|
Rektifikatsiya jarayonlarining
|
bet | 8/10 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #117204 |
Bog'liq kurs ishimRe
· Pr 0 , 5 We 0 , 25
ДГ
Г
Nudg va Reg kriteriylarda aniqlovchi o`lcham sifatida kapillyar
kontsanta= Hisoblanadi. Veber kriteriysi We = (/ p )h2 g ,
c cт
bu erda - sirtiy taranglik, N/m; hts - tarelkadagi suyuqlik qatlamining tsatik balanligi.
Itsalgan rektifikatsion sxema tarkibida kolonna (tarelkali yoki nasadkali) va qaynatgich bo`ladi. Odatda, qobiq - trubali yoki zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasidan qaynatkich sifatida foydalaniladi. Qaynatkich kolonnaning patski qismida yoki uning tashqarisida o`rnatilishi mumkin.
Turli sanoat korxonalarida tarelkali va nasadkali kolonnalar ko`p ishlatiladi.
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning printsipial sxemasi 5.43-rasmda ko`rsatilgan. Boshlang‘ich eritma isitkich 2 da qizdiriladi va kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga uzatiladi. Kolonnadagi qaynatkich 8 ning issiqligi ta’sirida rektifikatsiya jarayoni sodir bo`ladi, eritma ditsillyat va kub qoldig‘iga ajraladi. Kolonnadan chiqayotgan bug‘lar deflegmator 4 da qisman yoki to`la kondensatsiyalanadi. Agar bug‘ to`la kondensatsiyalansa, hosil bo`lgan ditsillyat ajratuvchi moslama 5 da ikki qismiga bo`linadi.
5.43-rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonna.
1 – yig‘gich; 2 - isitkich; 3 - rektifikatsion kolonna; 4 - deflegmator; 5 - ajratuvchi
moslama; 6 - sovutkich; 7 - nasoslar: 8 - qaynatkich.
Birinchi qism - flegma suyuqlik tambasi orqali o`tib kolonnaning yuqori tarelkasida purkaladi, ikkinchi qismi esa - ditsillyat sovutkich 6 dan o`tkazilib sovutiladi va yig‘gich 1 da to`planadi.
Agar, bug‘lar deflegmatorda qisman kondensatsiyalansa, ular kondensator–sovutkich orqali o`tkaziladi, u erda kondensatsiyalanadi
va sovutiladi. Jarayon mobaynida hosil bo`layotgan kub qoldig‘i uning qimmatligi va zarurligiga qarab yoki yig‘gichda to`planadi, yoki oqava suv sifatida utilizatsiyaga yo`naltiriladi.
Odatda, sanoat miqyosida boshlang‘ich eritma uch va undan ko`p qismlarga ajratiladi.
Ko`p komponentli eritmalarni rektifikatsiya qilish sxemasi 5.44- rasmda tasvirlangan. Ushbu sxema ko`p kolonnali bo`lib, boshlang‘ich eritmani uzluksiz ravishda uch qism, ya’ni A, V va S komponentlarga ajratishga mo`ljallangan.
Birinchi kolonna aralashmani A+VS yoki AV+S qismlarga ajratadi. Aralashmani n qismga ajratish uchun n-1 rektifikatsion kolonnalardan tarkib topgan rektifikatsion sxema zarur bo`ladi.
Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning prinsipial sxemasi 5.45-rasmda keltirilgan.
Boshlang‘ich aralashma bug‘ bilan isitilayotgan qaynatkichga uzatiladi. Qaynash temperaturasigacha isitilgan aralashmaning bug‘lari rektifikatsion kolonnaning patski qismiga yuboriladi. Kolonna bo`ylab tepaga ko`tarilayotgan bug‘lar engil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, so`ng esa deflegmatorga tushadi. U erda kondensatsiyalanadi. Xuddi uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiya sxemasidek, kondensat flegma va ditsillyatga ajraydi. Qurilmadagi kub qoldig‘i to`kiladi va u yangi boshlang‘ich aralashma bilan to`ldiriladi.
Ma’lumki, halq xo`jaligining turli sohalarida rektifikatsiya jarayoni juda ko`p ishlatiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda tarelkali kolonnalardan keng ko`lamda foydalaniladi.
5.45-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonna shemasi.
|
| |