|
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
|
bet | 3/29 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #127050 |
Bog'liq informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etishBitiruv malakaviy ishining maqsadi: ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti: ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish jarayonida faollashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: axborot texnologiyalari yordamida bilim oluvchilarni ta’lim jarayonida faollashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
Ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning mavjud pedagogic sharoitlarini aniqlash;
Innavatsion texnologiyalardan foydalanib informatik ta’lim berishda interfaol metodlardan foydalanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqish;
Ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanib, ta’lim berishning mazmuni, shakl va vositalarini ishlab chiqish va tajriba sinovidan o’tkazish;
Bitiruv malakaviy ishining metodlari:
Tarixiy xronologik tahlil;
Davlat va kasb-hunar kolleji me’yoriy hujjatlarini o’rganish;
Pedagogik kuzatuv;
So’rovnoma;
Kompyuterda o’qitish;
Inter’vyu;
Trening;
Monitoring;
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi:
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismdan boshlanib uchta bobdan tashkil topgan. Birinchi bobida informatikani o’qitishda innovatsion uslublar, informatika fanini o’qitishda qiziqtiruvchi o’yinlar texnologiyasi hamda informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish to’g’risida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi bobda ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning roli haqida yoritilgan. Uchinchi bobida pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish, Autopley media studiosi yordamida yaratilgan yangi innovatsion electron o’quv qo’llanma loyihasi berilgan.
|
| |