|
Tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida hal etish zarur bo‘lgan vazifalarga
|
bet | 4/7 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 214,04 Kb. | | #122516 |
Bog'liq 6vvlAUKlhUioa94iwkqA9RY3UYMMglYxqyx9nnOvTarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida hal etish zarur bo‘lgan vazifalarga: Tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida hal etish zarur bo‘lgan vazifalarga: - foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarga noqonuniy kirishdan tarmoqlarni muhofaza qilish;
- buzuvchilar tomonidan tarmoqqa qasddan ta’sir etish ehtimoli mavjud bo‘lgan sharoitlarda sifatli xizmat ko‘rsatish kafolatini ta’minlash;
- buzuvchi tomonidan tarmoq ish faoliyatini cheklashga urunishlarini aniqlash, uning joylashgan joyini topish va uning hatti-harakatlari oqibatida etkazilgan zararni bartaraf etishni ta’minlash;
- tarmoqlarni zarar etkazuvchi dasturlardan himoyalash.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tashkil etuvchilar quyidagilar xisoblanadi: Telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy tashkil etuvchilar quyidagilar xisoblanadi: - tarmoq elementlari;
- raqamli ATS;
- FR, ATM, IP, MPLS texnologiyalari asosida ma’lumotlar yuborish tizimi;
- komutatorlar, marshrutizatorlar, ruxsat berish serverlari;
- tarmoqni ish faoliyatini ta’minlovchi tizimlar: tarmoqni boshqarish; trafik nazorati; texnik ekspluatatsiya;
- avtomatlashtirilgan to‘lov (billing tizimi) tizimlari va biznes jarayonlarini ta’minlovchi tizimlar.
AXVlar funksional modullar bo‘lib, ular asosida hisoblash tizimining tarmoq xavfsizligining kompleks tizimi yaratiladi: AXVlar funksional modullar bo‘lib, ular asosida hisoblash tizimining tarmoq xavfsizligining kompleks tizimi yaratiladi: - tarmoqlararo ekranlar;
- tajovuzni oldini oluvchi tarmoq tizimlari;
- kriptografik shlyuzlar;
- masofaviy muhofaza etilgan kirish shlyuzlari;
- SSL VPN shlyuzlari;
- universal xavfsizlik shlyuzi;
- DDoS -taxdiddan himoyalash;
- AX tahdidlari va trafikni monitoring qilib borish.
Asosiy tushuncha, atamalar - Axborotning xavfsizligi – avtomatlashtirilgan tizimda saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi, axborotni moddiy va mantiqiy jihatdan yahlitligini salbiy ta’sirlardan (yo‘q qilish, buzish) yoki ruxsatsiz ishlatilishidan muhofaza etilgan holati.
- AX – axborot va ta’minot infratuzilmasining tabiiy, sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan amalga oshirilgan ta’sirlardan muhofaza etilgan holatlar to‘plami.
- Telekomunikatsia tarmoqlari AX – telekommunikasiya tarmog‘ining buzuvchi tomonidan telekommunikasiya tarmog‘i faoliyat yuritish jarayonida tarmoq ob’ektlari, ularning ichida aylanib yuruvchi ma’lumotlar va tarmoqni boshqarish ma’lumotlariga nisbatan tanishib chiqish, buzish, o‘chirib tashlash yoki foydalanishni cheklash maqsadida tasodifiy yoki qasddan uyushtirgan muayyan ko‘p turdagi ta’sirlardan muhofaza etilganlik darajasi.
|
| |