• «Ruchka stol o’rtasida»
  • Ruchka stol o’rtasida”
  • Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 142,71 Kb.
    bet6/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi142,71 Kb.
    #236958
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Avulova Nargiza interfaol met

    «Dumaloq stol» metodi: Topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’lab aylantiriladi. Har bir o’quvchi o’zining javob variantini yozib qo’ygach, varaqni boshqa o’quvchiga uzatadi. Keyin muhokama bo’ladi: noto’g’ri javoblar o’chiriladi, to’g’ri javoblarning soniga qarab o’quvchining bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og’zaki shaklda ham qo’llash mumkin.
    Berilishi mumkin bo’lgan topshiriqlarga misollar:
    – tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?;
    – aqliy tarbiyaning hozirgi davr talabi nimada?;
    – axloqiy tarbiya vazifalari qaysilar?;
    – ekologik tarbiyaning mohiyati nimada?;
    – mehnat va iqtisodiy tarbiyaning muhim vazifalarini izohlang;
    – estetik tarbiyaning vazifalarini ayting;
    – jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati;
    – huquqiy tarbiyaning muhim belgilari qaysilar?
    Shuni esda tutish kerakki, yaxshi qo’yilgan savol, bu – javobning yarmisini o’zida jo etgan savoldir.
    «Ruchka stol o’rtasida» metodi.Butun guruhga topshiriq beriladi (masalan, o’quvchi shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir etuvchi, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillarini birma-bir ko’rsatib o’tilsin). Har bir o’quvchi bitta javob variantini bir varaq qog’ozga yozib, uni qo’shnisiga beradi, o’z ruchkasini esa stolning o’rtasiga surib qo’yadi. Topshiriqqa misol: O’qituvchining guruhga beradigan topshirig’i shaxs rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hayotiy misollar bilan sharhlab berish.Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko’proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog’ozga yozilgan topshiriq bir o’quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. o’quvchi javobni yozib, qog’ozni keying o’quvchiga uzatadi, ruchkasini esa, o’ziga ro’baro’ qilib, stolga qo’yib qo’yadi. Javobni bilmaydigan o’quvchi qog’ozni keyingi o’quvchiga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo’lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo’lishiga bu o’rinda yo’l qo’yilmaydi. Topshriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog’oz o’qituvchida. U o’sha variantlarni sanab o’tadi. Variantlar sanab o’tilar ekan, ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug’ma qobiliyatni qanday izohlaysiz? Bolani o’rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? Va hokazo.
    Ruchka stol o’rtasida” metodi bir qancha afzalliklarga ega.
    Jumladan, o’qituvchi mashg’ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko’rib turadi: – mashg’ulotga tayyorlanmagan o’quvchi og’zaki muhokama paytida ko’rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;
    – bu guruhda olib boriladigan ish bo’lib, o’quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o’z variant ustida juda uzoq o’ylab o’tiradigan o’quvchi butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, o’quvchi mashg’ulotga tayyor bo’lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo’ladi;
    – o’quvchilar o’z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og’zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Shunday qilib, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan mazkur interfaol usullar o’quvchi-o’quvchilarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi. Interfaol usullarni yana boshqaca ta’riflaydigan bo’lsak interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi.
    Interfaol metod — ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
    Uning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.Interfaollik, bu-o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o’quv-biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o’qituvchi-o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida kechadi.
    Interfaollik — o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (sub’yektsub’yekt) suhbatlarida sodir bo’ladi.
    Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o’q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o’quvchi chetda qolmay, eshitgan, o’qigan, ko’rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi.Interfaol ta’lim o’z xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o’z ichiga oladi. Demak, interfaol ta’lim texnologiyalari va uning muhim tarkiiy elmenti bo’lgan interfaol metodlar ta’lim jarayonini tashkil etish ko’rsatkichlarining o’zgarishini ta’minlaydi. Zero, zamonaviy ta’lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog’liqlikda ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi. Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: o'yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi; o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi; hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni engish va mo'ljalni to’g’ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratiladi; o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.

    Interfaol mashg’ulotlar o’ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo’lib, uni tashkil qilish va olib borish bo’yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo’yicha alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg’ulot jarayonida shu mashg’ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko’zda tutiladi. Shu bilan birga bir mashg’ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo’llaniladi. Ular bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagicha nomlanadilar:



    1. Moderator – ta’lim mazmunini yaratish, modullarini ishlab chiqish.

    2. Trener–o’quvchilarning ko’nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o’tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassis.

    3. Tyutor–masofadan o’qitish dasturlarini yaratish va bajarilishini ta’minlash.

    4. Fasilitator–darsda ko’makchi, yo’naltiruvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi.

    5. Mentor–ustoz, o’rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).

    6. Kouch–ta’lim oluvchilarning to’liq o’zlashtirishlari uchun yordam ko’rsatuvchi repetitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg’ulotni, ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport bo’yicha tayyorgarlik ko’rish).

