|
-yil aprel oyida Estoniyada axborot xuruji “taqsimlangan xizmat ko‘rsatishni rad etish” (DDoS) natijasida, Internet tarmog‘i infratuzilmasi bir necha hafta davomida ishdan chiqqan
|
bet | 2/7 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 214,04 Kb. | | #122516 |
Bog'liq 6vvlAUKlhUioa94iwkqA9RY3UYMMglYxqyx9nnOv 2007-yil aprel oyida Estoniyada axborot xuruji “taqsimlangan xizmat ko‘rsatishni rad etish” (DDoS) natijasida, Internet tarmog‘i infratuzilmasi bir necha hafta davomida ishdan chiqqan. 2007-yil 24-avgust va keyingi bir necha kun davomida, Microsoft korporasiyasi dunyo bo‘ylab o‘n millionlab kompyuterlarga ruxsatsiz kirishni amalga oshirdi. Mazkur ruxsatsiz kirish Windows XP va Windows Vista operasion tizimlari (OT)dan foydalanuvchilarning kompyuterlariga Internet tarmog‘iga ulanganda qo‘llaniluvchi to‘qqizta fayllarni o‘rnatishdan iboratdir. Mazkur fayllar xattoki OTni avtomatik yangilash funksiyasi o‘chirilgan kompyuterlarda ham almashtirilgan. Tarmoq xavfsizligi tarmoq infratuzilmasi va uning tarkibida ishlovchi siyosatlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘plamidir. Mazkur siyosatlarga amal qilish tarmoq resurslarini ruxsatsiz kirishdan muhofaza etishni ta’minlaydi. Tarmoq xavfsizligi tarmoq infratuzilmasi va uning tarkibida ishlovchi siyosatlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘plamidir. Mazkur siyosatlarga amal qilish tarmoq resurslarini ruxsatsiz kirishdan muhofaza etishni ta’minlaydi. Tarmoq xavfsizligi tushunchasini tashkilotning axborot infratuzilmasini tashqi jinoyatchi (qoidabuzarlar)dan muhofaza etish sifatida tushunsak to‘g‘riroq bo‘ladi (autentifikatsiya, avtorizatsiya, tarmoq ekranlari, IDS/IPS, VPN va boshqalar yordamida), shuningdek tashkilot ichida hodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan tasodifiy xatoliklarni yoki insayderlarning qasddan amalga oshirgan harakatlarini ham tushunamiz. Xavfsizlikka taxdid qiluvchilar ikki sinfga bo‘linadi: tasodifiy tahdidlar va qasddan sodir etiluvchi tahdidlar. Xavfsizlikka taxdid qiluvchilar ikki sinfga bo‘linadi: tasodifiy tahdidlar va qasddan sodir etiluvchi tahdidlar. - Tasodifiy tahdidlarning sabablari quyidagilar:
- uskunalarning ishlamay qolishi va rad etishlar;
- telekommunikatsiya liniyalaridagi shovqin va xatoliklar;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodim va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar;
- ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan sxematik va texnik-tizimiy xatolar;
- struktura, algoritmik va DT xatolari;
- tabiiy ofatlar, avariya natijasida elektr ta’minoti buzulish oqibatidalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-yil aprel oyida Estoniyada axborot xuruji “taqsimlangan xizmat ko‘rsatishni rad etish” (DDoS) natijasida, Internet tarmog‘i infratuzilmasi bir necha hafta davomida ishdan chiqqan
|