Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

toza stol 
siyosatini va axborotni 
ishlashda 
toza ekran 
siyosatini amalga oshirish. 
Toza stol
siyosatiga ko’ra tashkilot uchun muhim bo’lgan axborotni xodimlar 
tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan tashqariga olib chiqmasligi zarur. 
Toza ekran
siyosatiga ko’ra esa xodim o’z kompyuteridan foydalanish davomida uni 
nazoratsiz qoldirmaslikka e’tibor qaratadi. 


112 
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. 
Yoritish tizimlari tashkilot 
binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining 
atrofida yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining samaradorligiga 
salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki 
kuzatuv kamerasi o’rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob 
bermasa, u holda ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati 
kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko’ra quyidagilarga 
bo’linadi: 
-
doimiy yoritish tizimlari 
– tashkilot binosi atrofida o’rnatilgan yoritish 
vositalari;
 
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari – 
biror bir ogohlantiruvchi signal ta’sirida 
avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish vositalari;
 
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari – 
qo’lda boshqariluvchi yoritish vositalari 
bo’lib, qorong’uda zaruriyat bo’lganda yoritish uchun foydalaniladi;
 
-
favqulotda yoritish tizimlari – 
elektr quvvati yoki elektr energiyasi manbalari 
ishdan chiqqanda tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun 
foydalaniladi.
 
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: quvvat manbalari. 
Quvvat manbalari 
nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga balki, fizik xavfsizlikni 
ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. Quvvatning yetarli darajada 
bo’lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. 
Tashkilotlarda quvvat manbaini uzulishi natijasida yuzaga keladigan zararni 
kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko’rish zarur: 
-
quvvat tebranishlariga tayyor turish; 
-
quvvat uzilishi kuzatilganda uzluksiz quvvat manbalaridan (UPS – 
Unintrruptible power supply) foydalanish; 
-
vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o’rnatish; 
-
ish joylarida statik elektrga noma’qul ta’sirdan himoyalash tizimlarini 
o’rnatish; 
-
elektr quvvatidan ishlaydigan vositalardan to’g’ri foydalanish. 


113 
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona. 
Tashkilotning qabulxonasi har doim 
mehmon va tashkilotlar o’rtasida o’zaro aloqa o’rnitishda muhim soha hisoblanadi. 
Qabulxona mehmonlar uchun qulay foydalanishni ta’minlagani bois, fizik xavfsizlik 
nuqtai nazardan zaif bo’lishi mumkin. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli 
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va boshqalar bo’lishadi. Shu sababli, 
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishi va qayd etishi 
lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining xavfsizligi. 
Har bir tashkilot o’z serverini va zaxira nusxalash vositalarining fizik xavfsizligini 
ta’minlashga e’tibor berishi lozim. Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarni 
cheklangan bo’lishi va undan faqat, ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishi mumkin 
bo’ladi. Server va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash 
uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
-
server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. Bu chora 
ushbu qurilmalarni noma’lum va shaxslar yoki xodimlar tomonidan ruxsatsiz 
boshqarilishini cheklaydi; 
-
server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki muhitga kuzatuv 
kameralarini va smart karta yoki biometrik parametrlarga asoslangan 
autentifikasiyani joriy etish; 
-
serverlarni o’g’irlinishidan va zararlanishidan himoyalash uchun maxsus 
tagliklarga o’rnatish;
-
turli quvvat o’zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira UPS 
vositasiga ulash; 
-
qurilmalarni qulflanuvchi xona yoki kabinetlarda saqlash; 
-
xodimlar tomonidan ixtiyoriy zaxira nusxalash va server vositalarini olib 
chiqib ketilmasligini ta’minlash. 

Download 4,35 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish