Respublika qurilish majmui




Download 42.51 Kb.
bet3/5
Sana26.04.2023
Hajmi42.51 Kb.
#53902
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu
Derma test, 4 курс ТМИ, 1-amaliy (1), mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari, 4-KURS 1, kurs bet kirish, Doc3, 4.12, diskret, Reference-312201103002-0, Amaliy topshiriq (8), Web amaliyot 7, All Irregular Verbs, 1682077090
9.3. Qurilish tizimi

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qurilish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari tugatilib, mulkchilikning turli shakllariga o‘tkazilgan ixtisoslashgan davlat konsernlari, kompaniyalar, davlat aksiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ularning eng yiriklari: «O‘zsanoatxo‘jalikqurilish» korporatsiyasi, «O‘zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi, «O‘zdehqonchilikqurilish», «O‘zjamoaxo‘jalikqurilish» davlat shirkat birlashmalari, «Toshkentuy-joyinvestqurilish» korporatsiyasi va boshqalardir. Suv xo‘jaligi va meliorativ ishlarni «O‘zsuvqurilish» davlat konserni olib boradi. «O‘ztransqurilish», «O‘zavtoyo‘l» konserni, energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi.


«O‘zsanoatxo‘jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublika sanoat qurilishi, uy-joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob’ektlarni qurish bilan shug‘ullanadi. qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtiradi. 1992 yil 25 dekarda respublika qurilish vazirligi negizida tashkil qilingan, davlat boshqaruvi organi huquqi berilgan xo‘jalik tashkiloti. Korporatsiya tarkibida 8 uyushma, 147ta aksiyadorlik jamiyati, 7 davlat korxonasi, 6 qo‘shma korxona, 3 ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik instituti va boshqalar bor.
«O‘zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi respublika xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida montaj va maxsus qurilish ishlarini olib boradi. Texnologik jihozlar, elektr ta’minoti ob’ektlari, avtomatika, aloqa tizimlari, metall va yig‘ma temir-beton konstruksiyalari, issiqlik izolyasiyasi jihozlari, lift va ko‘targichlar, sanoat pechlari hamda quvurlari va boshqalarni montaj qiladi, quradi. 1992 yil 27 oktyabrda O‘zbekiston montaji va maxsus qurilish ishlari vazirligi (1965) va boshqa tashkilotlar negizida tashkil etilgan. Uyushma tarkibida ixtisoslashtirilgan trest, «O‘zelektrmontaj», «O‘zsantexgazmontaj», «O‘zissiqlikmontaj», «O‘zsanoatventilyasiya», «O‘zpo‘latkonstruksiya», «Farg‘onaneftkimyomontaj» trestlari, «O‘zbekneftmontaj» boshqarmasi, Toshkent engil metall konstruksiyalari, To‘ytepa metall konstruksiyalari, Toshkent sanitariya jihozlari zavodlari, «O‘zmontajloyiha» instituti va boshqalar bor.
Keyingi yillarda xorijiy mamlakatlar firmalari bilan turli korxonalar qurilishida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
«O‘zdehqonchilikqurilish» birlashmasi qishloq joylarida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi qurilish ishlarini olib boradi. Respublika qishloq qurilishi vazirligi va «O‘zjamoaxo‘jalikqurilish» birlashmasining ayrim tashkilotlari negizida tashkil etilgan. Birlashma qishloq xo‘jaligining moddiy- texnika bazasini yaratish va mustahkamlash, jamoat binolari, maktablar, yirik kasalxonalar, savdo markazlari, klub va madaniyat saroylari, bog‘chalar, maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatlari va boshqalar qurilishida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Respublika qishloqlarini obodonlashtirish, yo‘l, elektr shoxobchalari, gazoprovodlar qurilishi, qishloq mehnatkashlarining buyurtmalari bo‘yicha uy-joylar qurib berish ishlarini ham bajaradi. Birlashma tarkibida 23 bosh pudratchi trest, 191 mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna, 27 zavod, 14 avtobaza, «O‘zdehqonchilikqurilishloyiha» instituti va boshqa tashkilotlarda 64 ming xodim ishlaydi. Birlashmaning o‘z korxonalarida temir-beton panellari, keramzit, o‘tga chidamli g‘isht, butlovchi qismlar, sanitariya, texnika qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
«O‘zjamoaxo‘jalikqurilish» shirkat birlashmasi qishloq tumanlarida, jamoa xo‘jaliklarida uy-joy, jamoat va madaniy-maishiy ob’ektlar, ishlab chiqarish korxonalari qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi. 1991 yil may oyida tashkil etilgan Respublika agrosanoat majmuini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Birlashma tarkibida15 ta viloyat umumiy qurilish tresti, maxsus qurilish va qurilish ta’minoti bilan shug‘ullanadigan 3 birlashma, loyiha instituti, avtobaza, trestlar tarkibida 191 boshlang‘ich qurilish tashkilotlari, qurilish materiallari va temir beton konstruksiyalari ishlab chiqaradigan 39 sanoat korxonasi ishlaydi. Birlashmada 36 mingga yaqin ishchi va muhandis xodimlar band.
Birlashma tarixi 1964 yildan boshlanadi. O‘sha yili aprel oyida viloyatlardagi kolxozlararo qurilish boshqarmalari, kichik sexlar,g‘isht zavodlari negizida «O‘zkolxozqurilish» birlashmasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi respublika qishloq qurilishida yagona texnika siyosatini o‘tkazish, xo‘jalik, uy-joy, madaniy-maishiy, kommunal va boshqa maqsadlardagi ob’ektlarni qurish va boshqalardan iborat edi.
«Toshkentuy-joyinvestqurilish» moliya qurilish korporatsiyasi Toshkent shahrida uy-joy, madaniy-maishiy va sanoat qurilishini olib boradi. 1994 yil dekabrda Toshkent davlat aksiyadorlik qurilish korporatsiyasi (1963-1993 yillarda Toshkent shahar qurilishi Bosh boshqarma) negizida tashkil etilgan. Ochiq tipdagi aksiyadorlik birlashmasi, tarkibida qurilish, loyiha tashkilotlari, binokorlik materiallari korxonalari, kredit-moliya muassasalari, investitsiya-sug‘urta tuzilmalari bor. Faqat qurilish sohasida 12 trest, 4 uysozlik kombinati, maxsus transport ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshkentqurilish», «Toshkentshaharloyiha» loyiha institutlari va boshqa tashkilotlar ishlaydi, korporatsiyada 28 mingdan ko‘proq quruvchi va muhandis-texnik xodim band.
Respublika Prezidentining 1996 yil 31 yanvardagi «Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida» Farmoniga ko‘ra aholining turarjoy sharoitlarini yaxshilash maqsadlarida Toshkent davlat-aksiyadorlik uy-joy jamg‘arma banki (Toshkentuyjoyjamg‘armabank) tashkil etildi va bank uy-joy obligatsiyalarini chiqardi.



Download 42.51 Kb.
1   2   3   4   5




Download 42.51 Kb.