Respublika qurilish majmui




Download 42.51 Kb.
bet2/5
Sana26.04.2023
Hajmi42.51 Kb.
#53902
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu
Derma test, 4 курс ТМИ, 1-amaliy (1), mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari, 4-KURS 1, kurs bet kirish, Doc3, 4.12, diskret, Reference-312201103002-0, Amaliy topshiriq (8), Web amaliyot 7, All Irregular Verbs, 1682077090
9.2.qurilish industriyasi

O‘zbekiston Respublikasida qurilish industriyasining negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qo‘shma va boshqa pudrat qurilish-montaji tashkilotlari, shuningdek, o‘z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo‘lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo‘jaliklar tashkil etadi. O‘zbekistonda 245 montaj-qurilish tresti, 196 qurilish sanoati korxonasi, 1882 quyi pudrat tashkiloti, 3 mingga yaqin kichik korxona, 64 loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat ko‘rsatadi. qurilish-montaj ishlarining deyarli barchasini iztisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.


Respublikaning qurilish tashkilotlari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, birlashma, trestlar va boshqarmalarga uyushgan. qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati tashkil etadi.
qurilish industriyasida yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallaridan ko‘proq foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari, zinopoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. qurilish tobora bino va inshootlarni montaj qilish jarayoniga aylanib bormoqda. Binolarning zilzilabardoshligi ta’minlangan. qishloq joylarida loyihalash-qurilish tamoyillari o‘zgardi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish bo‘yicha sanoat majmualari o‘rniga kichik firmalar qurilmoqda. Imoratlarni tiklashda engil konstruksiyalar ko‘proq qo‘llanilmoqda, xo‘jaliklar qo‘rg‘onlarini qurishda uy-joylar bilan bir paytda madaniy-maishiy muassasalar, ishlab chiqarish binolari kompleks foydalanishga topshiriladi. qurilishda jami jarayonlarni qamrab olgan qishloq qurilish kombinatlari barpo etilgan.
O‘zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni barpo etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita qurilish bilan bog‘liq. 1924-95 yillarda 5,5 ming km. temir yo‘l, 1500 dan ortiq yirik davlat sanoat korxonasi, 40 ga yaqin magistral kanal, 54 yirik suv va sel ombori qurildi, 2 mln. ga dan ortiq sug‘oriladigan erlar o‘zlashtirildi, 29 mln. ga yaylovga suv chiqarildi.
1995 yilda jami manbalardan o‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar 82,2 mlrd. so‘mni, jumladan uning 47,0 mlrd. so‘mini qurilish-montaj ishlariga sarflangan mablag‘lar tashkil etdi. Kapital mablag‘lar tarkibida davlat hissasi 57%ga tushdi. Uy-joy qurilishi keng miqyoslarda olib borildi va moliyalashning jami manbalaridan foydalanildi.
Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng kapital qurilish yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy binolar, bozor va sado rastalari, hammom, choyxona, kasalxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi, o‘nlab me’moriy majmualar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar, masjidlar ta’mirlandi.
Kapital mablag‘larning 66,8%i ishlab chiqarish, 33,2%i noishlab chiqarish ob’ektlari yo‘nalishda sarflandi. qurilish sohasida xalqaro hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro klassdagi mehmonxonalar qurilishi va ta’mirlash ishlari boshlandi. Respublika tarixida birinchi marta kapital qurilishi sohasiga chet el investitsiyalari jalb etildi. Kapital mablag‘lar tarkibidagi xorijiy investitsiyalar hissasi 16%ni tashkil etdi.

Download 42.51 Kb.
1   2   3   4   5




Download 42.51 Kb.