RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
MENEJMENT (tarmoqlari va sohalari bo’yicha) YO’NALISHI
100S- guruhi talabasi Xoliqova Tanzilaning
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlar
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot
texnologiyalarining roli
Bajardi: MENEJMENT (tarmoqlari va sohalari bo’yicha) YO’NALISHI 100S-
guruhi talabasi Xoliqova Tanzila
Qabul qildi: ____________________________
Toshkent - 2024
REJA:
KIRISH
I.
ASOSIY QISM:
1.
Jamiyat taraqqiyotida raqamli iqtisodiyotning tutgan o’rni
2.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantrishda axborot texnologiyalarining o’rni
II.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Hozirgi kunda bilim va malaka mintaqa iqtisodiyoti rivojlantirishning asosiy
mexanizmi bo‘lib, u o‘z navbatida yangi axborot texnologiyalari va bilimlarni asosiy
resurs sifatida qo‘llashga asoslanadi. An’anaviy iqtisodiyotda asosiy resurs yer, mehnat
va, albatta, boshlang‘ich kapital hisoblansa, hozirgi iqtisodiyotda bilim va innovatsion
texnologiyalar iqtisodiy o‘sishning eng muhim harakatlantiruvchi omiliga aylandi. Bilim
va malaka kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlar yaratish, ishlab chiqarish
jarayonlarini yaxshilash, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, xarajatlarni
kamaytirish va boshqaruvni yaxshilashga yordam beradi. Bilim, shuningdek,
kompaniyalarga yangi bozorlarni topishga va bozorda raqobatlashishga yordam beradi.
Bugungi iqtisodiyotda bilim va malaka, shuningdek, shaxsiy muvaffaqiyat va ishdan
qoniqish uchun asosiy manba bo`lib hisoblanadi. Axborot texnologiyalari va boshqa
sohalarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxasis kadrlar oson ish topishlari,
yuqori maosh olishlari, kasbiy va shaxsiy o‘sish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega
bo‘lishlari mumkin. Iqtisodiy bilim quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Texnologik bilim- bu tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan
innovatsion texnologiyalar haqidagi bilimdir.
2. Marketing bilimi - bu kompaniyalarga mahsulot va marketing strategiyalarini
ishlab chiqishda yordam beradigan iste'molchi va bozor bilimidir.
3. Kompyuter bilimi - bu bugungi iqtisodiy sharoitida ishlash uchun zarur bo'lgan
kompyuterlar, dasturiy ta'minot va axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni o` ichiga
oladi.
4. Analitik bilim – kompaniyalarga ma’lumotlar asosida asoslangan qarorlar qabul
qilishga yordam beruvchi ma’lumotlarni tahlil qilish usullari va vositalari haqidagi
bilimdir.
Zamonaviy iqtisodiyotda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM)
bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan kompaniya va tashkilotlar sezilarli raqobat
ustunligiga ega. Zamonaviy jamiyat shakllanishining asosiy global tendentsiyasi - bu
resurs va sanoat iqtisodiyotidan intellektual resurslar, yuqori texnologiyali va axborot
texnologiyalariga asoslangan "yangicha iqtisodiyot" ga o'tishdir
Bugungi iqtisodiyot yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamlashtirishga
asoslangan iqtisodiyotdir. U xomashyo qazib olish va ularni xorijga eksport qilishga
asoslangan oldingi iqtisodiyotdan farq qiladi. Bugungi kun iqtisodiyoti quyidagi
xususiyatlar bilan tavsiflanadi: Innovatsion faollikning o‘sishi, raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi, kichik va o‘rta biznesning kengayishi, yuqori texnologiyali mahsulotlar
eksportining rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanishi.
Umuman olganda, bugungi kun iqtisodiyoti innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar va
raqamlashtirishga asoslangan raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan. Jahon
mamlakatlarining
yangi
iqtisodiyoti
an’anaviy
iqtisodiyotdan
axborot
texnologiyalarining rolini oshirish, ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini
oshirish, shuningdek, innovatsiya va rivojlanish sur’atlarini tezlashtirish bilan farqlanadi.
Axborot va bilimlar iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy o‘rin tutuvchi omillar
bo`lib, ular yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek,
korxonalar samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish uchun asosdir. IT, moliya,
marketing va ommaviy axborot vositalari kabi ko'plab sohalar muvaffaqiyati axborot va
bilimga uzviy bog'liqdir. Masalan, IT sohasida dasturiy ta’minot va tizimlarni ishlab
chiquvchilar eng so‘nggi texnologiya tendensiyalaridan xabardor bo‘lishlari va ushbu
soha bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishlarini taqazo etadi. Iqtisodiyotda axborot - bu
biznes va moliya sohasida qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar
tizimidir. Uni turli manbalardan, jumladan, moliyaviy hisobotlar, mijozlar sharhlari,
bozor tahlillari orqali olish mumkin. Ma'lumotlarning quyidagi bir necha turlari mavjud:
1. Moliyaviy ma'lumot - bu kompaniyaning moliyaviy faoliyati bilan bog'liq
ma'lumotlari bo`lib, tadbirkorlarga kompaniyaning moliyaviy holatini baholash va uni
yanada rivojlantirish bo'yicha qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
2. Bozor ma'lumotlari - bu kompaniya faoliyat yuritayotgan bozor haqidagi
ma'lumotlar majmuidir. U raqobatchilar, tovarlar va xizmatlar narxlari, bozordagi talab
va taklif, bozor muhitini tahlil qilish va bozor qanday ishlashini va biznesni rivojlantirish
uchun qanday imkoniyatlar mavjudligini tushunishga yordam beradigan boshqa
ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
3. Marketing ma'lumoti - bu kompaniyaga marketing strategiyalarini ishlab chiqish,
mahsulot va xizmatlarini ilgari surishda yordam beradigan iste'molchi va bozor haqidagi
ma'lumotlar paketidir.
4. Ishlab chiqarish ma'lumotlari - bu kompaniyaning ishlab chiqarish jarayonlari
bilan bog'liq ma'lumotlar bo`lib, u ishlab chiqarish texnologiyalari, mahsulot sifati, ishlab
chiqarish xarajatlari, etkazib berish muddatlari va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
|