Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



bet23/149
Sana10.09.2024
Hajmi
#270811
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

2.3. Ochiq kalitli kriptotizimlar 
Simmetrik kriptotizimlardagi mavjud muammolardan biri – maxfiy kalitni 
xavfsiz uzatish va saqlash. Quyida kalitlarni uzatish va xavfsiz saqlash bilan bog’liq 
muammolarni bartaraf etgan, assimetrik yoki ochiq kalitli deb ataluvchi 
kriptotizimlar bilan tanishib chiqiladi. 
Ochiq kalitli kriptotizimlarda maxlumotni shifrlash bir kalit bilan amalga 
oshirilsa (ochiq kalit deb ataladi), uni deshifrlash boshqa bir kalit (shaxsiy kalit deb 
ataladi) bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, ochiq kalitli kriptotizimlar 
simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo’lgan kalitlarni taqsimlash muammosini 
o’zida bartaraf etgan. Biroq, ochiq kalitli kriptografik tizimlarning ham o’ziga xos 
muammosi mavjud. 
Ochiq kalitli kriptotizimlarni yaratishda 
“qopqonli” bir tomonlama 
funksiyalarga 
asoslaniladi. Bu o’rinda “bir tomonlama” iborasining ma’nosi – 
funksiya bir tomonlama osonlik bilan hisoblanadi. Biroq, ushbu funksiyani 
teskarisini hisoblash juda ham murakkab (ya’ni, hisoblash mumkin emas). Bu yerda 
“qopqonli” deyilishiga asosiy sabab, hujumchi ochiq axborotdan (masalan, ochiq 
kalit) shaxsiy axborotni (masalan, shaxsiy kalitni) tiklashda foydalana olmaydi. 
Mazkur bir tomonlama funksiyalarga misol sifatida 
faktorlash 
amalini olish mumkin. 
Ya’ni, tub bo’lgan ikkita 

va 

sonlarni generasiyalash va 
𝑁𝑁
=
𝑆𝑆 ∗ 𝑞𝑞
ni hisoblash 
oson. Biroq, 

soni yetarlicha katta bo’lganda uni ikkita tub sonning ko’paytmasi 
shaklida ifodalash murakkab vazifa va u yuqori hisoblash imkoniyatini talab etadi.
Simmetrik kalitli shifrlarda ochiq matn 
𝑃𝑃
shifrlansa, shifrmatn 
𝐶𝐶
hosil bo’ladi 
degan shartli belgilash kiritilgan edi. Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida esa xabar 
𝑀𝑀
shifrlansa, 
𝐶𝐶
shifrmatn hosil bo’ladi deb shartli belgilash kiritiladi.
Ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish uchun, B tomon 
ochiq kalit 
va unga mos bo’lgan 
shaxsiy kalit 
juftiga ega bo’lishi talab etiladi. B tomonning 


46 
ochiq kaliti kimga ma’lum bo’lsa, u ma’lumotni shifrlab yuborishi mumkin. 
Shifrlangan xabarni ochish faqat shaxsiy kalit egasi bo’lgan B tomonga joiz. 

Download
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot