Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

tumba
kichik vertikal shaklida bo’lib, avtomobillarni kirishidan 
himoyalaydi; 
-
turniketlar 
shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki token 
ko’rsatilganda bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki chiqishiga ruxsat 
beradi; 
-
fizik himoyani tashkil qilishda bundan tashqari 
turli eshiklar, oynalar, 
panjaralar, deraza pardalaridan
foydalaniladi.
a) elektr to’siqlar 
b) Metal to’siqlar 
s) To’mbalar 
d) Turniket 
37-rasm. To’siqlarga misollar 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik xodimi 
(qo’riqchi) tashkilotning fizik 
xavfsizligini tashkil etish, monitoring qilib borish va madadlash vazifasini bajarib, 
maxfiy axborotni yo’qolishidan, o’g’irlanishidan, noto’g’ri foydalanishidan 
himoyalash uchun xavfsizlik tizimini o’rnatish, baholash va ishlab chiqish uchun 
javobgardir. Yuqori malakali va tajribaga ega xodim ixtiyoriy tashkilotning 
xavfsizligida muhim rol o’ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga 
oshirilgan himoya 
24x7x365
tartibida amalga oshirilishi zarur. Fizik xavfsizlikka 
jalb etilgan shaxslar quyidagilar: 
Qo’riqchilar 
odatda asosiy kirish eshigi va darvozadan kiruvchilarni va 
xodimlarni nazorat etishga javobgar bo’lib, xususan, ular begona shaxslarning 
tashkilot hududiga kirmasligini, turli taqiqlangan buyumlarni olib kirmasligini 
ta’minlashi talab etiladi. Tashkilotdagi barcha kirish eshiklaridagi holatlar 
qo’riqchilar tomonidan CCTV (Closed-circuit television) kameralar yordamida 
kuzatib boriladi va yozib olib ma’lum vaqtda saqlanib boriladi. 


107 
 
Tashkilotdagi qo’riqchilar boshlig’i. 
Tashkilotdagi qo’riqchilar boshlig’i 
qo’riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda qo’riqchilarga ko’mak berish, 
olamonni tarqatib yuborish, binodagi qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga 
javobgar. 
 
Xavfsizlik xodimi
tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni o’rnatish, 
boshqarish va ularni to’g’ri ishlayotganini kafolatlashi shart. 
 
Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security Officer). 
O’tgan davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi tashkilotdagi barcha 
xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, hattoki, tarmoq va tizim 
xavfsizligiga ham javobgar bo’lgan. Hozirda esa, ushbu shaxslarga asosan texnik 
tomondan bilim va ko’nikmalar talab etiladi. 
Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikasiya usullari. 
Tashkilot hududida 
shaxslarni autentifikasiyalash vazifasi o’rta to’siqlar vazifasini bajaruvchi 
turniketlar tomonidan yoki qo’riqchilar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Shaxslarni autentifikasiyalash usullarini umumiy holda quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: 
-
biror narsani bilishga asoslangan; 
-
biror narsaga egalik qilishga asoslangan; 
-
biometrik parametrlarga asoslangan. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar 
ruxsatsiz fizik foydalanishlarni 
cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o’zining xavfsizik talablaridan kelib 
chiqqan holda ularni tanlashi shart. Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng 
foydalanilmoqda: 
Mexanik qulflar: 
tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning eng oson 
usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo’lishi mumkin. Mexanik qulflarning ikki turi 
mavjud (38-rasm). 


108 
a) o’ralgan qulf 
b) tumbler qulfi 
38-rasm. Mexanik qulflar 
Raqamli qulflar: 
raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror narsani (kalitni) 
olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki PIN koddan oson 
foydalaniladi.

Download 4,35 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish