|
26-ma’ruza: tarmoq xavfsizligi
|
bet | 1/7 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 214,04 Kb. | | #122516 |
Bog'liq 6vvlAUKlhUioa94iwkqA9RY3UYMMglYxqyx9nnOv REJA: REJA: 3. Tarmoq xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar 4. Tarmoq xavfsizligi usullarining klassifikatsiyasi Tarmoq xavfsizligi vazifalari Telekommunikatsiya tarmoqlaridan bugungi kunda turli xil vazifalarni hal etishda foydalaniladi, xususan, taqsimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishda, foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida, ishlab-chiqarishda, xo‘jalik va ilmiy-texnikada mushkul vazifalarni bajarishda taqsimlangan hisoblash tizimlari shaklantirishda ishlatilmoqda. Tarmoq texnologiyalari inson faoliyatining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib kelishi natijasida tarmoq faoliyati xavfsizligi va tarmoq orqali axborot uzatish xavfsizligini ta’minlash vazifasi birinchi o‘ringa chiqishi tabiiy holdir. Telekommunikatsiya tarmoqlarida horijiy texnologiya va uskunalardan foydalanilish natijasida jamiyat faoliyatining turli sohalari, ulardagi AX darajasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda, sababi yashirin zaifliklar mavjudligi mazkur sohalar faoliyatiga ruxsatsiz aralashish xavfini oshiradi va mazkur ehtiyoj texnik taraqqiyot jarayonida faqatgina ortib boradi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida horijiy texnologiya va uskunalardan foydalanilish natijasida jamiyat faoliyatining turli sohalari, ulardagi AX darajasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda, sababi yashirin zaifliklar mavjudligi mazkur sohalar faoliyatiga ruxsatsiz aralashish xavfini oshiradi va mazkur ehtiyoj texnik taraqqiyot jarayonida faqatgina ortib boradi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida AXni ta’minlashdek muammoning ahamiyati va dolzarbliligi ko‘plab g‘ayriqonuniy qoidabuzarliklar kabi aniq faktlar bilan tasdiqlanadi. Telekommunikatsiya tarmoqlari axborot muhitiga ta’sir o‘tkazish yo‘li orqali tarmoqlar faoliyatiga ruxsatsiz aralashuvni namoyish etuvchi bir nechta misollarni ko‘rib chiqamiz. 2007-yil aprel oyida Estoniyada axborot xuruji “taqsimlangan xizmat ko‘rsatishni rad etish” (DDoS) natijasida, Internet tarmog‘i infratuzilmasi bir necha hafta davomida ishdan chiqqan.
|
| |