180
to’g’irlash ham uzoq vaqt talab etadi. Bu o’rinda disklar sonini ortishi ham
ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Narxning yuqoriligi:
RAID texnologiyasini amalga oshirish iqtisodiy
jihatdan yuqori narxni talab etadi. Bundan tashqari, tashkilotlar tizim ishini
yaxshilash uchun qo’shimcha RAID kontrollerlari va qurilma drayverlarini sotib
olishi talab etiladi.
RAID 0: diskni navbatlanishi.
Tashkilotdagi talablarga bog’liq holda RAID
sathini tanlash amalga oshirilib, RAID sathlarida unumdorlik, xatolikni nazoratlash
yoki har ikkalasi uchun imkoniyatlar mavjud (67-rasm).
RAID 0 sathi ma’lumotni unumdorligi bilan shug’ullanadi. RAID 0 sathi
kamida ikkita diskni talab qilib, ushbu sathda ma’lumotlar sektorlarga bo’linadi va
ko’plab disklar bo’ylab yoziladi. Bunda, saqlanayotgan ma’lumot hajmi qattiq disk
hajmiga teng bo’lgani bois, RAID 0 sathi xatolikni nazoratlashni ta’minlamaydi. Bir
diskdagi buzilish 0-sathdagi barcha disklarni buzilishiga olib keladi. Mazkur holda
ma’lumotni tiklash imkoniyati minimal darajada bo’ladi. RAID 0 sathining afzalligi
ma’lumotni o’qish va yozish unumdorligi, narx va amalga oshirishning osonligi kabi
afzalliklarga ega bo’lsa, ma’lumotni nusxalash imkoniyatining yo’qligi, ma’lumotni
tuzatish imkoniyati yo’qligi va ishonchsizligi kabi kamchiliklarga ega.