|
Deflegmatsiya bilan haydash
|
bet | 5/10 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #117204 |
Bog'liq kurs ishim Deflegmatsiya bilan haydash.
Bu usul eritmalarni ajratish darajasini ko`tarish uchun qo`llaniladi (5.34-rasm).
Bu usulda, kub 1 da hosil bo`lgan bug‘lar deflegmator 2 ga uzatiladi va u erda qisman kondensatsiyalanadi. Qisman kondensatsiyalanish davrida qiyin uchuvchan komponent miqdori ko`p bo`lgan flegma hosil bo`ladi va qaytadan kubga tushiriladi. Kub 1 ga tushish vaqtida ko`tarilayotgan bug‘lar bilan o`zaro ta’sirida buladi.
Yengil uchuvchan komponent miqdori yuqori bo`lgan bug‘lar kondensatorga yo`naltiriladi. Kondensatsiyalanish natijasida hosil bo`lgan ditsillyat yig‘gich 4 ga tushadi. Kub qoldig‘ining kontsentratsiyasi o`rnatilgan x qiymatiga etganda so`ng, kubdan
chiqarib yuboriladi.
Suv bug‘i bilan haydash. Eritmalar qaynash temperaturasini pasaytirish uchun jarayonni vakuum otsida tashkil etish usuli oldindan ma’lum edi. Lekin, eritmalarni suv bug‘i bilan haydash usulida ham qaynash temperaturasini pasaytirish mumkin. Ayniqsa, bu usul qaynash temperaturasi 100°S dan ortiq bo`lgan va komponentlari suvda erimaydigan eritmalar uchun juda qo`l keladi. Shuning uchun, eritma komponentlari suvda erimasa, unda haydash kubiga qo`shimcha komponent sifatida suv bug‘i yuboriladi.
5.35-rasmda suv bug‘i bilan oddiy haydash davrida qaynash temperaturasini aniqlash diagrammasi keltirilgan. Bu diagrammada qaynash temperaturasiga suv bug‘ining elatsiklik egri chizig‘i bilan turli suyuqliklar elatsiklik egri chiziqlari kesishgan nuqtasi to`g‘ri keladi. Grafikdan ko`rinib turibdiki, atmosfera bosimida benzolni suv bilan haydash paytida jarayon temperaturasi 69,5°S, bosim r = 0,0395 MPa da 46°S atrofida, bosim r= 0,1MPa da toluol uchun esa - 85°S.
5.36-rasmda aralashmalarni suv bug‘i bilan haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.
Boshlang‘ich eritma kub 1 ga yuklanadi va uning g‘ilofiga suv bug‘i yuboriladi. So`ng, kub ichidagi eritmaga barboter orqali kuchli suv bug‘i haydaladi. Eritmaning qaynash paytida hosil bo`lgan bug‘lar kondensator 2 ga uzatiladi va undan keyin separator 3 da kondensat
ajratiladi. Separatordan suv chiqariladi, suvda erimaydigan engil uchuvchan komponent esa maxsus idishga yig‘iladi. Odatda bu usul muvozanat bo`lmagan sharoitlarda amalga oshiriladi.
Molekulyar haydash. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo`llaniladi.
Ushbu jarayon o`ta pats vakuumda, yani bosim 1,31...0,131Pa bo`lgan oralikda olib boriladi.
Molekulyar haydash eritmani tashqi yuzasidan bug‘latish orqali
amalga oshiriladi. Jarayon bir - biriga yaqin o`rnatilgan bug‘latish va kondensatsiyalash yuzalarida ro`y beradi. Shuni aloHida ta’kidlash kerakki, ular orasidagi masofa odatda 20...30 mm, yani molekulalarning erkin harakati uzunligidan kam bo`lishi kerak. Bunday holatda issiq yuzadan ko`tarilayotgan engil uchuvchan komponent molekulalari sovuq yuzaga urilishi bilan kondensatsiyalanadi. Bug‘lanish va kondensatsiyalanish yuzalari o`rtasidagi temperaturalar farqi 100°S atrofida.
5.37-rasmda molekulyar haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.
Boshlang‘ich eritma qurilmaga truba 2 orqali rotor 1 ning tubiga uzatiladi. Rotordagi eritma markazdan qochma kuch tasirida konus yuzasi bo`ylab yupqa qatlam holida tarqaladi. Bug‘lanish yuzasidan ajralib chiqkan molekulalar kondensatsiyalanish yuzasiga qarab yunaladi.
Uchuvchanligi past komponent bug‘lari kondensator 4 yuzalarida kondensatsiyalansa, uchuvchanligi yuqori komponent bug‘lari esa kondensator 5 yuzasida kondensatsiyalanadi. Birinchi fraktsiya kondensator 4 dan taglik 8 ga, ikkinchisi esa zmeevikda kondensatsiyalanib taglik 7 ga oqib tushadi. Eritmaning bug‘lanmagan qismi esa markazdan qochma kuch tasirida rotor chetidan tarmoqli nov 10 ga toshib o`tadi va qurilmadan chiqarib yuboriladi. Ajratib olingan ditsillyat, taglik 8 chekkasidagi sektsiya orqali halqasimon yig‘gichga, taglik 7 dan esa markaziy sektsiya orqali chiqarib olinadi.
|
| |