103
yoki o’g’irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki yo’q qilinishi, yong’in yoki tabiiy
ofatlar kabi tahdidlardan himoyalashga xizmat qiladi.
-
texnik nazorat
mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi
fizik aktivlardan yoki
binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalardan foydalanib, odatda
taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari,
dasturlari, amallari va ilovalardan foydalanadi.
-
fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura.
Tashkilotlar o’zlari
uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning joylashuvi, qo’shni binolar,
elektr
va suv manbalari, kanalizasiya tizimi, kichik va katta yo’llarga yaqinligi,
transport masalasi, tez yordam ko’rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi,
mazkur hududdagi jinoyatchilik ko’rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan
barcha
omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, tarnadolar, yer
silkinishi, dovul, yong’inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli bo’lishi tavsiya etiladi.
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo’lib, ichki tuzilma
va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida tashkilot
tomondan binodagi
barcha aktivlarning ro’yxati tayyor bo’lishi lozim.
Tashkilot infratuzilma va arxitekturasini loyihalashda quyidagi jihatlarga
e’tibor berishi lozim:
-
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, mashinalar
to’xtab turish joylari, o’tish yo’laklari va qabul qilish hududlarini
aniqlashtirilganligiga;
-
joylashgan hududga yaqin qo’shni
binolarning ichki va tashqi
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun binolarning
egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga;
-
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko’rinishi orqali
zarar yetishi mumkin bo’lgan
tahdidlarga;
-
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni
sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta’sirini
o’rganilganligiga;
104
-
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot faoliyatini
samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan
muhim infratuzilmani
aniqlashtirishga.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong’inga qarshi tizimlar.
Yong’inga qarshi
tizimlar o’zida