Ananaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar




Download 142,71 Kb.
bet4/8
Sana16.05.2024
Hajmi142,71 Kb.
#236958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Avulova Nargiza interfaol met

Ananaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar



Asosiy tushunchalar

Ananaviy dars

Interfaol dars

1

qollanish darajasi

Barcha mavzular boyicha ular uchun qulay bolgan dars turlari shaklida qollaniladi.

Ayrim mavzular boyicha interfaol darsning qulay bolgan turlari shaklida qollaniladi. Boshqa mavzular uchun ananaviy dars qollaniladi

2

Dars maqsadi

Dars mavzusi boyicha bilim, konikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.

Dars mavzusi boyicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga orgatish.

3

Oqituvchining vazifalari va ish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.

Oquvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.

4

Darsga tayyorgarlikka talablar

Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.

Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash.

5

Oquvchilar tayyorgarligiga talablar

Oldingi dars boyicha vazifalarni bajarib kelish.

Yangi dars mavzusi boyicha asosiy tushunchalarni va dastlabki malumotlarni bilish.

6

Oquvchilarning vazifalari va ish usullari

Oqituvchini tinglash va ozlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.

Oqituvchi bergan topshiriqlarni bajarish boyicha mustaqil fikrlash, oz fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish

7

Vaqt taqsimoti

Dars vaqtining kop qismi oqituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, ozlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.

Dars vaqtining kop qismi oquvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, oz xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.

8

Darsning modul va algoritmlari

Darsning modul va algoritmlaridan har bir oqituvchi ozi qollayotgan metodga muvofiq foydalanadi.

Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq otkaziladi.

9

Oquvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi

Oqituvchi har tomonlama faol, oquvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish boyicha faol.
Muloqot shakllari:
oqituvchi-guruh;
oqituvchi-oquvchi;
oquvchi-oquvchi;
oquvchi-oqituvchi;
guruh-oqituvchi;

Oqituvchi ham, oquvchilar ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: oqituvchi-oquvchi; oquvchi-oquvchi; oquvchi-kichik guruh;
kichik guruh-kichik guruh;
oquvchi-oqituvchi; kichik guruh-oqituvchi;
guruh-oqituvchi.

1

Bilimlarni ozlashtirishning asosiy usullari

Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar.

Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar.

1

Mashgulot shakllari

Maruza, seminar, amaliy mashgulot, laboratoriya mashguloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar.

Maruza, guruh yoki juft bolib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar.

1

Kutiladigan natija

Mavzu boyicha oquvchilarning bilim, konikma, malakalarini ozlashtirishlari.

Mavzu boyicha oquvchilarning oz fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga orgatish.

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashgulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol korsatib turibdi.
Interfaol mashgulotning ushbu jadvalda korsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  1. Oquv rejadagi fanlarni oqitishda qaysi mavzular boyicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu boyicha mashgulotning maqsadiga toliq erishishni taminlaydigan interfaol yoki ananaviy mashgulot turlaridan foydalanish kozda tutiladi.

  2. Interfaol mashgulotning samarali bolishi uchun oquvchilar yangi mashgulotdan oldin uning mavzusi boyicha asosiy tushunchalarni va dastlabki malumotlarni bilishlarini taminlash zarur.

  3. Interfaol mashgulotda oquvchilarning mustaqil ishlashlari uchun ananaviy mashgulotga nisbatan kop vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.

Shularga oxshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi tasiri togrisida bir necha asr muqaddam A.Navoiy ozining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari muqaddimasida shunday yozgan edi: "Umid ulkim, oqiguvchilar diqqat va etibor kozi bila nazar solgaylar va har qaysisi oz fahmu idroklariga kora bahra olgaylar...". Bunda shu asarni har kim turlicha, yani oz fahmi idroki darajasidagina tushunishi, ozlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qollay bilishi korsatib otilgan bolib, bundan biz interfaol talim usullarining ananaviy usullardan asosiy farqlari togrisida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, oquvchilarning fahmu idroklarini ostirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Bunda takidlash lozimki, interfaol talim usullari Ozbekistonda qadim zamonlardan beri talim-tarbiya jarayonida muallim bilan oquvchilar hamda oquvchilar bilan oquvchilar ortasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qollab kelingan.
Bu usullar oquvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, istedod, zakovatlarini ostirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bolib etishishlariga xizmat qilgan.
Hozir interfaol mashgulotlarni olib borishda malumki, asosan interfaol usullar qollanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar malum darajada interfaol texnologiyaga osib otishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining ozaro farqini bizningcha, shunday tariflash mumkin.
Interfaol talim usuli – har bir oqituvchi tomonidan mavjud vositalar va oz imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir oquvchi oz motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada ozlashtiradi.
Interfaol talim texnologiyasi - har bir oqituvchi barcha oquvchilar kozda tutilgandek ozlashtiradigan mashgulot olib borishini taminlaydi. Bunda har bir oquvchi oz motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashgulotni oldindan kozda tutilgan darajada ozlashtiradi.
Interfaol mashgulotlarni amalda qollash boyicha ayrim tajribalarni organish asosida bu mashgulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga tasir etuvchi ayrim omillarni korsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda oqituvchiga, oquvchilarga, talim vositalariga bogliq omillar deb atash mumkin. Ular oz mohiyatiga kora ijobiy yoki salbiy tasir korsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida oqitish jarayonida bilim oluvchilarning oquv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. Oquv tarbiya jarayonlarini ilmiy metodik jihatdan mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashgulotlar, mustaqil topshiriqlar oquvchilarni oylashga ijodiy mehnat qilishga har tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarini oz hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga orgatadi. Mashhur ingliz adibi J.Bernardshou topib aytganidek, «Bilimga eltuvchi yagona yol bu – faoliyatdir». Ana shunday faoliyatning o`quvchi va o`qituvchi mexnati ko`rinishidagi turlari omuxtalashganida kutilganidan ziyodrok natijaga erishi mumkin boladi. Bunda albatta bilim oluvcxilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi xisobga olingan holda tashkil qilinadigan mashgulotlar kozda tutiladi. Buning uchun esa talim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidan pedagogik tashkilotchilik qobiliyati va kasbiy salohiyati talab qilinadi.




  1. Download 142,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 142,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ananaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

Download 142,71 Kb.