Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish




Download 142,71 Kb.
bet5/8
Sana16.05.2024
Hajmi142,71 Kb.
#236958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Avulova Nargiza interfaol met

Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar o’quvchilar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xat o xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o’quvtarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida ―Ta’lim to’g’risidagi Qonunda rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o’qituvchidan ko’proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovasion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Download 142,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 142,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish

Download 142,71 Kb.