|
Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar |
bet | 22/149 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | | | #270811 |
Bog'liq kiberxavfsizlik-asoslari2.2.6. Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar
Simmetrik shifrlash tizimlari ma’lumotni shifrlashda va deshifrlashda aynan
bir kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo’ylab shifrlangan ma’lumotni uzatishdan
oldin shifrlash kalitini uzatishni taqoza etadi. Boshqacha aytganda,
kalitlarni
tomonlar orasida xavfsiz uzatish
simmetrik kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo
sanaladi.
Bundan tashqari, bir foydalanuvchi qolganlari bilan ma’lumot almashmoqchi
bo’lsa, ularning har biri bilan alohida-alohida kalitlarga ega bo’lishi talab etiladi. Bu
esa foydalanuvchiga ko’p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
2.2.7. Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi
Amalda foydalanish uchun kriptografik tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy
talablar qo’yiladi. Ushbu talablar vaqt o’tishi bilan hisoblash qurilmalari
imkoniyatining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Kriptotizimlarda
foydalanilgan kalitni joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning
imkoniyati bo’lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror uzunlikdagi
kalitni bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblab chiqish nazarda
tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng bo’lsa, u holda bo’lishi mumkin bo’lgan
variantlar soni
2
4
= 16
ga teng bo’ladi yoki, umumiy qilib aytganda,
𝑛𝑛
bitli
kalitlarni bo’lishi mumkin bo’lgan variantlari
2
𝑛𝑛
ga teng bo’ladi.
Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi kalitlarning
uzunligi kamida 128 bitli bo’lishi zarur. 3-jadvalda turli uzunlikdagi kalitlarni
bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblash uchun turli qiymatdagi
qurilmalardan foydalanganda sarflanadigan vaqt keltirilgan. Ko’rsatilgan natijalar
2005 yildagi narx asosida keltirilgan [20].
3-jadval
Qurilma narxi
Kalit uzunligi
80-bit
112-bit
128-bit
10 000 $
7 000 yil
10
13
yil
10
18
yil
100 000 $
700 yil
10
12
yil
10
17
yil
45
1 000 000 $
70 yil
10
11
yil
10
16
yil
10 000 000 $
7 yil
10
10
yil
10
15
yil
100 000 000 $
245 kun
10
9
yil
10
14
yil
Download |
| |