• Sement sanoati.
  • Toshtaroshlik
  • Qurilish materiallari sanoati




    Download 42.51 Kb.
    bet4/5
    Sana26.04.2023
    Hajmi42.51 Kb.
    #53902
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-mavzu
    Derma test, 4 курс ТМИ, 1-amaliy (1), mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari, 4-KURS 1, kurs bet kirish, Doc3, 4.12, diskret, Reference-312201103002-0, Amaliy topshiriq (8), Web amaliyot 7, All Irregular Verbs, 1682077090
    9.4. Qurilish materiallari sanoati

    O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopgich va gidroizolyasiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyasiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlandi.


    qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xo‘jaligining qurilish materiallariga bo‘lgan talabi to‘la qondiradi. Xorijiy investorlar ishtirokida yangi qo‘shma korxonalar qurilmoqda, ishlab to‘rgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib, kengaytirilmoqda.
    O‘zbekistonda tabiiy xom ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproqdan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari bo‘lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo‘nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan.
    Sement sanoati. Respublikadagi qurilish industriyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkovo sement zavodidir. Respublikada sementga ehtiyoj oshib borganidan keyin 1932 yilda quvasoy sement zavodi ishga tushirildi.
    Respublika sement sanoati tarmog‘ida yiliga 5 mln. t.dan ko‘proq sement ishlab chiqaradigan 5 yirik korxona ishlaydi. Sementning hamma asosiy turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Sement korxonalarida shifer, abotsement quvurlar, mineral paxta va undan tayyorlanadigan buyumlar, sement-qum cherepitsalari va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
    Toshtaroshlik (toshga ishlov berish). Tabiiy toshlar (marmar va granit)dan ishlangan qoplama materiallari va banklar Markaziy Osiyo me’morchiligida ko‘p ishlatilgan.
    qoplama toshlar zahiralari, xilma-xilligi va rangi bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida etakchi o‘rinda. Respublikada 30 dan ortiq marmar, granit, trovertin, tuf va boshqa jinslar konlari topilgan. Respublikada noruda va qoplama materiallar tarmog‘ida toshga ishlov berishadigan 19 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Devorbop materiallar sanoati sohasida qurilishda ishlatiladigan olovbardosh va imorat g‘ishtining asosiy qismi yalang‘och 2-g‘isht zavodi, YAngiyo‘l 8-g‘isht zavodi va boshqa zavodlarda chiqariladi. 1990 yillar boshidan g‘ishtni yangi texnologiya asosida tayyorlash bo‘yicha ekspremental sexlar ishga tushirildi.
    Keramika sanoati tarmoqlarida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari kombinatida barcha turdagi sopol koshinlar, sanitariya-qurilish foyansi, gips, kanalizatsiya quvurlari, maloyiha buyumlari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
    SHisha-oyna sanoti sohasida «quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi va /azalkent shisha-oyna zavodi ishlaydi. Bu korxonalarda yo‘liga 212 mln. dona konserva shisha idishlari, 80 mln. dona butilka, 2 mln.m2 deraza oynasi ishlab chiqariladi.



    Download 42.51 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 42.51 Kb.