|
Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 1/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 142,71 Kb. | | #236958 |
Bog'liq Avulova Nargiza interfaol met
OZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TALIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI
Mavzu: Tarbiya jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish yollari.
“Boshlangich talim” yonalishi
406-guruh
Bajardi: Avulova Nargiza
Tekshirdi: Ergasheva Gozal
TOSHKENT-2024
MUNDAREJA
KIRISH
ASOSIY QISM
Tarbiya jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning roli
Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish
Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish
KIRISH
“Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan,
vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni
o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Kurs ishining dolzarblligi: Ta'lim o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo’lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o’qituvchi o’z bilimi, ko’nikma va malakalarini mashg’ulotlar vositasida o’quvchilarga yetkazadi, o’quvchilar esa uni o’zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Ayni vaqtda Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ―Raqamli O’zbekiston-2030 strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta‘minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.[2] O’rganish jarayonida o’quvchilar o’zlashtirishning turli ko’rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o’zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o’ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o’quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil o’rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o’yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so’zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo’llanmoqda. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi O’quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish; o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; o’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). Mazkur metod o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: o’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi; o’quvchilar mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; o’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. 1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o’rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo’llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to’rtta va taalluqli bo’lmagan (ortiqcha) bitta so’z (tushuncha, fikr) beriladi.[4-1]
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|