181
to’g’riligini nazoratlash ta’minlanmaydi. RAID 1
texnologiyasidan asosan
moliyaviy, to’lov va qayd yozuvi ilovalari ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi.
Ushbu sathda kamida ikkita diskni bo’lishi talab etilsada, ushbu
texnologiya disk
hajmidan to’liq foydalanish ta’minlamaydi. Masalan, agar RAID 1 server ikkita 4
GBaytli diskdan iborat bo’lsa, ma’lumotni saqlash hajmi 8 GBayt emas, balki, 4
GBaytni tashkil qiladi (68-rasm).
RAID 1 sathi yuqori o’qish
unumdorligiga egaligi, qurilma va dasturiy RAID
tizimlari uchun bir xil mosligi va ishonchligi kabi afzalliklarga ega bo’lsa, “qaynoq
almashtirish”ning imkonsizligi va hajmdan unumli foydalana olmaslik kabi
kamchiliklarga ham ega.
A
E
B
F
C
G
D
H
A
B
C
D
E
F
G
H
=
=
68-rasm. RAID 1 disklari
RAID 3: diskni navbatlanishi va xatolikni nazoratlash.
RAID 3 sathida asosiy
vazifa diskni navbatlash va xatolik mavjud bo’lganda
uni nazoratlashdan iborat
bo’lib, buning uchun RAID 3 sathida kamida 3 ta disk talab etiladi. Ma’lumotlar bir
qancha disklarga bayt sathida saqlanadi. RAID 3 sathida bir disk qolgan disklardagi
ma’lumotlarni xatoligini tuzatish uchun nazorat bitini saqlaydi. RAID 3 sathi
ma’lumotni yoqish va yozish uchun yuqori tezlikga egaligi
va buzulishga qarshi
ishonchligi bilan ajralib turadi.
Shunga qaramay, o’rnatishdagi
va sozlashdagi
murakkablikka va kam unumdorlikka ega (69-rasm).