Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish




Download 142,71 Kb.
bet7/8
Sana16.05.2024
Hajmi142,71 Kb.
#236958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Avulova Nargiza interfaol met

Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

      • o’rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;

      • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;

      • mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

      • o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o’zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko`rgazmali-amaliy), diqqati (qat`iyliligi, boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida o`quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag`batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv masalalari murakkablik darajasi o`quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi. Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o`tkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o`qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o`lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo`nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko`rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do`stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:

    1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi.

    2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi.

    3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

Pedagogik dasturiy vositalarni qo`llash asosida o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikma va malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq ma`lumotlarni yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich sinflarda interfaol va zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quv jarayonini samarali tashkil etishning asosidir. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish esa o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashni kengaytirish bilan birga ularni mdarslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy ta‘lim dasturlaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnalogiyalari asosida tashkil etilishi ta‘lim- tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Multimedia texnalogiyalaridan foydalanish, ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil,ijodiy fikrlash yanada rivojlanadi. Aytishimiz joizki interfaol va zamonaviy metodlar, axborot kommunikativ vositalarning boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llanilishi o‘quvchilarda zamonaviy va kreativ fikrlashiga sabab bo‘ladi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



Download 142,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 142,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Download 142,71 Kb.