• Burg R W., Miller B. M., Baker E. E., Birnbaum J., Currie S. A., Hartman R, Kong Y. L., Monaghan R L., Olson G., Putter I., Tunac J. B., Wallick H., Stapley.,Oiwa R and Omura S. 2011.
  • VEKTOR MOLEKULALAR, GENLAR BANKINI YARATISH VA ALOHIDA GENLARNI AJRATISH TEXNOLOGIYASI




    Download 194.3 Kb.
    bet2/2
    Sana18.02.2023
    Hajmi194.3 Kb.
    #42746
    1   2
    Bog'liq
    Rekombinant dnk texnologiyasi
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
    VEKTOR MOLEKULALAR, GENLAR BANKINI YARATISH VA ALOHIDA GENLARNI AJRATISH TEXNOLOGIYASI
    Rekombinant DNKni avtonom replikatsiya bo‘lishi uchun javob beradigan DNK bo‘lagi - vektor molekulalari deyiladi.
    Vektor molekulalar o‘z vazifasiga ko‘ra ikki tipga bo‘linadi:
    Birinchisi -avtonom replikatsiya bo‘luvchi vektorlar.
    Ikkinchisi - xromosomaga integratsiya bo‘luvchi vektorlar.
    Vektor molekulalar gen muhandisligi biotexnologiyasida genlarni klonlashda va transformatsiya qilishda asosiy ish quroli bo‘lib xizmat qiladi. Vektor molekulalari vazifasini fag DNK lari, plazmidalar va o‘simliklarni xloroplast hamda mitoxondrial DNK lari o‘tashi mumkin.
    Xo‘jalik ahamiyati qimmatli bo‘lgan genlarni ajratish uchun gen banki tuziladi. Xromosomal DNK asosida gen bibliotekasini tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:
    DNK va vektor molekulalar restriktaza fermenti yordamida qirqiladi va ma’lum sharoitda qaytadan assotsiatsiya qilinadi;
    Nukleotidlar orasida ulanmay qolgan bo‘shliq DNK-ligaza fermenti yordamida o‘zaro biriktiriladi;
    Olingan rekombinant DNK bakteriya hujayrasiga transformatsiya qilinadi.
    Xromosomal DNK da mavjud genlarni to‘la klonlash uchun DNK o‘lchamiga va olingan klonlarni soniga e’tibor berish kerak.
    Genlarni klonlashda ko‘pincha kDNK bibliotekasini tuzish maqsadga muvofiqdir. Bu holda maxsus poli (Y) va oligo (dT) kolonkalari yordamida uchlarida poli (A) nukleotidlar ketma-ketligini saqlovchi iRNK, tRNK va pRNK dan ajratib olinadi. Olingan iRNK molekulasi oligo (dT) nukleotidlari bilan aralashtirilib reassotsiatsiya qilinadi.
    Bunda iRNK molekulasining poli (A) uchida dA-dT qo‘sh zanjirli segment hosil bo‘ladi. Ushbu ikki zanjirli segmentning oligo (dT) uchi kDNK sintezini amalga oshiruvchi revertaza fermenti uchun praymer (kDNK sintezining boshlanish nuqtasi) vazifasini o‘taydi.
    Sintez qilingan kDNK molekulasi qisqa uchli ikki zanjirli struktura bilan tugallanadi. kDNK sintezida matritsa vazifasini o‘tagan iRNK molekulasi NaOH bilan parchalanadi, natijada qisqa ikki zanjirli va to‘liq iRNK molekulasiga komplementar bo‘lgan bir zanjirli kDNK molekulasi hosil bo‘ladi.
    Hosil bo‘lgan qisqa ikki zanjirli struktura kDNK ning ikkinchi zanjirini sintez qilishda praymer vazifasini o‘taydi. DNK-polimeraza I fermenti yordamida kDNK ning ikkinchi zanjiri sintez qilinadi. Hosil bo‘lgan kDNK ning bir zanjirli qismi SI-nukleaza fermenti yordamida parchalanadi va ikki zanjirli kDNK molekulasi hosil bo‘ladi. SHu yo‘sinda hosil bo‘lgan kDNK molekulasi vektor molekulalariga ulangan holda klonlanadi.
    Har ikki usul bilan yaratilgan genom bibliotekasidan individual genlarni ajratib olish quyidagicha amalga oshiriladi - rekombinant plazmida denaturatsiya qilinadi (1000S haroratda 5 min., 0,2 N NaOH eritmasida 15 min.), bir zanjirli DNK molekulasi stabil qo‘zg‘almaydigan holatda turishi uchun nitrotsellyuloza filtriga biriktiriladi. Olingan filtr [g-32P] ATF nukleotidi bilan nishonlangan iRNK molekulasi bilan gibridizatsiya qilinadi.
    Molekulyar gibridizatsiya jarayonida filtrga birikkan rekombinant DNK molekulasiga komplementarlik qonuniyati asosida nishonlangan iRNK molekulalari birikadi.
    Hosil bo‘lgan gibrid DNK molekulasi denaturatsiya qilinib, nishonlangan iRNK molekulasi ajratib olinadi (elyusiya yordamida). Olingan iRNK molekulasi hujayrasiz oqsil sintez qilish tizimida tekshirib ko‘riladi. Hosil bo‘lgan oqsil molekulasini identifikatsiya qilish yo‘li bilan individual genlarni ajratib olish amalga oshiriladi.2


    Nazorat uchun savollar:



    1. Rekombinant DNK olishning qanday usullari mavjud?

    2. Rekombinant DNK olish texnologiyasi ilk bor qaysi olimlar tomonidan amalaga oshirilgan?

    3. Restriktaza-ligaza usulida rekombinant DNK olishning mohiyatini tushuntiring

    4. Vektor molekulasi

    5. Vektor molekulalari qanday guruhlarga bo’linadi?



    1 Daan J.A.Crommelin, R.D.Sindelar, B.Meibohm“Pharmaceutical biotechnology: Fundamentals and application” 4th Edition. - Springer, 2013. - 551 p.

    2 Burg R W., Miller B. M., Baker E. E., Birnbaum J., Currie S. A., Hartman R, Kong Y. L., Monaghan R L., Olson G., Putter I., Tunac J. B., Wallick H., Stapley.,Oiwa R and Omura S. 2011. Avermectins, new family of potent anthelimintic agents: Producing organism and fermentation. Antimicrobial Agents and Chemo therapy15:361-367.




    Download 194.3 Kb.
    1   2




    Download 194.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VEKTOR MOLEKULALAR, GENLAR BANKINI YARATISH VA ALOHIDA GENLARNI AJRATISH TEXNOLOGIYASI

    Download 194.3 Kb.