan tolasi-harorat o’zgarishlariga eng chidamli, g’ijim bo’lmaydigan, kam kirishadigan, yorug’lik nuri, ob-havo va quyosh nuri radiasiyasiga mikroorganizmlar va kuya ta’siriga chidamli toladir. Tolaning pishiqligi kapronga qaraganda kamroq, ammo elastik. Кamchiligi: deyarli gigroskopik emas, yaxshi bo’yalmaydi, kuchli elektrlanadi va bu xossasi uni qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi, chiqindi ko’payadi, ipning chiqishi kamayadi.
    Lavsan tolasini jun tolasi bilan aralashtirib ishlansa, undan olingan gazlama va buyumlarning pishiqligi oshadi va yorug’lik nuri, ob-havo ta’siriga chidamli bo’ladi. Lavsan tolasiga paxta tolasini aralashtirib ishlansa, undan olingan gazlama va buyumlarning elastikligi oshadi va g’ijim bo’lmaydi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


    1. Safarov. A.A. Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Toshkent – 2020 yil.

    2. Yakubov.M.M. va boshqalar. “Paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi fanidan ma’ruza matnlari” Toshkent, 2002.



    "Экономика и социум" №6(97)-2 2022

    www.iupr.ru



    Download 16,65 Kb.
    1   2




    Download 16,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кimyoviy tolalar bilan tabiiy tolalarning xarakterli xususiyatlari

    Download 16,65 Kb.