Respublika qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘i istiqbollari




Download 198.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi198.64 Kb.
#55256
Bog'liq
Телевидениега ТЕЗИСЛАР —
1. Tabiiy qurilish xom ashyolari haqida umumiy, Crossword-Classroom Objects, Camtasia Studio dasturi interfeysi, Innovatsion faoliyat - Vikipediya, Фан дастури, Tizim va signal mus, 6 para ink gos (3)


Respublika qurilish materiallari ishlab chiqarish 
sanoati tarmog‘i istiqbollari 
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng quloch yozib, yangi-yangi bino va 
inshootlar, ko‘p qavatli turar joylar, madaniy-maishiy obyektlar, yo‘llar, ko‘priklar va 
boshqa obyektlar jadal sur’atlar bilan qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish 
korxonalari ham keng ko‘lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish qancha ko‘p bo‘lsa, 
qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham shunchalik ortib boraveradi. 
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017 yilning 9 oyida 11 trillion 272 milliard 
so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,3 
foizga o‘sish ta’minlangan. 
Asosiy faoliyat yo‘nalishi yangi-yangi loyihalarni topish, tashabbuskorlarning 
g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar 
va imtiyozlar bilan tanishtirish, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
bo‘lgan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 
25 oktyabrdagi “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil 
etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qurilish 
materiallari sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq 
korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab 
va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, yangi 
quvvatlarni barpo etish va kam resurs va energiya sarf etgan holda, zamonaviy, 
raqobatbardosh, eksportbop qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 
keng ko‘lamli amaliy ishlarni amalga oshirmoqda. 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan soha 
mutasaddilari oldiga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, sanoatning 
qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida, yangi-
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qurilish materiallarining kam resurs va 
energiya talab etadigan zamonaviy turlarini ishlab chiqarishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 
Birgina, 2017 yilning 11 oyida respublikamiz bo‘yicha 1977 ta, umumiy qiymati 1 
trln. 829 mlrd.so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilib, 881 
mlrd. loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘i, 773 mlrd. so‘m tijorat banklari kredit 
mablag‘lari, 41,6 mln. dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi hamda 22,5 mingta yangi 
ish o‘rinlari yaratildi. 
Birgina misol, Samarqand shahar, Farhod qo‘rg‘onida “Praym Keramiks” 
O‘zbekiston-Shvetsariya-Omon davlati qo‘shma korxonasida 1-bosqichda 
46 mln. dollar mablag‘ o‘zlashtirilishi natijasida, Italiya texnologiyasi asosida yiliga 
2,75 mln. kv.m katta o‘lchamdagi keramik qoplamali plitkalar ishlab chiqarish loyihasi 
muvaffaqiyatli amalga oshirildi hamda ushbu korxonada 200 ta yangi ish o‘rinlari 
yaratildi. 
Mazkur loyihaning 2018 yilning 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan 2-
bosqichida jami 12 mln. dollar, shundan 2 mln. dollar korxonaning o‘z mablag‘i, 10 mln. 
dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi natijasida, bir yilda 2750 ming kv.m. pol keramik 
plitkalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi hamda 100 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. 



Shu bilan birga, 2018 yilda umumiy qiymati 596,2 mln. dollar bo‘lgan 22 ta yirik 
ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirish uchun 90,84 mln. dollar loyiha tashabbuskorlarining o‘z 
mablag‘i, 286,8 mln. dollar tijorat banklari kredit mablag‘lari, 218,6 mln. dollar xorijiy 
investitsiyalar o‘zlashtiriladi (loyihalar ro‘yxati 3 varaqda ilova etiladi). 
Birgina misol, Jizzax shahridagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida qurilayotgan, 
O‘zbekiston-Xitoy “Miguan silu indastriy” qo‘shma korxonasi tomonidan 100 foiz 110 
mln. dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi natijasida yillik quvvati 24 mln. kv.m. 
bezakli, float va ultrayupqa oynalar ishlab chiqarishning 1-bosqichi, joriy yilning dekabr 
oyida, 2-bosqichi keyingi yilning 4-choragida yo‘lga qo‘yiladi, natijada 391 ta yangi ish 
o‘rinlari yaratiladi.
Yurtimiz zamini qurilish materiallari sanoati uchun boy mineral-xom ashyo 
resurslariga ega. 
Respublika hududida jami mingga yaqin qurilish materiallari, shu jumladan granit va 
marmar, sement xom-ashyosi, g‘isht va cherepitsa xom-ashyosi, qum-shag‘al aralashmasi, 
gil, bentonit gil, izvest, dolomit, granit, gipsli tosh, granosiyenit-porfir, valun-qumli-
gravir, ohaktosh, kaolin, marmarlashgan ohaktosh, granodiorit konlari aniqlangan bo‘lib 
bugungi kunda ular bazasida devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa 
qurilish va pardozlovchi materiallar, sement, asbotsement mahsulotlari va bog‘lovchi 
materiallar ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. 
Mazkur qurilish materiallari xom ashyo zahiralari mavjud konlarning 37 foizidan 
foydalanilayotgan bo‘lsa, 63 foizidan foydalanilmayapdi. Bu raqamlar sohani yanada 
rivojlantirish bo‘yicha ulkan imkoniyalar mavjudligini ko‘rsatadi. 
Respublika qurilish materiallari bozorini mahalliy xom-ashyolardan ishlab 
chiqarilgan, halqimizga manzur yuqori sifatli, zamonaviy qurilish materiallari bilan to‘liq 
ta’minlash, eksport hajmini oshirish tarmoqning bugungi kundagi asosiy maqsadi va 
vazifasi hisoblanadi. 
Mazkur loyihalarni amalga oshirishda jamiyatning har bir mutasaddi xodimlari 
tomonidan mahalliy hokimliklar hamda tegishli idora va tashkilotlarning mas’ul vakillari 
bilan hamkorlikda hisob-kitoblarning asoslanganligi, kafolatlangan moliyalashtirish 
manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. 
Ushbu ezgu maqsadlarni yuqori saviyada, samarali va natijali amalga oshirishimiz 
uchun mamlakatimiz Prezidenti va Hukumati tomonidan barcha imkoniyat va sharoitlar 
yaratib berilgan bo‘lib, aniq maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga zaruriy 
imkoniyatlar mavjud. 

Download 198.64 Kb.




Download 198.64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublika qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘i istiqbollari

Download 198.64 Kb.
Pdf ko'rish