    7. Konsultant–maslahat berish, tushuntirish, qo’shimcha ma’lumot berish.

    8. Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.

    9. Ekspert – kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.

    10. Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg’ulotlar jarayoniga joriy qilish.

    11. Kommunikator–o’zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshirish, takomillashtirish.

    12. O’qituvchi–mashg’ulot mavzusi bo’yicha ko’zda tutilgan mazmunni tushuntirish, o’quv jarayoniga rahbarlik.

    13. Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.

    14. Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.

    15. Assistent–mashg’ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo’llashga tayyorlash, mashg’ulot ishtirokchilariga yordam ko’rsatib turish.

    16. Sekretar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o’rnatilgan tartibda saqlash.

    17. Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni hal etib boradi.

    18. Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo’yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.

    19. Koordinator-loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik, ularni amalga oshirishni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish.

    20. O’quvchilar – ta’lim oluvchilar.

    Interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, o’quvchilar orasida emostional aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilarning asabiy zo’riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi. Interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash. Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga o’ziga xos talablar qo’yiladi, bular mashg’ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o’zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o’zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko’nikmalari va boshqalardan iborat.
    Mashg’ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to’g’ri tanlash, tayyorlash hamda mashg’ulot o’tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o’tkazish usullarini tanlashda to’g’ri hisobga olishi zarur.
    Bunda yangi bilimlarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo’llash mashg’ulotlarida hamda o’quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo’yicha mashg’ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to’g’ri tanlash nazarda tutiladi. To’g’ri tanlangan metodlarni qo’llash mashg’ulotning qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil o’rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o’yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so’zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo’llanmoqda. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
    O’quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
    • O’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
    • hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish;
    • o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
    • o’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). Mazkur metod o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.
    Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
    • o’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
    • o’quvchilar mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
    • o’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
    Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. 1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o’rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo’llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to’rtta va taalluqli bo’lmagan (ortiqcha) bitta so’z (tushuncha, fikr) beriladi. O’quvchilar ana shu so’zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo’llash mumkin. Yozuv ekranda ko’rsatiladi. O’quvchilar ortiqcha so’zni aniqlashadi.
    Uy hayvonlari: sigir, qo’y, ot So’ng bu so’zlar ishtirokida gap tuzish topshirig’i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: ot-insonning eng ishonchli do’sti. O’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o’quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg’otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishga o’rgatiladi. «Videotopishmoq» metodi Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.
    Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
    • o’quvchilar e’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
    • o’quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
    • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
    • o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
    Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O’quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi. Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o’quvchilarga milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi. Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o’yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o’rganganlarini hayot bilan bog’lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O’qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg’or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Bizningcha, ta’limiy o’yinlarga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Ta’limiy o’yinlar o’quvchilar yoshiga mos bo’lishi kerak;
    2. O’yinlar o’tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo’lishi lozim;
    3. Ta’limiy o’yinlarni o’tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
    4. Ta’limiy o’yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi kerak;
    5. Ta’limiy o’yinlarning o’tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
    Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi. Barcha o’quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko’rinishidagisidan foydalangan bo’lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o’quvchi bilan shug’ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3- sinfgacha matematika, badiiy o’qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o’quv fanlari bo’yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo’lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o’zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo’yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi. «Tabiatshunoslik» fani bo’yicha barcha mavzulari bo’yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O’lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O’rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo’jaligi sohalari», «Bizning o’lka», «Yer osti boyliklari», «O’lkamiz hududiy tuzilishi», «O’lka chorvachiligi va o’simliklari» va boshqalar. Ona tili bo’yicha o’rganiladigan so’z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o’quvchilarda qiyinchiliklar tug’diradi. Bular: antonimlar,sinonimlar , omonimlar. Testlar orqali o’quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so’zning to’g’ri va ko’chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to’g’ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o’rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag’ishlangan «Teskari o’yin» testidan foydalanish o’quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o’quvchining ko’zi, miyasi va qo’llari ishtirok etadi, o’yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o’quvchilar dars materiallarni mustaqil o’rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar. Barcha o’quv fanlarida qo’shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko’plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o’lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko’rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo’yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo’shimcha axborotlardan foydalanish mumkin. Maktabda mavjud bo’lgan . Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o’z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko’paytirib, barcha kompyuterlarga o’rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O’quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o’tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to’ldirish imkoni paydo bo’ladi. Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o’quvchilarga ko’rsatish mumkin. Ishni o’rganilgan material bo’yicha dialog ko’rinishida olib borish mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o’quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O’quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko’nikmalarni oladilar, o’zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirib boradilar. Barcha o’quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur.



    1. Download 142,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 142,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 142,71 Kb.