Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



bet43/149
Sana10.09.2024
Hajmi
#270811
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

 
a.
Qalbakilashtirish. 
Hujumning mazkur turi biometrik parametrlarni 
qalbakilashtirishga asoslanadi. Masalan,bunga Hasan o’rniga yuzlari o’xshash 
bo’lgan Xusan autentifikasiyadan o’tishi yoki sifati yuqori bo’lgan foydalanuvchi 
yuz tasvirini uning fotosurati bilan almashtirib tizimni aldashini misol qilish 
mumkin.
 
b.
Ma’lumotlar bazasidagi biometrik parametrlarni almashtirish. 
Ushbu 
hujum bevosita foydalanuvchilarni biometrik parametrlari (masalan, barmoq izi 
tasviri, yuz tasviri va hak.) saqlanyotgan bazadagi tanlangan foydalanuvchining 
biometrik parametrlarini hujumchining biometrik parametrlari bilan almashtishga 
asoslangan. 
 
Autentifikasiya jarayonlarini hujumlardan himoyalashning har bir usullariga 
xos qarshi choralari mavjud. Umumiy holda, mazkur hujumlarni oldini olish uchun 
quyidagi himoya usullari va xavfsizlik choralari tavsiya etiladi: 
1.
Murakkab parollardan foydalanish.
Aynan ushbu usul parollarni barcha 
variantlarini ko’rib chiqish va lug’atga asoslangan hujumlarning oldini olishga 
imkon beradi. 
2.
Ko’p omilli autentifikasiyadan foydalanish. 
Bu usul yuqorida keltirilgan 
aksariyat hujumlarni oldini olishga imkon beradi. 


87 
3.
Tokenlarni (smart kartalarni) xavfsiz saqlash. 
Bu usul biror narsaga egalik 
qilishga asoslangan autentifikasiya usulida token yoki smart kartalarni buzg’unchi 
qo’liga tushib qolishdan himoyalash darajasini oshirishga imkoni beradi. 
4.
Tiriklikka tekshirishdan foydalanish. 
Ushbu usul biometrik parametrlarga 
asoslangan autentifikasiyalash usullarida tasvir orqali aldab o’tish hujumini oldini 
olishda samarali hisoblanadi.

Download
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot