183
RAID 10: bloklarni navbatlash va akslantirish.
RAID 10 sathi
gibrid sath
bo’lib, RAID 1 va RAID 0 sathlaridan iborat. Bu sath “akslantirishlar tasmasi” ham
deb ataladi. RAID 10 sathi nazoratlash imkoniyatsiz RAID 1
texnologiyasining
akslantirishi va RAID 0 texnologiyasining navbatlanishidan iborat. RAID 10
sathining unumdorligi RAID 1 nikidan yuqori va RAID 1 kabi buzilishga chidamli.
RAID 10 sathi uchun kamida 4 ta disk talab etiladi. Ushbu tizimdan ma’lumotlar
bazasi
serverlari, veb
serverlar, pochta va boshqalarda
foydalanish yuqori samara
beradi. Ushbu sath yuqori IO amallarini ta’minlaydi,
samarali yozish amaliyotiga
ega bo’lsada, undan foydalanish juda ham qimmat (71-rasm).
A
B
C
D
A
B
C
D
=
A
B
C
D
E
F
G
H
Akslantirish
Navbatlash
RAID 1
RAID 0
71-rasm. RAID 10 disklari
RAID 50: bir qancha RAID sathlari bo’ylab akslantirish va navbatlash.
RAID
50 bir qancha RAID sathlari bo’ylab akslantirish va navbatlashni o’z ichiga oladi.
Ushbu sath 0 sathli navbatlash va 5 sathli taqsimlangan ma’lumotni to’liqligini
nazoratlashdan iborat. RAID 50 sathini sozlash uchun kamida 6 ta disk talab etiladi.
Disk zararlangan vaqtda “qaynoq almashtirish” yordamida uni almashtirish mumkin.
Umumiy holda, RAID 50 sathi RAID 5 sathini
yozish va buzilishga qarshi
himoyalangan ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu sath xavfsizligi,
yuqori funksioanllik
(bir diskni buzilishi katta ta’sir qilmaydi) va o’qish hamda yozish unumdorligi kabi
afzalliklar bilan xarakaterlanadi. Biroq, nazoratlash uchun maxsus kontrollerni talab
etadi (72-rasm).