186
akslantirish yoki nusxalash holatlarida muhim hisoblanadi. Ushbu usulda
ma’lumotni zaxiralash uzoq vaqt oladi va jarayon biror vaqt
interval bilan amalga
oshiriladi (kundan xaftagacha bo’lgan).
Zaxira nusxalash manzilini tanlash.
Zaxira nusxalashda ma’lumot saqlanishi
manzilini tanlash muhim hisoblanadi. Quyida zaxira nusxalash manzillari keltirilgan.
Ichki (onsite) zaxiralash.
Ushbu zaxiralash usuli tashkilot ichida amalga
oshiriladi. Ichki zaxiralashda tashqi qurilmalar, lentali saqlagichlar, DVD,
qattiq
disk va boshqa saqlagichlardan foydalaniladi. Ichki zaxiralash qurilmalarni tanlash
zaxira saqlanuvchi ma’lumot hajmiga ko’ra tanlanadi.
Afzalligi:
-
ma’lumotdan zudlik bilan foydalanishni ta’minlaydi;
-
kam xarajatlilik;
-
zaxira nusxalashda zarur bo’lgan qurilmalarni topish oson va narxi arzon;
-
tiklashdagi tezkorlik;
-
Internetdan foydalanish talab etilmaydi.
Kamchiligi:
-
zaxiralashni amalga oshirishda inson ishtirokini talab etadi;
-
tabiiy ofatlarga yoki o’g’irlashga moyil.
Tashqi (offsite) zaxiralash.
Tashqi zaxiralashda zaxiralash mosofadagi
manzilda amalga oshirilib, bunda fizik disklarga saqlash, onlayn yoki uchinchi
tomon xizmati asosida amalga oshirilishi mumkin.
Afzalligi:
-
tashqi zaxiralashni turli manzillarda va ko’plab
nusxalarda amalga oshirish
mumkin;
-
zaxiralash jarayoni avtomatlashgani bois inson tomonidan bo’lishi mumkin
bo’lgan xatolar soni kam;
-
ma’lumotni saqlash hajmi cheklanmagan.
Kamchiligi:
-
qimmat va uchinchi tomon xizmatini talab etadi;
187
-
Internet tarmog’iga ulanishni talab etadi va tarmoq
trafigini band qilishi
mumkin;
-
jarayon uzoq vaqt oladi.
Bulutli tizimda zaxiralash.
Ushbu zaxiralash usuli onlayn usul deb ham ataladi.
U zaxiralangan ma’lumotlarni ochiq tarmoqda yoki ma’lum serverda saqlaydi.
Odatda ma’lum server vazifasini uchinchi tomon xizmati tashkil qiladi. Ushbu
zaxiralash usuli tashkilot talabiga ko’ra zaxiralashni amalga oshirishi mumkin.
Masalan, tashkilotda kunlik zaxiralash talab qilinsa, jarayon har kuni amalga
oshiriladi.
Afzalligi:
-
diskka asoslangan zaxiralash, virtuallashtirish va shifrlash kabi
texnologiyalardan foydalangani bois, ushbu zaxira usuli
samarali hisoblanadi;
-
ma’lumotlarni monitoring qilish va tashkilot uchun hisobotlar berish
imkoniyati mavjud;
-
bulutli saqlangan zaxira saqlangan ma’lumotlarni Internet orqali boshqarish
oson.
Kamchiligi:
-
ma’lumotni tiklash ko’p vaqt talab qiladi;
-
zaxira nusxalashni amalga oshirgan uchinchi tomon har doim ham to’liq
ma’lumotni zaxiralash amalga oshirilganini kafolatlamaydi.
Zaxiralash turlari.
Mos zaxiralash usuli bu -
tarmoqqa ortiqcha yuklama
qo’shmaydigan, narx, vaqt va resursni kam talab qiladigani hisoblanadi. Amalda
uchta turdagi zaxiralash turlari mavjud:
to’liq, differensial
va
o’sib boruvchi
.
To’liq zaxiralash:
ushbu usul normal zaxiralash deb ham atalib, u jadvalga
ko’ra avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda, barcha fayllar nusxalanadi va
siqilgan tarzda saqlanadi. Ushbu usul nusxalangan ma’lumot uchun samarali
himoyani ta’minlaydi.
To’liq zaxiralash usuli tiklash tezligining yuqoriligi kabi afzallikka ega bo’lsa,
zaxira nusxalash jarayonining sekinligi va ma’lumotni saqlash uchun ko’p hajm
talab etadi.
188
O’sib boruvchi zaxiralash:
ushbu usulga ko’ra zaxiralangan ma’lumotga
nisbatan o’zgarish yuz berganda zaxiralash amalga oshiriladi. Oxirgi
zaxira
nusxalash sifatida ixtiyoriy zaxiralash usulidan foydalanish mumkin. Shuning uchun,
o’sib boruvchi zaxiralashni amalga oshirishdan oldin, tizim to’liq zaxirilanishini
amalga oshirishi shart.
Masalan, faraz qilinsin zaxira nusxalash jadvaliga ko’ra to’liq zaxiralash
yakshanba kuniga, ortib boruvchi zaxiralash esa seshanbadan shanbagacha amalga
oshirilishi belgilangan bo’lsin. Yakshanba kuni to’liq zaxiralash amalga
oshirilganidan so’ng, dushanba kunidagi o’zgarishlar seshanba kuni o’sib boruvchi
usul asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayoni shanbagacha davom ettiriladi (73.a -
rasm).
Ushbu zaxiralash usuli qolgan usullarga qaraganda kam saqlash
hajmini talab
etadi va amalga oshirilish jarayoni tez. Biroq, qolgan usullarga qaraganda qayta
tiklash sekin amalga oshiriladi.
Differensial zaxiralash:
ushbu zaxiralash usuli to’liq va o’sib boruvchi
usullarning mujassamlashgan ko’rinishi bo’lib, oxirgi zaxiralangan nusxadan
boshlab bo’lgan o’zgarishlarni zaxira nusxalash amalga oshiriladi.
Masalan, yuqoridagi misolni olaylik. To’liq zaxiralash
yakshanba kuni va
differensial nusxalash shanbagacha ishlashi jadvalda keltirilgan bo’lsin. Yakshanba
kuni to’liq zaxira nusxalash amalga oshirilganidan so’ng, dushanba kuni differensial
zaxiralash paydo bo’ladi va kun o’tishi bilan amalga oshiriladi. Bu holat o’sib
boruvchi zaxirilashga o’xshab ketadi. Biroq, seshanbada, zaxira nusxalar yakshanba
va dushanbadagi o’zgarishlar uchun amalga oshiriladi. Shundan so’ng,
chorshanbada zaxiralash yakshanba, dushanba va seshanba kunlari uchun amalga
oshiriladi (74.b - rasm).
Zaxiralash jarayoni to’liq zaxiralashga qaraganda tez amalga oshiriladi. Qayta
tiklash o’sib boruvchi zaxiralashga qaraganda tez amalga oshiriladi. Ma’lumotni
saqlash uchun to’liq zaxiralashga qaraganda kam joy talab etadi. Biroq, o’sib
boruvchi zaxiralashga qaraganda sekin amalga oshiriladi va ma’lumotni tiklash
to’liq zaxirilashga qaraganda sekin amalga oshiriladi.